3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 31 Taxtni Olimbek egallagach, “xon” oliy unvoni rasmiylashtirildi. 1805-yilda rasman davlat Qo’qon xonligi deb ataldi. Olimxon (1798-1810) davlatni idora etishda fuqorolarni ijtimoiy himoyalash va ishsizlikni bartaraf etish maqsadida islohotlar qildi. Olimxon xalq orasida “zolim” laqabini olgan bo’lib, sababi otasining amirlari Pirmuhammad Yorqul, Toshmuhammad Mirzo, Xonxo’ja, Buzrukxo’ja, Xojibek va Rustambeklarni qatl qildirgani va Toshkentni qamal qilganidagi hodisalar sababchi edi. 1810-yili Olimxon fitnada o’lgach, taxtni Umarxon (1810-1822) boshqardi. Boshqaruv sohasida mingboshi, shayhulislom mansablarini joriy qildi. Xonlikda sug’orish ishlari kengayib, masjid, madrasalar qurishga e’tibor berildi. Xon fan, adabiyot, san’atga homiylik qilib, saroyda 100 dan ortiq shoirlarni yig’adi. Shunday qilib, “Qo’qon adabiy muhiti” paydo bo’ldi. Bu haqda Ibrat risolada shunday deydi: “Ahli kamoli komil muhabbati ila va ahli hunar tamomi muvaddati ila… Buxoro va Xeva xonlaridan va Hindiston va Qurdiston kabi mamlakatlardan ahli fozillar kelib, xizmatida bo’lg’on ekanlar”. Ibrat asarida Umarxonni o’g’li Muhammad Alixon (1822-1841) davri tarixiga oid voqealarni, xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat hamda Qo’qon-Buxoro munosabatlari haqida ma’lumot beradi. Asarda 15 yoshida taxtga chiqqan Muhammad Alixonni xalq tomonidan Madalixon, ya’ni manbayi adlu-adolat deb zikr qilingani qayd etilgan. Ibrat Buxro amirini Qo’qonni bosib olib, Muhammad Ali, uni onasi Nodirabegimni o’ldirilishini mamlakatda ulamo va fuzalolarni quvg’in qilinishidan kelib chiqqanini qayd etadi. Ibrat Qo’qonni oxirgi xoni Xudoyorxon davri tarixiga bevosita guvoh sifatida kengroq to’xtalib, O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida mavjud siyosiy dushmanlik qoralangan. Is’hoqxon Ibrat asarida, ayniqsa, rus bosqinchilariga qarshi olib borilgan kurash haqida mufassal bayon etadi. U Turkistonning rus bosqinchilari tomonidan bosib olinishiga qat’iy qarshi chiqib, bu rushni qoralaydi. O’rta Osiyo xalqlarining dushmanga qilgan qarshiligning batafsil bayonini yozishga harakat qiladi. Rossiyaga qarshi kurashda mulla Alimqul xizmatlarini, qahramonligini mamnuniyat bilan tasvirlaydi. U davrda yosh bo’lsada, o’zi ko’rgan voqealarni manbalar asosida isbotalashga harakat qildi. Shuningdek, Rossiya bosqinidan keyin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling