3-Topshiriq Foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o'zaro hamkorligini tashkil etish metodlari
Download 17.3 Kb.
|
3-Topshiriq Foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o\' (1)
3-Topshiriq 1. Foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o'zaro hamkorligini tashkil etish metodlari. 2. O'quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olish 3. Komp`yuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olish. 1. O'qituvchi va PDVlar haqida gapiradigan bo'lsak, F.Amari (2000) o'qituvchilar PDVdan foydalanuvchi emas, balki ularning yaratuvchisi bo'lishini taklif qiladi. Bu bilan o'qituvchi o'zining o'qitish g'oyasini dasturda shakllantirishi, uni tahlil qilish, qo'llash va baholash orqali takomillashtirishi mumkin deydi. S.Wond va boshqalar (2003) tayyorlanadigan o'qituvchilar fe'l-atvori va muloqotga kirishish darajasi bo'yicha har xil, shuning uchun o'qitish tizimida o'quvchiga munosabatni yaxshilashga e'tiborni qaratish kerak deb hisoblaydilar. S.Demetriadis va boshqalar (2003) o'qituvchining dars berishi uchun ham o'quvchilarning mustaqil o'rganishi, ham bevosita suhbatlar asosida o'rganish nazarda tutilgan PDVlarni ma'qullaydilar. 2. Bilimlarning ikki turi farqlanadi: deklarativ bilimlar, ya'ni turli xil fakt, hodisa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar va protsedurali bilimlar, masalalarni yechish ko'nikmasi. Protsedurali bilimlar faol amaliy mashqlar orqali deklarativ bilimlar asosida shakllanadi. Shu bilimlarning mavjudligi malakali mutaxassis (ekspert)larni yangi o'rganganlardan farqlaydi. Deklarativ bilimlarni o'rgatishning komp`yuter tizimlari anchadan beri qo'llanib kelinmoqda, ularning sifati esa zamonaviy gipertekst va mul`timedia texnologiyalari hisobiga yuqori darajaga ko'tarilgan. Ma'lum qiyinchiliklar ikkinchi turdagi bilimlarni uzatish bilan bog'liq, chunki buning uchun ekspertning protsedurali bilimlariga asoslangan va masala yechishni o'rgatishga imkon beradigan muhit zarur. Bu kabi tizimlarni algebra va geometriyaning odatiy masalalarini yechish kabi formallashgan sohalar uchun yaratish muammo emas, bu holda ekspert-matematik to'g'ri yechimga olib keladigan ideal strategiyani ko'rsatishi mumkin. 3. Qaror qilishni qo'llab-quvvatlash mul`timediali tizimlaridan amaliyotda eng keng foydalaniladigan soha – bu boshqarish faoliyatining turli shakllari uchun rejalashtirish va tahmin qilish. QQQQT odatda ma'lumotlar bazasi, turli xildagi ma'lumotlarni qayta ishlash va taqdim etish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqotni amalga oshirish vositalari va matematik dasturlash, statistik tahlil, o'yinlar nazariyasi, qaror qabul qilish nazariyasi uslublari va modellari hamda tizimning moslashish imkoniyatlari va o'zlashtirishni ta'minlaydigan evristik uslublar majmualarini o'z ichiga oladi. So'nggi yigirma yil davomida ta'lim jarayoni uchun mo'ljallangan ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sohasida intellektual tizimlar bo'yicha mutaxassislar tomonidan faol tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunday o'quv tizimlarining “ekspertligi” ularda ta'lim berish metodikasi bo'yicha bilimlarning mavjudligidan iborat, bu o'qituvchilarga ta'lim berish, o'quvchilarga esa ta'lim olishga yordam beradi.Ammo hozirgi kunga qadar ishlab chiqilgan tizimlar aksariyat hollarda o'quvchi bilan muloqotni tashkil etishda cheklangan uslublardan foydalanadi, ish jarayoni ham aniq tushuntirilmaydi. Download 17.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling