3. Ushbu holatda Sudning protsessual harakatlarini tahlil qiling
Download 26.65 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word (2)
birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar;
ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar. Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi. Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.1 Berilgan ushbu kazusda “Murad” aksiyadorlik jamiyati qonunlarda belgilangan tartibda “Ziyo” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgani to‘g‘ri bo‘ladi. Qonunchilikda ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida sudga murojaat qilish tartibi belgilanga IPKning 3-moddasiga ko‘ra, har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga IPKda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. IPKning 3-moddasida sudga murojaat qilishda nizolarning toifasiga ko‘ra qanday turdagi hujjatlar taqdim etilishi bayon qilingan. Unga ko‘ra sudga taqdim etiladigan hujjatlar da’vo arizasi, ariza yoki shikoyat tarzida rasmiylashtirilib, taqdim etiladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda iqtisodiy sudga prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar ham murojaat qilishga haqli. Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomada yoki qonunchilikda da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishdan oldin, nizoni sudgacha hal qilish shartligidan iborat bo‘lgan qoida belgilanishi mumkin. Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari o‘zaro shartnoma tuzishda erkindirlar va shartnomada qonunga zid bo‘lmagan qoidalarni mustaqil ravishda va o‘z xohishlariga ko‘ra belgilaydilar. Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan, ya’ni javobgarga oldindan talabnoma yuborgandan so‘ng sudda ish qo‘zg‘atish mumkin.2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.3 Tadbirkorlik sub’ektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar (korporativ nizolar yuzasidan) o‘zlarining iqtisodiy sohadagi buzilgan huquqlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy sudlarga murojaat qiladilar. Demak, “Murad” aksiyadorlik jamiyati qonunlarda belgilangan tartibda “Ziyo” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustidan sudga murojaat qilgan. Download 26.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling