Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N


Download 23.51 Kb.
bet1/14
Sana28.12.2022
Hajmi23.51 Kb.
#1070485
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yakuniy


1-kazus
2019 yil 20 noyabrda “OR” MCHJ ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishining qarori bilan fuqaro Salimov ta’sischilar ro‘yxatidan chiqarildi, chunki kompaniya ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir yil o‘tgach, u ustav kapitaliga hissa qo‘shmadi. Salimov ta’sis hujjati bo‘yicha ulushi 45 foizni tashkil etib, u 10 foiz ulushini kiritgan edi. Salimov OR MCHJ umumiy yig‘ilishi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Sud majlisida fuqarolar Karimov, Xalimov, Olimov va Katayevlar tomonidan ustav fondiga 100% o‘z ulushlarini kiritganligi aniqlandi. Ta’sis shartnomasiga ko‘ra, ustav kapitalidagi ulushlari 50 foizini korxona ro‘yxatdan o‘tgandan 2 oy muddat ichida to‘lash kerak bo‘lgan. Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan Salimov o‘z pulini ulush sifatida kiritmagan. Salimov kompaniyaning ustav kapitaliga o‘z vaqtida hissa qo‘shishning iloji yo‘qligini vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar bilan izohladi va sheriklarini tez orada etishmayotgan summalarni amalga oshirishiga ishontirdi.Salimovni MCHJdan chiqarish to‘g‘risida qaror boshqa ta’sischilar tomonidan umumiy yig‘ilishda bir ovozdan qabul qilindi. Yig‘ilishda Salimov ham qatnashdi va uning chetlatishiga qarshi ovoz berdi.


2-kazus
Sudga tuman prokuror yordamchisi ariza bilan murojaat qilib, 1972 yil 01 martda tug‘ilgan N.Xujayev 2014 yil sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganligini, u 2014 yilda qasddan odam o‘ldirganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini, sud qarori bilan u Respublika Toshkent shahar kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilib, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llanilganligini, uzoq vaqt davolanib, endi o‘z harakatini oqibatini tushunayotganligini, shu sababli muomalaga layoqatini tiklash so‘ragan.Sudda N.Xujayevning turmush o‘rtog‘i G.Xujayeva o‘z ko‘rsatmasida N.Xujayev bilan 1999 yilda turmush qurganligini, o‘rtalarida to‘rt nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i 2014 yilda qasddan odam o‘ldirganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini, sud unga nisbatan Respublika Toshkent shahar kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilib, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash belgilanganligini, turmush o‘rtog‘i o‘zining harakatlariga javob bera olmasligini, uning ahvoli og‘irligini, uning ruhiy holati va kasalligi ekspertiza xulosasida ham aks ettirilganligini, prokuratura uni soglom sifatida jinoiy javobgarlikka tortmoqchiligini, bunga u qarshiligini, xali turmush o‘rtogi javobgarlikka tortiladigan va uni oqibatini anglaydigan darajada emasligini bildirib, suddan arizani rad etishni so‘radi.Aniqlanishicha Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining 2014 yil 15 sentyabrdagi ajrimiga ko‘ra, N.Xujayevga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburiy chorasi qo‘llanilib, u Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanishga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining 2021 yil 31 maydagi ajrimiga ko‘ra, N.Xujayevga nisbatan qo‘llanilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi muddati uzaytirilgan. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomada, Xujayev ikkinchi guruh nogironligi qayd etilgan. Ekspertizasi xulosasida, fuqaro N.Xujayev “surunkali bezovta, betoqat, fikrlari joyida emasligi”- tashxisi qo‘yilgan.
3-kazus
Marg‘ilonda turmush o‘rtog‘i Vasila va 14 yoshli o‘g‘li Vali bilan yashagan F.Popov to‘satdan aniq qayerdaligini aytmay chiqib ketdi. Vasila IIBga g‘oyib bo‘lgan turmush o‘rtog‘ini qidirishni so‘rab murojaat qilgan, ammo qidiruv natijasi bo‘lmagan. Bu borada o‘z sogligini yo‘qotgan Vasila vafot etadi.F.Popov ketgan kundan boshlab besh yil o‘tgach, uning o‘g‘li sudga otasini o‘lgan deb e’lon qilgan ariza bilan murojaat qildi. Sud arizachining da’vosini qanoatlantirdi va tegishli qaror qabul qildi, shundan so‘ng Vali ro‘yxatga olish idorasidan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani, keyin esa notarial idoradan - meros guvohnomasini oldi.Vali qo‘shnisi Axmadga bir vaqtning o‘zida otasiga xususiylashtirilgan kvartirani va ota-onasi otasiga sovg‘a qilgan mashinani sotdi. Bundan tashqari, Vali komissiya do‘koni orqali meros mulkiga kiruvchi televizor va musiqa markazini sotdi va do‘sti Maksimdan videopleyerni videomagnitafonga almashtirdi. Vali otasi ishlagan kompyuterni endigina universitetga kirgan qarindoshi Ominagaga berdi. Vali otasining kiyimlarini qarindoshlari va do‘stlariga tarqatdi. Oradan uch yil o‘tib F.Popov Marg‘ilonga qaytib kelib, mol-mulkini qaytarib berishni talab qiladi. O‘g‘li uni tashlab ketgan otasi bilan muloqot qilishdan bosh tortdi.F.Popov narsalarni olgan odamlandan qaytarish uchun sudga berdi. O‘g‘lidan qolgan buyumlarini (mebel jamlanmasi va ish stoli) qaytarib berish hamda xaridorlarini topa olmagan sotilgan va tarqatilgan buyumlarning narxini undirish uchun sudga murojaat qilgan.
4-kazus
S. ismli fuqaro D. bilan 2022 yil 5 noyabr kuni soat 19.00 da Toshkent shahridagi “Basri baba” restoranida uchrashishga kelishdi. Uchrashuv vaqti aniq bo‘lganidan so‘ng S. restoranga telefon qilib joy buyurtma qilib qo‘ydi. Uchrashish kuni kelganda “jentelmenlik” qoidalariga rioya qilgan holda S. uchrashuv joyiga belgilangan vaqtdan yarim soat oldinroq keldi. Shuningdek, ikkinchi tomon kelguncha “Baxtli onlar” maxsus ichimligidan buyurtma berdi. Soat millari sekin astalik bilan 18.45, 18.55 va 19.00 ni ko‘rsatdi. Soat millari 19.30 bo‘lganda ham D. uchrashuv joyiga kelmadi. Bundan g‘azablangan S. buyurtma qilingan joy va olib kelingan ichimlik bahosini to‘lab Restorandan chiqib ketdi. S. qilgan ushbu xarajatlarini va kutib qolganligi natijasida ko‘rgan zararlarini D.dan undirib berishni so‘rab sudga murojaat qildi. D. esa ushbu to‘lovlarni undirib olishga asos yo‘qligini, chunki ular o‘rtasida shartnoma tuzilmaganligini, shuningdek, “Baxtli onlar” maxsus ichimligini S. o‘zi buyurtma qilganligini, bunga D.ning dahli yo‘qligini aytdi. S. esa restoranda joy buyurtma qilganligi, bundan esa D. xabari bo‘lgan yoki xabari bo‘lishi kerak bo‘lgan holat ekanligini keltirib, hech bo‘lmaganda shu xarajatni undirib berishni so‘radi.
5-kazus
Fuqaro A. 2015 y. dekabr oyida xorijiy mamlakatga ishlash uchun jo‘nab ketgan. A haqidagi so‘nggi ma’lumot 2016 y. fevral oyida qayd etilgan. shuningdek, fuqaro A. dan hech bir xabar bo‘lmagan va u bilan bog‘lanishni imkoni bo‘lmagan davrda uning yagona farzandi bo‘lgan N. 2017 y.da vafot etgan (vafot etgan paytida 5 yoshda). Fuqaro A.ning turmush o‘rtog‘i B. eridan xabar yo‘qligi va voyaga yetmagan bolasining o‘limiga qaramasdan A.ning ota-onasi bilan birga yashashda davom etgan, biroq oilada tez-tez kelishmovchiliklar bo‘lib turganligi qo‘shnilar tomonidan qayd etilgan. Ushbu kelishmovchiliklardan va farzand dog‘idan zada bo‘lgan B. eri A.ni vafot etgan deb topish va undan qolgan mol-mulkni belgilangan tartibda taqsimlashni so‘rab 2020 y. mart oyida sudga murojaat qilgan. Sud vaziyatni o‘rganib chiqib A.ni vafot etgan deb topish va uning mol mulkini merosxo‘rlari (A.ning xotini B. va A.ning otasi va onasi ) o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan . 2021 y. may oyida A. uzoq sarson sargardonliklardan so‘ng uyiga qaytib kelgan va B. boshqa turmush qurganligini, A.ga tegishli bo‘lgan 3 xonali kvartira, lasetti avtoransport vositasi va 8 sotixli uy tegishli tartibda taqsimlanganligini, jumladan, B.ga 3 xonali kvartira tekkanligini bilib olgan. A. advokat maslahatidan so‘ng barcha mol-mulkini qaytarib olishi mumkinligini, biroq xotinidan yangi nikohdan ajrashishni talab qila olmasligini bilganidan so‘ng meros asosida xotiniga o‘tib ketgan mol-mulkni qaytarishni so‘rab sudga murojaat qilgan. Ishni sudda ko‘rish jarayonida 2021 y. iyun oyida A. avtotransport hodisasiga uchrab vafot etgan. Shunda so‘ng, ishda B. tomonidan ishtirok etayotgan advokat ushbu mol-mulklar B. tomonidan meros huquqi asosida olinganligini, endilikda esa A. rostdan ham vafot etganligi sababli ushbu mol-mulkni B.da qoldirishni so‘ragan.Shuningdek, B.ning advokati tomonidan B. ushbu mol-mulkni nafaqat o‘zi bevosita merosxo‘r sifatida balki 2017 y.da vafot etgan farzandi N.ning huquqini taqdim qilish huquqi asosida qo‘lga qiritganligi natijasida olganligini ta’kidlagan va shu sabali B.ga tekkan mol-mulkni o‘zida qoldirish mantiqan to‘g‘ri yechim bo‘lishini aytib o‘tgan. A.ning vafotidan so‘ng mustaqil talab bilan ishtirok etuvchi uchunchi shaxs sifatida ishtirok etayotgan A.ning ota-onasinig advokati esa A. vafot etganidan so‘ng uning barcha huquqlari, jumladan talab qilish huquqi ham unining merosxo‘rlariga o‘tishi, A. vafot etgan deb topilgan 2020 y.dagi sud qarori chiqarilganda B. turmush o‘rtog‘i sifatida ulush olishga haqli bo‘lganligini, biroq hozirgi kunda B. A.ning merosxo‘ri hisoblanmasligi, A.ning barcha huquqlari bilan birga ushbu sudda da’vogar sifatida talab qilish huquqi ham uning ota-onasiga (merosxo‘rlariga) o‘tishini bildirib, B. dan tegishli mol-molkni A.ning ota-onasiga olib berishni so‘ragan. Vaziyatga huquqiy baho bering, sud qanday qaror qabul qilishi kerak?
6-kazus
2021 yilning yanvar oyida "UzMotors" MCHJ dilerlik firmasi hamda fuqaro T.O. o'rtasida avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Shartnoma shartlariga ko'ra "UzMotors" MCHJ 2021 yilning sentyabr oyida sotib oluvchiga "Spark" rusumli avtotransport vositasini yetkazib berish majburiyatini, fuqaro T.O. esa buning uchun 90 mln so'm to'lash majburiyatini zimmasiga oladi.Shartnomani bajarish muddati kelib, "UzMotors" MCHJ yetkazib berish muddati yana 2 oyga uzaytirilganligi (2021 yilning dekabr oyiga) ma'lum qilganida, fuqaro T.O. yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olganligi, shu boisdan sotuvchi majburiyatini bajarishni kechiktirsa, yo'lovchi tashish faoliyatidan olishi mumkin bo'lgan ikki oylik daromadini, shuningdek majburiyat bajarilishi kechiktirib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining 0.5 % miqdorida, 64 kun uchun jami 28.800.000 miqdorida penya to'lashi kerakligini ma'lum qiladi. Bunga javoban "UzMotors" MCHJ shartnoma shartlariga ko'ra, avvalo, majburiyat bajarilmaganida u to'laydigan penya miqdori tovar bahosining 5%idan oshib ketmasligi nazarda tutilgani, ikkinchidan, tovarni yetkazib berish muddati bir necha bor, biroq umumiy 5 oydan ko'p bo'lmagan muddatga avtosalon tomonidan uzaytirilishi mumkinligini ta'kidlaydi.
7-kazus
Yakka tartibdagi tadbirkor “Baxromov I.D.” bir necha yil davomida ijara shartnomasi asosida “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli binodan foydalangan. Ijaraga olish davrida yakka tartibdagi tadbirkor foydalanayotgan poldagi quvurlardan suv sizib chiqishi oqibatida pastki qavatni suv bosgan va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatiga omonatga saqlash uchun topshirilgan mulkiga zarar yetkazilgan. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatidan ushbu zarar uchun tovon undirish talab qilingan.Ayni paytda 2014-yil yakuni bo‘lganligi sababli “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyati yakka tartibdagi tadbirkorni ijara shartnomasini bekor qilish niyatidan uch hafta oldin ogohlantirgan. Biroq, yakka tartibdagi tadbirkor bunga e'tiroz bildirdi, chunki uni uzaytirish zarurati shartnomaning imtiyozli shartlaridan kelib chiqadi. “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyati yakka tartibdagi tadbirkor bilan dastlabki shartnoma tuzgan, lekin asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan.Yakka tartibdagi tadbirkor “Baxromov I.D.” iqtisodiy sudga “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatini mavjud dastlabki shartnoma asosida 25 yil muddatga ijara shartnomasini tuzishga majburlash talabi bilan murojaat qilgan.Bunday vaziyatda “Ijaraga berish markazi” unitar korxonasi ushbu ijara shartnomasini tuzishga e’tiroz bildirgan, chunki bahsli binoning mulk huquqi “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli emasligi va yangi muddat ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinganligi uchun ijara shartnomasining tuzilishiga e’tiroz bildirgan.Sudlanuvchi “O‘zelektrtarmoq” aksiyadorlik jamiyati tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tish zarurligi, dastlabki kelishuv uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emasligi sababli 25 yil muddatga shartnoma tuzishning imkoni yo‘qligini asoslab, shartnoma tuzishdan bosh tortgan.
8-kazus

Ikki qo‘shni o‘rtasida yer uchastkasidan tortilgan yog‘och chegarada Akmal o‘z tomonida ko‘p yillik terak daraxti ekkandi. Qo‘shni fuqaro Valisher e’tiroz bildirmadi. Oradan yigirma yillar o‘tdi. Akmal uyni fuqaro Sobirga sotdi. Fuqaro Sobir biror yil o‘tib, terakni yiqitib, Valisher bilan qo‘shni tomonga uy qurish maqsadida devor osti poydevorni ko‘tara boshladi. Va aytdiki, chegara aynan terak daraxti tugagan joyda boshlanadi, deb. Taraflardan biri ayni shu choq masala sudga tegishli – “sudlashamiz” dedi, ikkinchisi, “yo‘q, bu masala mahalla doirasida, odob-axloq doirasida (odat huquqi normasi demoqchi), shuning-chun mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qilamiz”, dedi. Vaziyatga huquqiy baho bering.


9-kazus
“ZiyoPrint” MCHJning ustavida jamiyat rahbari tomonidan jamiyatga tegishli ko’chmas mol-mulkni tasarruf etish bilan bog’liq bitimlar tuzish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishi roziligini olish zarurati nazarda tutilgan. “ZiyoPrint” MCHJ rahbari ustav talablariga zid ravishda ishtirokchilar umumiy yig’ilishi roziligini olmay turib jamiyatga qarashli qiymati 250 mln so’m bo’lgan binoni “Zamin” MCHJga sotish bo’yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. O’z navbatida tuzilgan shartnomaning qiymati “Zamin” MCHJ ustav kapitalining 70%ni tashkil etib jamiyat rahbari bitim tuzish bo’yicha umumiy yig’ilishdan rozilik olmagan. “Zamin” MCHJ faoliyati o'quv qurollari sotishga ixtisoslashgan.

Download 23.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling