Prezidentimiz Sh. M
Download 104.62 Kb.
|
Mustaqil ish
Reja
O’zbekistonning ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishining asosiy maqsadlaridan biri aholi turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ijtimoiy soha yơnalishlarini barqaror rivojlanishini ta'minlash hisoblanadi. Dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tajribasidan ma'lumki, mamlakatning iqtisodiyoti uni rivojlantirishning ob'ektiv qonuniyatlari, mavjud iqtisodiy imkoniyatlar, ushbu davlatda yashayotgan xalqning ơziga xos turmush tarzi, taffakkuri, milliy qadriyat va an'analari, iqtisodiy extiyojlaridan kelib chiqgan xolda puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosat orqali amalga oshiriladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan mamlakatimizning ijtiomiy-iqtisodiy tarraqiyotini belgilab olishda xar tomonlama tog’ri yo‟l tutilgani, xalqimizning xayotiy manfaatlarini chuqur va xaqqoniy aks ettirgani bajarilayotgan ishlarining natijasidir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta‟kidlaganlaridek, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat'iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi bơlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog‟liq. Yoshlarimizga munosib ta'lim berish, ularning ilm-fanga bơlgan intilishlarini rơyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oliy ơquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va ơquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak. Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, soğlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Nogironligi bơlgan shaxslar, boquvchisini yơqotganlar, yolğiz keksalar, umuman, kơmakka muhtoj qatlamlarni qơllab-quvvatlash, albatta, ustuvor vazifamiz bơlib qoladi. Ushbu ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun aholining ish xaqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish xamda iste'mol bozorida narxlar indeksining nomutanosib ơsishini oldini olishga doir chora-tadbirlarni qơllashimiz zarur. Aholining daromadlari aholi uchun shaxsiy ehtiyojlarini qondirishda, muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli statistikaning turmush tarzini tavsiflovchi kơrsatkichlar kompleksida aholi daromadlari kơrsatkichlari aloxida ơringa ga. Aholi daromadlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:\ - mexnati uchun olgan ish xaqi va boshka tơlovlar; - individual mexnat xamda tadbirkorlik faoli tidan daromad; - nafaqa, stipendiya va boshqa sotsial transfertlar, mulk daromadlari, renta, divident, ijara daromadlari; - tuqlar, vorislik,suğurta,qishloq xơjalik maxsulotlari sotishdan tushumlar va boshqalar. Aholi turmush darajasi sifatiga ta'sir kơrsatuvchi eng asosiy omillardan biri aholining umumiy va jon boshiga tơğri keladigan daromadlari hisoblanadi. Aholining umumiy daromadlariga pul daromadlari va natura kơrinishidagi daromadlar kiradi. Xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq, umumiy daromad “birlamchi daromad” va “transfertlardan olingan daromadlardan” tashkil topadi. Birlamchi daromad sa, ishlab chiqarishdan olingan daromadlar va molmulkdan olingan daromadlarga bơlinadi. Transfertlardan olingan daromadlar o’z ichiga ijtimoiy transfertlar (pensiya , stipendiya va x.k.) va boshqa joriy transfertlarni qamrab oladi. Ơzbekiston Respublikasida 2013 yildan 2018 yilgacha bơlgan aholi umumiy daromadlari tarkibini o’rganib chiqamiz Oʼzbekiston Respublikasi aholisining umumiy daromadlari tarkibi:
Download 104.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling