3. Uy-joy kommunal xo‘jaligini boshqarish usullari Turar-joy xo‘jaligidagi ishlarni intensiv rivojlantirish va yaxshilash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar
Vazifalar umumiy va xususiylarga boiinadi
Download 108.92 Kb.
|
3. Uy-joy kommunal xo‘jaligini boshqarish usullari Turar-joy xo‘
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahar xo‘jaligini boshqarish asoslari
Vazifalar umumiy va xususiylarga boiinadi.
Umumiy vazifalar - boshqarishning barcha darajalariga taalluqlidir. Xususiy vazifalar esa darajadagi boshqarish xususiyatlarini hisobga olib, boshqarish bo‘yicha ishlarni oydinlashtiradi. Shaharni boshqarishning umumiy vazifalari butun shahar uchun umumiy boigan vazifalarni hal etadi, shahar xo‘jalik tizimidagi barcha tarkibiy qismlar harakat birligini ta’minlaydi. Umumiy vazifalarga quyidagilar kiradi: tashkil qilish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, hisob olib borish, tahlil qilish. Ushbu vazifalar yig‘indisi boshqaruv siklini tashkil qiladi. Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: - ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish (korxona rahbari tomonidan amalga oshiriladi); - bosh muhandis va uning qoi ostidagi boiinmalar tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishga texnik jihatidan rahbarlik qilish; - direktoming iqtisodiy masalalar bo'yicha muovini tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishga iqtisodiy rahbarlik qilish; - direktoming umumiy masalalari bo‘yicha muovini tomonidan amalga oshiriladigan ichki va tashqi xo‘jalik aloqalarga rahbarlik qilish; - direktoming xodimlar va maishiy masalalar bo'yicha muovini xodim lam i tayyorlash ham da m aishiy xizm at k o 'rsatish bilan shug‘ullanadi. Shahar xo‘jaligini boshqarish asoslari 1. Nazariya va amaliyotni o‘rganish bu boshqaruv jarayonini amalga oshirishning asosiy boshqaruv usullarining tizimidir. Ular barcha ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri taraqqiy etishni ko‘proq ta’minlash maqsadida boshqaruv obyektining boshqarilishiga ta’sir etish usul va yoilarining birligini o'zida aks ettiradi. Barcha boshqaruv usullarini 3 guruhga birlashtirish mumkin: tashkiliy-buyuruv; iqtisodiy; ijtimoiy. Vaholanki shahaming boshqaruvi davlat tavsifiga ega ekan, bu jarayonda maxsus buyuruv usullaridan foydalaniladi. Yuqori turuvchi organlaming buyuruvi quyidagi shakldagi hujjat turlariga ega: buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar yo‘riqnomalar yoki ko'rsatmalar. Bu hujjatlar asosan yozma shaklda nashr qilinib, yakka boshqaruv tamoyiliga asoslanadi va shahar oldida turgan lo‘nda masalani yechishga yo‘naltiriladi. Iqtisodiy usullar: rejalashtirish, rentabellik, narx chiqarish, moddiy rag'batlantiruv, kreditlash va moliyalashtirish. Reja shahar xo'jaligi sohalarini rejaviy va proporsional taraqqiyotini ta’minlashi mumkin. Shahar xo‘jaligi korxonalarining ko‘pchiligini xususiyati ulaming kam rentabelligi va hatto zararga ishlashidir. Boshqaruvning iqtisodiy richaglaridan biri davlat narxlarining turlaridir va ular haqiqiy sarfni ifodalashi lozim boiib, korxonalarga foyda keltiradi. Shahar moliya tizimining markaziy zvenosi shahar budjeti. Shahar xo'jaligining zararga ishlovchi korxonalari mahalliy budjet mablagi hisobiga moliyalashtiriladi. Ijtimoiy-ruhiyatli usullarga: keng ommani korxona boshqaruviga jalb qilish; tarbiya kiradi. Boshqaruvning jamoat usullari ta’sir doirasini kengaytirish ijtimoiy tadqiqotga ega: - rejalashtirish shahar taraqqiyotining bosh tarxini hamda shaharning majmuaviy iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot rejasini ishlab chiqishda sodir boiadi; - tashkillashtirish vazifasi - shahar kengashiga deputatlarni saylashni, shakllantirish. Download 108.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling