3-variant. Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi va shakllanish asoslari
Download 24.67 Kb.
|
3-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy Davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari. Arzon uy joylar barpo etish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda madernizatsiya qilish.
- Huquqiy Davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari.
- Arzon uy joylar barpo etish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda madernizatsiya qilish.
Toshkent Moliya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafegrasi “O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan BBI-50 guruh talabasi O’tkirov Otabekning Yakuniy nazorati 3-variant. Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi va shakllanish asoslari. Huquqiy Davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari. Arzon uy joylar barpo etish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda madernizatsiya qilish. Javoblar Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi va shakllanish asoslari. Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo'lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g'oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma'lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma'naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Aslini olganda "fuqarolik jamiyati" atamasi turli xorijiy adabiyotlarda alohida mazmun kasb etgan tushuncha bo'lib, u hozirgi davr talqinda jamiyatning muayyan shakli (holati va xususiyati)ni, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolari hal etish bilan chambarchas tarzda o'zaro bog'likdir. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o'ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o'rganishdan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fanining obyekti - bu rivojlangan mamlakatlarda va O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalardagi tub o'zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o'n yilliklarni o'z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o'zar uyg'unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o'rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti - bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo'lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr - bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning "O'zbek modeli"ga xos nazariy qarashlar, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir. Fanni o'qitishdan maqsad - talaba yoshlar ongida fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga doir mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg'ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilarda namoyon bo'ladi: -jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o'rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish; -talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o'rganishda har tomonlama ko'maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; -fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;
Huquqiy Davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari. Fuqarolik jamiyati – huquqiy demokratik davlat bilan uyg‘unlikda yashaydi. Bu erda insonva fuqaroning tabiiy va o‘zlashtirilgan huquqlarini tan olish, ta’minlash va himoya qilish bog‘lovchi omil sifatida amal qiladi. Fuqarolik jamiya-tining asosiy unsuri ayrim shaxs bo‘lsa, fuqarolik jamiyati institutlari, tashkilotlar, guruhlar va hokazolar uni shakllan-tiruvchi omillardir. Ular shaxs, uning manfaatlari, maqsadlari niyatlari va hokazolarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi. SHu sababli iqtisodiyva siyosiy hokimiyatni ajratish, haqiqiy fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror topishining bosh omili hisoblanadi. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. SHunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasidabog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulgaqarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratishdan iborat. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir: - erkin individlar uyushmasi; - o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma; - murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim; - o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 1)iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosa-batlari; 2)inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish; 3)hokimiyatning qonuniyligi va demo-kratik xususiyati; 4)qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himo-yalanganligi; 5)hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat; 6)siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; 7)so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; Arzon uy joylar barpo etish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda madernizatsiya qilish. Soʻnggi yillarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish Dasturiga (keyingi oʻrinlarda – Dastur) muvofiq yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan taʼminlandi. Shu bilan birga, Dastur ijro qilinishini oʻrganish yakunlari qishloq joylarda arzon uy-joylarga talab yuqori ekanligini koʻrsatdi, yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadigan uy-joylar qurilishini tashkil etish va muhtoj oilalarni arzon uylar bilan taʼminlash boʻyicha bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Quyidagilar qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish va muhtoj oilalarni arzon uy-joy bilan taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin: uy-joylarni hududiy optimal joylashtirish hamda ular uchun faqat qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi yerlari toifalariga kirmaydigan yer uchastkalarini taqdim etish hisobiga yer resurslaridan oqilona foydalanish; kam taʼminlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar uchun moʻljallangan arzon uy-joylar qurish koʻlamini kengaytirish; uy-joylarning narxini pasaytirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida meʼmoriy va texnik yechimlarni maqbullashtirish, mahalliy qurilish materiallari, uskunalar va zamonaviy devorbop materiallarni keng qoʻllashni nazarda tutuvchi yangi namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish; uy-joylarni taqdim etishda manzillilik, shaffoflik va ijtimoiy adolatni taʼminlash tamoyillarini inobatga olgan holda qishloq joylarda yashovchilarning turmush sharoitlarini yaxshilash va uy-joyga muhtoj oilalarning ehtiyojini qondirish; muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishini “Obod qishloq” dasturi bilan oʻzaro uygʻunlikda tashkil etish, shuningdek, qishloq joylarda samarali kanalizatsiya tizimlarini joriy etish. Download 24.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling