3 Variant Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang


Download 18.66 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi18.66 Kb.
#168347
Bog'liq
3 Вариантр


3 Variant

1. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.

1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi; 5) jigarrang; 6) diyor.

A) 1, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 6 C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6

2. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi?

A) ...iyla, ...ulosa B) sa...iy, i...tiro C) ...ushyor, ...ozirjavob D) ...ayot, ...aridor



3. Qaysi javobda ot turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan?

A) tantiqlik – saxiylik B) husn - go‘zal

C) sovg‘a – tuhfa D) tabassum - yig‘i

4. Qaysi gapda sifat va fe’l turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan?

A) Darhaqiqat, shoirning yuragi pok tuyg‘ulardan oziqlanadi.

B) Qizni bu qo‘rqinchli shubhalar qiynardi.

C) Qo‘lining harakatlari bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi.

D) Shoir bilimsiz tabiblarni jallod shogirdiga o‘xshatadi.

5. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?

A) yugurib, harsillab, shoshib B) arang, mardlarcha, jim

C) dir-dir, kuyinib, yumshoq D) olg‘a, qiynalib, ko‘p

6. Balki, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg'onib ketasiz. Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lmagan birliklarning turkumini aniqlang.

1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z.

A) 2, 3, 5 В) 1, 3, 4 C) 3, 6 D) 2, 6

7. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?

A) Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.

B) Ey farzand, hamisha fozillar bilan hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil.

C) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.

D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng muhim vositasidir.

8. Yasama so‘zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gapni aniqlang.

A) Ko‘klamning sayroqi qushlari sho‘x-sho‘x kuylamoqdalar, ko‘m-ko‘k maysalar silkinib qushlarni olqishlamoqdalar.

B) Bilim ado bo‘lmas boylikdir, shuning uchun yoshlik chog‘ ingdan bilim olish payida bo‘ l.

C) Dunyoning ishlari ko‘p qiziq ekan: quvonch va qayg‘u hamisha yonma-yon yuradi.

D) Mashina katta jar yoqasiga kelib qoldi-yu, haydovchi hushyorlik qilib to‘xtatdi.

9. Nayman onani o‘g‘li bir yil oldin jungjanglar tomonidan halok etishgan otasining o'chini olish uchun jangga otlanib, Sario‘zakda bo‘lgan omonsiz olishuvga yarador bo‘ladi. Ushbu gapda adabiy til me’yorlariga amal qilinmay uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan qo‘shimchalar soni nechta?


  1. 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta

10. Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?

A) Bugun bu yerda eshitganlarim ham / / haqiqat edi. B) Shuni bilingki / / biz sizni aslo unutmaymiz.

C) Saltanat ham / / ikkinchi bosqich talabasi. D) Tilga ixtiyorsiz / / elga e’tiborsiz.

11. Quyida berilganlardan qaysilari vazifadosh modal so‘z bo‘la oladi?

1) shubhasiz; 2) koshki; 3) aftidan; 4) chamasi; 5) shekilli; 6) ehtimol; 7) xullas.

A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 3, 4, 6 C) 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 5, 7



12. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi?

1) singari; 2) bilan; 3) ammo; 4) uzra;5) keyin; 6) xayriyat; 7) qadar.

A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7 D) 2, 3, 5, 7



13. Berilgan so‘zlardan jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shilib kela oladigan vazifadosh ko‘makchilarni aniqlang.

1) ko‘ra; 2) buyon; 3) tomon; 4) qaramay ;5) boshlab; 6) ko‘rib; 7) qadar.

A) 2, 4, 6, 7 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 4, 5, 7 ; D) 1, 3, 4

14. Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi shaklidagi ismga qo‘shilib kelgan ko‘makchi qatnashgan?

A) Yomonlarning qoshida yalinish mardning ishi emas.

B) Dard ila g‘amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig‘ sarg‘aygan edi.

C) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.

D) To‘g‘ri so‘z o‘zining egasini najot sari yetaklaydi.

15. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.

A) Qorong‘ ilik quyuqlasha borar, ko‘kdagi yulduzlar ham yorqinroq chaqnar edi.

B) Bitmas-tuganmas bilim tagida mashaqqatli mehnat yotadi.

C) Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.



D) Har bir ona singari Halima opa ham o‘z jigarining baxtli bo‘lishini istardi.
Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling