3. Vintli kesish stanoklari


Download 2.01 Mb.
bet1/5
Sana11.11.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1766005
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot OYBRGIM


REJA:
1.2-Gidrometallurgiya zavodi haqida.
2.Tokarlik stanogi haqida umumiy ma’lumot.

3. Vintli kesish stanoklari


4.Xulosa.


2-Gidrometalurgiya zavodi haqida.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi tantanali e’lon qilingan davrda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida tarkibida oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlash va affinajlangan oltin chiqarish birgina gidrometallurgiya zavodi – 2- GMZ da amalga oshirilar edi. Bugunda kombinatning oltin ajratish kompleksi tarkibiga to‘rtta gidrometallurgiya zavodi, bitta uyumlarda tanlab eritmaga o‘tkazish koni va bitta oltin saralash sexi kiradi. 1991 yil bilan taqqoslaganda NКMКda ma’danlarni qayta ishlash 3 martaga ortdi va o‘sish 40 foizdan ortiqni tashkil etdi.
2-GMZ da kombinat oltin qazish bo‘linmalaridan keltiriladigan yarim tayyor mahsulotdan oltinni affinajlash amalga oshiriladi. 2009 yilda London Quymalar Bozori Assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan monitoring natijalariga ko‘ra Muruntov oltiniga “Optimal yetkazib berish” maqomi berildi. Oltin quymalaridagi O‘zbekistonning tovar belgisi yuqori sifatli mahsulotni ifodalovchi sifatida butun dunyoda tan olinadi.
Uran ma’dan bazasining kamayishi bilan bog‘liq holda, 1994 yilda 1-GMZ da ma’danni qayta ishlash sxemasi uranli ma’danlarni qayta ishlashdan tarkibida oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlashga o‘zgartirildi, yarim mahsulotli oltin ishlab chiqarish boshlandi. Texnik qayta jihozlash va amaldagi texnologik bo‘linmalarni qayta qurish tufayli to‘rtta oltin tarkibli ma’dan konlari qayta ishlashga jalb etildi, ma’danni qayta ishlash darajasi, shunga ko‘ra zavod unumdorligi ham ortdi.


Tokarlik stanogi. Mashinasozlikda — asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yoʻnib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhini tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yoʻnish, sirtlarda ichki va tashqi rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yoʻnib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qoʻshimcha harakatni kesuvchi asbob — keskich bajaradi. Zagotovka povolokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali stanok shpindelidan aylanadi; shpindel esa tezliklar qutisidan harakatlanadi. Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Surish vali va surish vinti Tokarlik stanogining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik stanogining markazlovchi, rezba ochish, tokarlikrevolver (aylanma kallakli), bir shpindelli va koʻp shpindelli karusel (shpindeli tik joilashgan), koʻp keskichli va boshqa turlari bor.
Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur boʻyicha boshqariladigan avtomat va yarim avtomat turlarga xam boʻlinadi. Oddiy va universal Tokarlik stanogilar detallarni donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish.da, avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilar koʻplab (koʻp seriyalab) ishlab chiqarish.da qoʻllanadi. Tokarlik stanogining asosiy qismlari: qirindi va sovituvchi suyuqlik toʻplanadigan togʻorasimon tub; stanina, support va ketingi babka (qoʻzgʻaluvchan) hamda ularni yoʻnaltirgich; shpindel va tezliklar kutisi joilashgan qoʻzalmas old babka; uzatmalar qutisi; fartuk; support; karetka; koʻndalang salazkalar; keskich oʻrnatiladigan burilma qism; elekr dvigatel. Karetka va koʻndalang salazkalar qoʻlda yoki avtomatik tarzda suriladi. Tokarlik stanogining elektr dvigateli bir yoki koʻp tezlikli asinxron dvigateldan iborat. Baʼzan, boshqa yuritmalar (mas., gidravlik yuritmalar) ham qoʻllanishi mumkin. Hozir yirik korxonalarda, asosan, dusturli avtomat va yarim avtomat Tokarlik stanogilari ishlatiladi (qarang Karusel stanok, Revolver stanok); 2) yogʻochga ishlov berish stanogi qam xuddi metallga ishlov berish stanogiga oʻxshaydi. Unda aylanma sirtli yogoch buyumlarga yoʻnib ishlov beriladi. Uning buyum markazga mahkamlanadigan va yon tomoniga mahkamlanadigan turlari bor.
Stanok — metall, yogʻoch, tosh, suyak va boshqalarga ishlov berish. Vazifasiga koʻra, tokarlik, silliqlash, parmalash, frezerlash, toʻqish S.lari va boshqa xillarga bulinadi. Ishlov berish anikdigiga kura, normal (N), yuqoriroq (P), yuqori (V), juda anik, (S) va juda yuqori aniq (A) S.lar boʻladi. Ogʻirligi jihatdan 100 kN (10 t) dan ortiq (ogʻir), 100 kN (10 t) gacha (oʻrtacha ogʻir) va 10 kN (1 t) gacha (yengil) xillarga boʻlinadi. Koʻpchilik Slar avtomatik boshqarish tizimlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistonda qad. toʻquv S.lari dastgoh yoki doʻkon deb atalgan.
Barcha turdagi stanoklar. Tokarlik stanoklarining qanday turlari bor.
Mashinalar keng ko'lamli vazifalarni hal qilishga imkon beradi. Eng yuqori sifatli mashinalar Evropada ishlab chiqariladi va Germaniya Evropa mamlakatlari orasida etakchi hisoblanadi. Mashinalar boshqarishi mumkin turli vazifalar ishlab chiqarishdagi har qanday murakkablik. Juda muhim nuqta birinchi navbatda tovarlarning sifatiga e'tibor berish kerak. Axir, mashinalar uzoq muddatli foydalanish uchun mo'ljallangan.
Mashinalarning xilma-xilligi cheklanmagan.

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling