3. Xarajatlarni taqsimlash usullari. Xarajatlarni taqsimlash va qarorlarni qabul qilish usullarining samaradorligini baholash


Har bir faoliyat turi bilan bog’liq xarajatlarni aniqlash


Download 122 Kb.
bet6/6
Sana04.02.2023
Hajmi122 Kb.
#1159478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу Маг.ТДИУ лотин (1)

2. Har bir faoliyat turi bilan bog’liq xarajatlarni aniqlash.
Bu savolda, qishloq xo’jaligininsh o’qimlikchilik tarmog’i bilan bog’liq xarajatlar hisobini ko’rib chiqamiz: O’simlikchilik tarmog’i qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i hisoblanib, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni ozuqa va qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan muhim soha hisoblanadi. O’simlikchilik tarmoqlariga paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik va boshqa tarmoqlar kiradi.
O’simlikchilik tarmog’ida buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda o’simlikchilik tarmog’ida ishlab chiqarish jarayonlarini mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qoplash davrini uzoqligi, ishlab chiqarishni tabiiy omillarga bog’liqligi kabi omillar ta’sirini hisobga olish lozim.
O’simlikchilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari ichida shunday xarajatlar borki, bu xarajatlarni to’g’ridan-to’g’ri xarajat obyektiga olib borish imkoniyati bo’lmaydi. Bu xarajatlar dastlab alohida analitik schyotlarda hisobga olib borilib, o’simlikchilik tarmoqlari bo’yicha taqsimlanadi. Bu xarajatlar quyidagilar:

        1. Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.

        2. Taqsimlanadigan sug’orish xarajatlari.

        3. Taqsimlanadigan joriy ta’mirlash va amortizasiya xarajatlari kiradi.

Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari joriy yilda qilingan xarajatlar bo’lib, kelgusi yil hosili tannarxiga kiritiladi. O’simlikchilik tarmog’ida ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etganligi uchun ayrim xarajatlar kelgusi yil hosili uchun qilinadi. Bularga kuzgi shudgorlash, o’g’itlash, sho’r yuvish, sug’orish va boshqa xarajatlar misol bo’ladi. Bu xarajatlar alohida analitik schyotda hisobga olinib shudgorlangan, o’g’it sepilgan, sho’ri yuvilgan yoki qishki sug’orish amalga oshirilgan maydonlarga ekilgan ekinlar bo’yicha ekin maydonlarini salmog’iga qarab taqsimlanadi.
Taqsimlanadigan sug’orish xarajatlariga xo’jalikdagi umumiy foydalanishda bo’lgan kanal va ariqlarni saqlash, tozalash, suv taqcimlash inshootlarini va suv nasoslarini saqlash hamda ushbu soha xodimlarini mehnat haqi va unga nisbatan hisoblangan ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar xarajatlari kiradi. Ushbu xarajatlar alohida analitik schyotda hisobga olib borilib ekin turlari bo’yicha shartli sug’orilgan maydon salmog’iga qarab taqsimlanadi. Shartli sug’orilgan maydon sugorishlar sonini sugorilgan maydonga kupaytirib aniklanadi.
Taqsimlanadigan joriy ta’mir va amortizasiya xarajatlariga turli o’simlikchilik tarmoqlarida foydalanilayotgan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash va eskirish xarajatlari kiradi. Bu xarajatlar ham alohida analitik schyotda hisobga olinib ekinlar bo’yicha bajarilgan ishlarni salmog’iga qarab taqsimlanadi.
O’simlikchilikda xarajatlar va mahsulot chiqimi hisobini quyidagi asosiy vazifalari mavjud:

              1. Korxona boshqaruvchilari har bir ekin turi bo’yicha o’z vaqtida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.

              2. Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlarni buxgalteriya hujjatlari va hisob registrlarida o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirish.

              3. Taqsimlanadigan xarajatlarni xarajat obyektlari bo’yicha iqtisodiy asoslangan holda taqsimlash.

              4. Xarajatlarni xarajat obyektlari va xarajat moddalari bo’yicha to’g’ri hisobga olib borish.

              5. Ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan mahsulotlar ustidan doimiy nazoratni olib borish.

              6. Mahsulotlarni to’liq daromadga olinishi va saqlanishi ustidan nazorat olib borish.

              7. Har bir mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniklashni ta’minlash.

O’simlikchilikda ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulot chikimini hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining №2010- «Asosiy ishlab chiqarishlar hisobi» schyotida hisobga olib boriladi. Bu schyot balansga nisbatan aktiv schyot bo’lib debetida o’simlikchilik tarmog’i xarajatlari, kreditida esa yetishtirilgan mahsulotlar hisobga olib boriladi. Yetishtirilgan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarxga tuzatiladi.
O’simlikchilik ishlab chiqarish xarajatlari «Ish vaqtini hisobga olish tabeli», «Mehnat va bajarilgan ishni hisobga olish varaqasi», «Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash hisob-kitobi», «Urug’ va ekish materiallari sarflash dalolatnomasi», «Mineral va organik o’g’itlar hamda gerbisidlar va zaharli ximikatlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» va boshqa hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi.
Xarajatlar «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar.
2. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.

  1. Moliyaviy faoliyat xarajatlari.

  2. Favqulodda zararlar.

Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi elementlarga bo’linadi:

        1. Moddiy xarajatlar.

        2. Mehnat haqi xarajatlari.

        3. Ijtimoiy maqsablar uchun ajratmalar.

        4. Asosiy va nomoddiy aktivlar eskirishi.

        5. Boshqa xarajatlar.

O’simlikchilikda ushbu xarajat elementlari quyidagi 9 ta xarajat moddasi bo’yicha hisobga olinadi:

              1. Mehnat haqi ajratmalari bilan birga.

              2. O’g’itlar.

              3. Asosiy vositalar amortizasiyasi.

              4. Urug’lik va ko’chat materiallari.

              5. Ish va xizmatlar.

              6. Yoqilg’i va moylash materiallari

              7. Sug’urta to’lovlari.

              8. Umum ishlab chiqarish xarajatlari.

              9. Boshqa xarajatlar.

1.«Mehnat haqi ajratmalari bilan birga» moddasida muayyan ekin turlari yoki guruhlarining bevosita texnologik jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan asosiy va qo’shimcha mehnat haqi to’lovlari hamda hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsablar uchun ajratmalar hisobga olinadi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 6710- «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» schyoti – O’simlikchilik tarmog’i ishlovchilariga mehnat haqi hisoblanganda.
Kredit 6520- «Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» schyoti –Hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratma hisoblanganda.
2. «O’g’itlar» moddasida muayyan bir ekin (ekin guruhi) uchun sarflangan mineral va organik o’g’itlar sarfi hisobga olinadi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 1090- «Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan mineral va organik o’g’itlar qiymatiga.
3. «Asosiy vositalar amortizasiyasi» moddasida o’simlikchilik tarmog’ida foydalanilgan asosiy vositalarni eskirish harajati hisobga olinadi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishi hisobi» schyoti –O’simlikchilik tarmog’ida foydalanilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda.
4. «Urug’lik va ko’chat materiallari» xarajat moddasida ekin ekish uchun sarflangan urug’lik va o’tqazilgan ko’chatlar xarajati hisobga olinadi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 1090- «Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan urug’lik va o’tqazilgan ko’chat materiallari qiymatiga.
5. «Ish va xizmatlar» xarajat moddasida o’simlikchilik tarmog’iga xo’jalikni yordamchi ishlab chikarishlari ko’rsatgan xizmati va chet tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish va xizmatlar xarajati xisobga olib boriladi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 2310- «Yordamchi ishlab chikarishlar» schyoti – O’simlikchilik tarmog’ida xo’jalikni o’z yordamchi ishlab chikarishlari ko’rsatgan xizmat summasiga.
Kredit 6010- «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»- O’simlikchilik tarmog’ida chet tashkilotlarning ko’rsatgan xizmati summasiga.
6. «Yoqilg’i va moylash materiallari» xarajat moddasida o’simlikchilik tarmog’iga sarflangan turli xildagi yoqilg’i va moylash materiallari xarajati hisobga olinadi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 1030- «Yoqilg’ilar» schyoti – Sarflangan yoqilg’i va moylash materiallari qiymatiga.
7. «Sug’urta to’lovlari» xarajat moddasida o’simliklarni turli tabiiy ofatlardan sug’urtalash xarajatlari hisobga olinadi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 6520- «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyoti –Hisoblangan sug’urta to’lovlari summasiga.
8. «Umum ishlab chiqarish xarajatlari» xarajat moddasida o’simlikchilik tarmoklari buyicha umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini taksimlanishi hisobga olinadi.
Debit 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
Kredit 2510- «Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari» schyoti –o’simlikchilik umumiy ishlab chikarish xarajatlari ekinlar bo’yicha taksimlanganda.
9. «Boshqa xarajatlar» xarajat moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga olinmagan o’simlikchilik tarmog’ining boshqa to’g’ri xarajatlari hisobga olinadi.
O’simlikchilik mahsulotlari daromadga olinishi quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
1. «Don va boshqa mahsulotlarni daladan jo’natish reyestri»
2. «Qishloq xo’jalik mahsulotlari kelish kundaligi»
3. «Paxta terimi to’g’risida kunlik ma’lumot»
4. «Bog’dorchilik mahsulotlari kelish kundaligi»
5. «Yopiq grunt mahsulotlarini kelish kundaligi»
6. «Dag’al va shirali ozuqalarni qabul qilish dalolatnomasi».
O’simlikchilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida baholab kirim qilinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib reja tannarxi haqiqiy tannarxga tuzatiladi.
O’simlikchilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotlarni kirim qilishda quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1. Debit 2810 – «Tayyor mahsulotlar» schyoti
Kredit 2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – Yetishtirilgan mahsulotlar omborga kirim qilinganda.
2. Debit 9110 – «Sotilgan mahsulotlar tannarxi»
Kredit 2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – Yetishtirilgan mahsulotlar to’g’ridan-to’g’ri sotilsa.
3. Debit 6510 – «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyoti
Kredit 2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti- Tabiiy ofat natijasida ko’rilgan zarar sug’urta tashkiloti tomonidan qoplanganda.
4. Debit 1090 – «Boshqa materiallar» schyoti
Kredit 2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – Yetishtirilgan mahsulotlar yem-xashak yoki urug’lik uchun ajratilsa.


Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling