3. YoSh davri inqirozlari ( grekcha burilish payti) -bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o’tishdagi to’qnashuvli vaziyat


Download 14.05 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi14.05 Kb.
#1805803
Bog'liq
3.Glossariy


GLOSSARIY

1. PSIXOLOGIYa — odamning ob’ektiv borlikni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u-xissiyot va boshqa psixik hodisalar orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fan.


2. ANALIZATOR— murakkab neyrofiziologik tizim bo’lib, odamga ta’sir etuvchi qo’zg’alishlarni idrok etish va uni tahlil qilishni ta’minlaydi. Analizator retseptor, nerv yo’llari, miya bilan bog’lanadigan qismi va miyaning maxsus spetsifik bo’limlarini o’z ichiga oladi (I.P. Pavlov).


3. YoSh DAVRI INQIROZLARI ( grekcha - burilish payti) -bir yosh davridan ikkinchi yosh davriga o’tishdagi to’qnashuvli vaziyat.


4. YoSh PSIXOLOGIYaSI — peixologiya fani tarmoklaridan bo’lib, turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini o’rganadi.


5. AFFEKT (lot. ruhiy his-hayajon) — irodaviy nazoratni yo’qotgan holda tez va kuchli paydo bo’lib, shiddat bilan o’tadigan qisqa muddatli emopional holat.


6. ZEHN — shaxes maxsus qobiliyatlarini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun asos bo’ladigan anatomik-fiziologik imkoniyat.


7. IRSIYaT - organizm xususiyatlarining ota-onada tarkib topib, mustah.kamlanib, keyingi avlodga o’tish jarayoni.


8. INDIVIDUALLIK- har bir insonni boshqa insondan farqlab turuvchi xususiyatlar yig’indisi, shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.


9.VALIDLIK - psixologik tadqiqotda olingan natijalarning ob’ektiv tashqi mezonlarga mos kelishi.


10. GENETIK METOD — psixik holatlarning paydo bo’lishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanishi jarayonini o’rganish usullari.


11. KASB-HUNAR KONSULTATsIYaSI - jamiyat ehtiyoji va yoshlarning qiziqish va iste’dodlariga qarab turli kasblar haqida ilmiy tashkil etilgan ma’lumotlarni berish. 1 4. PSIXIKA - yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)-ning ob’ektiv borliqni aks ettirish va shuning asosida shakllangan psixik obrazlar orqali maqsadga muvofiq sub’ektning faoliyati va uning xatti-harakatlarini boshqarishdan iboratdir.


12. ANKETA— oldindan tayerlangan savollar asosida javob olish uchun tayyorlangan varaka.

13. AUTOGEN MAShQ— o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.


14. DETERMINIZM — tabiatdagi barcha narsalar, shu jumladan psixik hodisalarning ro’y berishi ob’ektiv sabablar va qonunlar bilan belgilanadi deb qarash.


15. KUZATISh — psixologiya metodlaridan bo’lib, kishining xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan turli hodisalarni hisobga olish va sub’ektiv psixik hodisalar to’g’risida fikr olishdan iborat.


16. STIMUL - retseptorlarda qo’zg’alishni vujudga keltiradigan tashqi ichki ta’sirdir.


17. FAOLLIK - tirik materiyaning umumiy xususiyati bo’lib, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’lishda namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir etishda psixik obraz yarata olish qibiliyatining mavjudligi va shu asosda faollik ko’rsatish bilan xarakterlanadi.


18. ANKETA— oldindan tayerlangan savollar asosida javob olish uchun tayyorlangan varaka.


19. AUTOGEN MAShQ— o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.


20. BIOGRAFIK METOD — kishini uning tarjimai holi bilan bog’lik, bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish usuli.


21. XARAKAT - maqsadga munofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi, ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan biri.


22. IQTISODIY - uy xo’jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini samarali qondirilishini ta’minlash. Farzandni dunyoga keltirish va voyaga etkazish jarayonida oilaning jamiyatga keltiradigan iqtisodiy foydasi.


23. REPRODUKTIV - jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni


dunyoga keltirish.

23. TARBIYAVIY - madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash jamiyatning madaniy merosini saqlab turish.


24. KOMMUNIKATIV - oila a’zolarining muloqotga va o’zaro tushunishga bo’lgan


ehtiyojini qondirish.

25. REAKTIV - o’zaro jismoniy, moddiy,ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila-a’zolarining dam olishini tashkil etish vazifasi.


26. FELITSITOLOGIK - shaxsiy baxtga erishishga intilish (felitsito-italyancha baxt). Insonning tom ma’nodagi baxtga erishishida oilaning tutgan o’rni.


27. REGULYATIV - boshqaruv, yosh avlodni ijtimoiy nazorat qilish va kattalarning ma’naviy-ahloqiy, seksual hulqini nazorat qilish va boshqarish.


28. RELAKSATSIYA VA PSIXOTERAPEVTIK - kasb faoliyatida sarflagan kuch quvvatini oilada qayta tiklash va emotsional zo’riqishlar, ruhiy tanglik, stresslarning oldini olish. Ruhiy zo’riqishlarni bartaraf etish.


29. EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo’lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat obektiga jismoniy ega bo’lish. Bunda jinsiy intilish etakchilik qiladi.




30. LYuDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur bo’lmagan muhabbat o’yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obekti oson almashishi mumkin bo’lgan turi.
Download 14.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling