3. Yosh va pedagogik psixologiyaning vujudga kelish tarixi O`rtmt: Pedagogik psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari. Tayanch so’z va iboralar
Download 45.2 Kb.
|
10-ma\'ruza M
- Bu sahifa navigatsiya:
- S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer
- A.S.Makarenko
pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. PEDOLOGIYa (yun. pais — goʼdak va …logiya) — ped. va psixologiyadagi oqim. Bolaning oʼsishiga psixologik, biologik, sotsiologik va b. tomondan yonda-shuvlarni birlashtirishni maqsad f qilib qoʼyadi. Bola taqtsiri, zehni va qobiliyati irsiyat bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. Pedologiyada bolaning oʼsishida tarbiyaning roli mutlaq deb hisoblanmaydi. Pedologiya namoyandalari taʼlimda biologik tafovutlarga eʼtiborni kuchay-tirib, oʼquvchilar qobiliyatini aniqlashda ilmiy testlardan foydalanishni ilgari surdilar Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qo‘shadilar.20 - 30 yillarda pedologiya “Bola haqidagi yagona marksistik fan” rolini da’vo qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi.Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakterda edi. Ularning o‘quvchilarni “aqliy qobiliyat koeffitsenti”ni aniqlashga oid testlari asossiz bo‘lib, psixologiya va pedagogikaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta ziyon etkazdi. Shuning uchun 30 yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish boshlandi. 1936 yil 4 iyulda VKP (b) MK ining “Xalq maorifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida” gi qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtai - nazarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. SHu tariqa pedologiya faniga barham berildi.20 - 30 yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bir qancha psixologik-pedagogik qonsepsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bo‘lgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi.
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya - psixologiya fanining eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullanganlar va shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananev, L.I.Bojovich, P.YA.Galperin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zankov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F. Talizina, D.B.Elqonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bolalar psixologiyasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: professorlar M.G. Davletshin, E.G‘. G‘oziev, M.Vohidov; R.I. Sunnatova, Z.T. Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, SH.A. Do‘stmuhamedova, S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin. Fan sifatida pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati Yosh avlodning ta`lim va tarbiya bilan bogliq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarni ham muntazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII diniy-axloqiy ta`limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Harq va g’arb madaniyati ta`sirida inson ruhiyati bilan bogliq turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotning o’ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo’g’rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining foydasi to’g’risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog’liqligi ko’rsatilgan. A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo’sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan Moskvaga sayoshat» kitobi bu borada pedagogik psixologik asarlar sirasidan munosib o’rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, shu yo’sinda uning tafakkuri, ulgayib shakllanadi. N.I.Novikov bahariyat farovonligini ko’zlab, yoshlar va bolalar o’rtasida foydali bilimlarni keng targibot etish uchun ularni o’ziga xos yo’sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg’u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta`kidlanadi. Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta`lim-tarbiya natijalarini to’g’ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o’rin tutadi deb aytadi. K.D.Ushinskiyning « Download 45.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling