3. Zamonaviy yoshlarning kasbiy madaniyati


Download 45.85 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi45.85 Kb.
#1064348
Bog'liq
Yoshlar kasbiy madaniyatini shakllantirishning dolzarb muammolari


Yoshlar kasbiy madaniyatini shakllantirishning dolzarb muammolari
Reja
1 Yoshlar kasbiy madaniyatini shakllantirishning dolzarbligi.
2. Yoshlar kasbiy madaniyatini shakllantirishning kamchilari
3. Zamonaviy yoshlarning kasbiy madaniyati
Shuning uchun ham yoshlarda kasbiy madaniyatni shakllantirish jamiyat, millatning ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi qudratli kuch, inson va jamiyat rivojlanishining negizi sifatida Yangi Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning bosh omili hisoblanadi.
Kasbiy madaniyatli mutaxassislarni tayyorlash iqtisodiy-ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, oʼzgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli taʼsir koʼrsatadi. Uning rivojlanib borishi natijasida jamiyat ravnaq topadi. Usiz buyuk davlat qurib boʼlmaydi. Chunki, kasbiy madaniyatga ega boʼlgan mutaxassislar jamiyat va millat ravnaqining boy poydevori sanaladi. Demak, kasbiy madaniyat nihoyatda keng tushuncha boʼlib, Yangi Oʼzbekistonda islohotlarni amalga oshirishni oʼzida mujassam etadi. Oʼzbekistonda kasbiy madaniyatli kadrlarni tayyorlashga kuchli eʼtibor berilishining boisi ham ana shunda.
Yangi Oʼzbekistonni barpo etish taʼlimni modernizatsiya etish bilan chambarchas bogʼliq. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, «Yangi Oʼzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi», degan gʼoya asosida keng koʼlamli islohotlarni amalga oshirish boshlangan. Bunda oliy oʼquv yurti talabalarida kasbiy madaniyat haqidagi bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, kasbiy madaniyat mustaqil fikrlash, mustaqil ishlashning asosiy manbai boʼlibgina qolmay, balki har bir shaxsning ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi boʼyicha mehnat xususiyatlarini namoyon etish imkoniyatlarini oshiradi.
Yoshlarda kasbiy madaniyatni shakllantirishning asosiy maqsadi, oliy texnika taʼlimini rivojlantirish asosida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlarini qondirib, texnik yoʼnalishdagi kasb-hunar kollejlari uchun yuqori malakali, raqobatbardosh pedagoglarni tayyorlashdan iboratdir. Bugungi kunda oliy taʼlim davlat taʼlim standartlariga muvofiq ilgʼor, zamonaviy, oliy taʼlim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori, samarali oʼqitishni tashkil qilish va malakali pedagog kadrlarni yetishtirishni taʼminlash zarur.
Buni amalga oshirish mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari, jamiyat talablariga binoan fan, texnika, ilgʼor pedagogik va axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida talabalarni oʼqitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillashtirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik gʼoyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida mustaqillik gʼoyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
Yoshlarning mehnatga hurmat munosabatini shakllantirishga, yoshlarning kasbiy madaniyatini yuksaltirish darajasini oshirishga toʼsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Jamiyatda kasbiy madaniyatni yuksaltirish ishlari tizimli va uzviy tashkil etilmayapti. Jamiyatda, oilada, mahallada, taʼlim muassasalarida va tashkilotlarda kasbiy madaniyatga oid bilimlarni yetkazishning taʼsirchan mexanizmi mavjud emas. Shaxsiy manfaatlar va jamiyat manfaatlari oʼrtasidagi muvozanatni taʼminlash gʼoyalari aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari ongiga yetarli darajada singdirilmayapti.
Uzluksiz taʼlim tizimida taʼlim jarayonlarikasbiy madaniyat bilan uygʼun olib borilmayapti, yoshlarning kasbiy madaniyatini shakllantirishda oʼzbek xalqining tarixi, dini, urf-odatlari, milliy qadriyatlariga tayanilmayapti. Kasbiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan, ijtimoiy sheriklik printsipi asosida ishlar tashkil etilmagan.
Yoshlarning kasbiy madaniyatiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi omillarga nisbatan mehnatsevarlik immunitetini shakllantirishning aniq, maqsadli chora-tadbirlari belgilanmagan. Jamiyatda manzilli kasbiy madaniyat boʼyicha targʼibot tadbirlarini tashkil etishda va amalga oshirishda davlat organlari va boshqa sohaviy xizmatlarning faol ishtiroki taʼminlanmayapti, bu borada yuqori natijadorlik va samaradorlik koʼzga tashlanmayapti.
Kasbiy madaniyat boʼyicha tadbirlar hamon anʼanaviy usullarda, oddiy uchrashuvlarni oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshirilmoqda, bu borada targʼibotning innovatsion usullaridan, shu jumladan, veb-texnologiyalardan foydalanilmayapti, kasbiy madaniyat yoʼnalishdagi veb-saytlar yetarli emas.
Shuningdek, kasbiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni ragʼbatlantirishning huquqiy mexanizmlari mavjud emas, bu borada tadbirlar nomigagina tashkil etilmoqda, kasbiy madaniyat bilimlarini yuksaltirish boʼyicha adabiyotlarni chop etish va tarqatish, ilmiy izlanishlarni olib borish ishlari samarasiz boʼlmoqda.
Buning uchun esa, oilada bolalarga kasbiy madaniyat va odob-axloqning boshlangʼich qoidalarini oʼrgatish boʼyicha ota-onalar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish kerak. Oila davrasida kasbiy madaniyat savodxonligini oshirishga moʼljallangan, har bir elementar bilimlarni oʼrgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan qoʼllanmalar tayyorlash va bepul tarqatilsa maqsadga muvofiq boʼlar edi.
Bolalar uchun kasbiy madaniyat mavzularida va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini bilishni, vatanparvarlik, qonunlarni hurmat qilish, oʼzbek xalqining tarixi va milliy qadriyatlarini oʼrgatishni targʼib qiluvchi turli mulьtiplikatsion filьmlarni yaratish kerak. Ular uchun kasbiy madaniyat boʼyicha bilimlarni yetkazishga hamda kundalik turmushda qoʼllaniladigan normalar va odob-axloq qoidalarini oʼrgatishga qaratilgan audioertaklar, kinofilьmlar va kinojurnallar ishlab chiqilsa yaxshi samara beradi. Mahallalarda eng dolzarb, yoshlarni qiziqtiradigan va murojaatlarda koʼtarilayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʼra manzilli kasbiy madaniyat targʼibotini amalga oshirish, yoshlarga mehnatsevarlik fazilatining mazmun va mohiyatini yetkazish boʼyicha choralar koʼrish zarur.
Xulosa qilib aytganda, institutning oliy taʼlim sohasida xalqaro miqyosda hamkorlik olib borayotgan oliy oʼquv yurtlari va markazlar bilan muhandis-pedagoglar tayyorlashni rivojlantirish va tajribalar almashish muhim ahamiyatga ega. Boʼlajak muhandis pedagoglarda kasbiy madaniyatni shakllantirishda kasbiy taʼlim yunalishlari boʼyicha oʼqitiladigan fanlarning oʼrni muhim. Yoshlarning oʼquv jarayonlariga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini kiritgan holda oʼtkazilishni tashkil etish va taʼminlash, oliy oʼquv yurti, fan va ishlab chiqarishning uygʼunlashuvining amaliy tizimlarini yaratish va amaliyotga kiritish, ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish yoshlarda kasbiy madaniyatni shakllantirishning asosiy negizi hisoblanadi. Ma`lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarining aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bogliq. Zero, jamiyatimizning ma`naviy yangilanishida, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor I tisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo`shilishini ta`minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham inson uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlari ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta`sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o`tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O`zbekistan Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo`lib qoldi. Mana shu ma`noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini ro`yobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyat hayotiga moslashgan ta`lim-tarbiyani ongli ravishda qabul qila oladigan davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviyat va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida “Ta`lim to`grisidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilindi. Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma`rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo`lgan yoshlarga ta`lim berish ularni o`qitish bilan bog`liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o`ylantirib qo`yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxassis kadrlarga muxtoj bo`lib boraveradi. Bu ham tabiat qonuni “Eng muhimi shuni anglab yetishimiz kerakki, kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz, sa`i-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi, hayotimiz, ma`naviyatimiz o`zgarishi qiyin kechadi. Demakki, zamonaviy ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo`lga qo`yish faoliyatimizning bosh yo`nalishi bo`lmogi darkor” - deb ta`kidlagan edi. Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi uning munosib kasb-korni egallashi jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrati o`z hissasini qo`shib yashashi va shu orqali jamiyatda o`zligini namoyon etishi ya`ni shaxsning kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Keng ma`noda kasbiy shakllanish deganda insonning uz aqliy qobiliyatlari jismoniy imkoniyatlari u yoki bu sohaga bo`lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek qadriyat va dunyoqarashlariga qo`ra biror bir kasb sohasida ta`lim olish keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis yetishishi tushuniladi. Haqiqatan ham bu cheksiz murakkab orqaga qaytarilmaydigan muhim jarayon bo`lib, unda inson manfaatlari yo`lidan unumli foydalanishni tashkil etish, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o`ta muhim bosqichi bo`lajak kasbni tanlash, ya`ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo`lgan davrini o`z ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog`liq emas, u ma`lum yoshga kelib uz-o`zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko`nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta`siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim. Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo`lish talab qilinadi. Shuning uchun ham o`quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda amaliy ko`nikma va malakalarni hosil qilish lozim. Buning uchun kasblarga doir qo`llanmalar, tarqatma materallar bilan ta`minlash lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat, to`siqlarni oldini olgan holda o`quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga yo`llash imkoniga ega bo`lamiz. Bu borada bo`lajak yetuk mutaxassislar-magistrlarni tayyorlashda kasbiy ma`naviyat fanining o`rni beqoyosdir.
Download 45.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling