Mustaqil ishi mavzu: korporativ moliyaning dolzarb muammolari


Download 112.46 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi112.46 Kb.
#1083454
  1   2   3
Bog'liq
referat







Toshkent Moliya Instituti Andijon fakulteti sirtqi ta’lim Moliya va moliyaviy tehnologiyalar yo’nalishi II kurs talabasi Dehqonov Ismoiljonning Moliyaning dolzarb muammolari fanidan


MUSTAQIL ISHI

MAVZU: KORPORATIV MOLIYANING DOLZARB MUAMMOLARI
Reja:

  1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va unda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar

  2. Korporativ tuzilmalarda soliq risklarini boshqarish metodologiyasi

  3. Korporativ moliyani boshqarishda soliq munosabatlarini samarali tashkil etish masalalar



1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va unda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya tizimining samarali ishlashi uning har bir bo‘g‘ini samarali ishlashi bilan bevosita bog‘liq. Bunda moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korporativ moliyada moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish nafaqat har bir korporativ tuzilmada shu bilan birga har bir mamlakatda alohida muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqqan holda avvalo korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyatiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Bu borada tadqiqotlar olib borgan ingliz iqtisodchi olimlaridan Richard A.Brealey, Stewart C.Myers, Franklin Allenlar “Korporativ moliya bu barchasi bozor qiymatini maksimallashtirish haqidadir”1, deb ta’kidlashsa, frantsuz iqtisodchi olimlaridan Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Maurizio DallocchioYann Le Fur, Antonio Salvilar “Korporativ moliya nafaqat nazariy darslik, balki amaliy qo‘llanma hamdir”2, deya fikr bildirishadi. Shuningdek, Stephen A.Ross, Randolph W.Westerfield, Bradford D.Jordanlar korporativ moliyaga quyidagicha yondashadilar: “Korporativ moliya umumiy holda “Uzoq muddatli investitsiyalarni qanday jalb qilish kerak?”, “Uzoq muddatli moliyalashtirishni qaerdan olmoqchisiz: qo‘shimcha ta’sischi jalb qilasizmi yoki qarz olasizmi?”, “Kundalik moliyaviy faoliyat bo‘yicha xaridorlardan tushumlar va mol etkazib beruvchilarga xarajatlarni qanday tartibda boshqarasiz?” kabi uchta savolga javob topish yo‘llarini o‘rganishdir”3. Bizning fikrimizcha, korporativ moliya – yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisoblanadi.
Moliya tizimining aynan shu sohasida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga taqsimlanadigan daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va bu daromadlar iqtisodiy taraqqiyotning hamda jamiyat ravnaqining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Bunda korporativ tuzilmalar daromadlari o‘z-o‘zini moliyalashtirish uchun, ishchi xodimlar va davlat oldidagi majburiyatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga taqsimlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaning moliya
tizimi markaziy bo‘g‘ini sifatida yuzaga chiqishini ko‘rishimiz mumkin va korporativ moliyaning amal qilishini samarali tashkil etish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida doimiy e’tibor talab qilishini ta’kidlashimiz lozim. Korporativ moliya bugungi kunga kelib xalqaro moliya tizimining asosi sifatida ham xizmat qilmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shunday holatda mamlakatimizda korporativ moliyani samarali tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish bilan birga xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonining yuksalishiga imkon beradi. Chunki tashqi savdo munosabatlarida aynan davlatlar bilan bir qatorda korporativ tuzilmalar ham faol ishtirok etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish orqali yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish hamda moddiy farovonligini oshirish hisoblanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday sub’ekti sotuvchi va (yoki) xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Umuman bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablag‘larining sub’ektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartidir. Korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlashimiz lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot” 1ni anglatadi.
Avvalo, ta’sischi (aktsiyador)lar bilan moliyaviy munosabatlar korporativ tuzilmani tashkil etish (ta’sis etish) bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda korporativ tuzilma faoliyatini tashkil etishda ta’sischi (aktsiyador)larning ulushlarini belgilashlari, ta’sischilar (aktsiyador)ning ulush kiritish va o‘z ulushlarini korporativ tuzilmadan olib chiqib ketishlari, uchinchi shaxslarning ta’sischi (aktsiyador) sifatida kirish jarayonlarida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Boshqa tomondan erishilgan natija – korporativ tuzilma foydasini ta’sischilar yoki aktsiyadorlar o‘rtasida taqsimlash jarayoni ham korporativ moliyaviy munosabatlarda muhim o‘ringa ega ekanligini qayd etib o‘tishimiz lozim.
Korporativ moliyaviy munosabatlarda ishchi-xodimlar bilan moliyaviy munosabatlar muntazam ravishda ro‘y berib turishi bilan xarakterlidir. Shuningdek, ishchi-xodim aktsiyador ham bo‘lsa, ular bilan moliyaviy munosabatlar ko‘lami yanada kengayadi
Bugungi kunga kelib korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlarini kengaytirib borishlari natijasida vakolatxonalar, sho‘’ba korxonalar, filiallar tashkil etishga e’tibor qaratadilar. Bunday tarkibiy bo‘linmalarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar ham korporativ moliyaviy munosabatlarda foydani maksimallashtirib borish hamda mulkdorlar moddiy farovonligini oshirib borish nuqtai nazaridan alohida e’tibor talab qiladi.
Bizga ma’lumki, milliy amaliyotda korporativ tuzilmalarning, ayniqsa aktsiyadorlik jamiyatlarining yuqori turuvchi tashkilotlar (xo‘jalik birlashmalari, xoldinglar, kompaniyalar, uyushmalar, kontsernlar va hokozo) bilan bevosita bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatishi keng qo‘llaniladi. Bunda xoldinglar aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketiga bevosita egalik qiladi va natijada moliyaviy qarorlar qabul qilish bevosita xolding qarori asosida tashkil etiladi.
Bugungi kunda korporativ tuzilmalar faoliyatini tijorat banklarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek,
“Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bank tizimi amalda lokomotiv vazifasini bajarishi, xo‘jalik yurituvchi barcha sub’ektlarni o‘z ishlarini qayta tashkil etishga, bozor mexanizmlarini dadil va jadal egallashga da’vat etuvchi omil bo‘lishi darkor”.
Tijorat banklari korporativ tuzilmalarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini tashkil etishlari bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditlash (investitsiyalash), faktoring, lizing va boshqa xizmatlarni ham ko‘rsatadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra “Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan, shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”2. Shundan kelib chiqqan holda sug‘urta kompaniyalari korporativ tuzilmalar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion institut ham hisoblanadi va moliya bozori orqali korporativ tuzilmalarga investitsiya kiritadi.
Korporativ tuzilmalar tomonidan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularni joylashtirish fond birjalari orqali amalga amalga oshiriladi. Bunda investorlar bevosita fond birjalarida joylashtirilgan korporativ qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish orqali korporativ tuzilmalar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Bundan tashqari fond birjasi ham aktsiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Shu o‘rinda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aktsiyadorlik jamiyatlarining xalqaro darajada raqobatbardoshligini oshirishda xorijiy kapital jalb qilish masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etib o‘tishimiz lozim. Bu masala aktsiyalarni ochiq obuna tarzida xalqaro fond birjalarida joylashtirish orqali ham amalga oshiriladi hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatining o‘sishiga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aktsiyalarni xalqaro fond birjalarida ochiq joylashtirish (qisqacha IPO – Initial Public Offering) orqali kapital jalb qilish masalasi ham aktsiyadorlik jamiyatlarimiz oldida turgan, taraqqiyotning muhim masalalardan biridir. IPO emitent tomonidan aktsiyalarni bozorda birlamchi ochiq obuna usulida joylashtirish bo‘lib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng doirasiga kirib boradilar va fond birjasida erkin savdoni amalga oshiradilar. Boshqacha qilib aytganda IPO deganda emitent aktsiyalarini ochiq bozorda birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. Shu yo‘l bilan aktsiyadorlik jamiyati «yopiq»dan «ochiq»ga o‘zgaradi. Natijada investorlar aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalarini fond birjasida erkin sotib olishlari mumkin bo‘ladi. IPO yordamida korporativ tuzilma joriy xarajatlarni qoplashga va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun uzoq muddatli tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoni tug‘iladi. IPO uchun talab qilinadigan jarayonlar va ularning amalga oshirilishi kompaniyaning

Download 112.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling