30- §. Energiya almashinuvi bosqichlari


Download 7.08 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi7.08 Kb.
#1794251
Bog'liq
10. Glikoliz

Glikolizning ayrim reaksiyalari


NMKT fakulteti Oot kafedrasi ____-____ guruh talabasi ___________________ning _________ fanidan tayyorlagan taqdimoti

Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo‘linadi. Bi-rinchi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda murakkab uglevodlar, yog‘lar, oqsill ar — glukoza, glitserin va yog‘ kislotalari, aminokislotalarga; nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.

  • Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo‘linadi. Bi-rinchi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda murakkab uglevodlar, yog‘lar, oqsill ar — glukoza, glitserin va yog‘ kislotalari, aminokislotalarga; nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.

Ikkinchi bosqich — to‘liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo‘lib, hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o‘simlik yoki mikroorganizmlar-ning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi.

  • Ikkinchi bosqich — to‘liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo‘lib, hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o‘simlik yoki mikroorganizmlar-ning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi.

Masalan, mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan ener giya hisobiga ATF molekulalari hosil bo‘ladi.

  • Masalan, mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan ener giya hisobiga ATF molekulalari hosil bo‘ladi.

Achitqi zamburug‘larida glukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon spirtli achish deb yuritiladi.

  • Achitqi zamburug‘larida glukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon spirtli achish deb yuritiladi.
  • Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni atseton, atsetat kislota va boshqalarni hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz reaksiyalari bir molekula glukozaning parchalanishi 2 molekula ATFni hosil qilish bilan boradi. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida to‘planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.

Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish deb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo‘lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — Co2 va H2o gacha parchalanadi.

  • Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish deb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo‘lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — Co2 va H2o gacha parchalanadi.

Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to‘planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to‘liq parchalanishida 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta’minlashda aerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi.

  • Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to‘planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to‘liq parchalanishida 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta’minlashda aerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi.

Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga bo‘linadi. Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha yashil o‘simliklar, suv o‘tlari, ba’zi bakteriyalar kiradi.

  • Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga bo‘linadi. Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha yashil o‘simliklar, suv o‘tlari, ba’zi bakteriyalar kiradi.

Avtotrof organizmlar qaysienergiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga: fototrof va xemotroflarga bo‘linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi.

  • Avtotrof organizmlar qaysienergiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga: fototrof va xemotroflarga bo‘linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi.

Download 7.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling