30-§. XVIII-XIX asrda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi reja
Download 1.17 Mb.
|
30-mavzu.o'zbekiston tarixi.8-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- ,,Undiradi och xalqdan, Yetimlar yig’lar xo’rlikdan, Boy omon qoldi soliqdan, Tuhmat to’lov bo’ldi soliq.”
- TESTLAR
- A)Kunxo’ja B) Ajiniyoz C) Berdaq
30-§.XVIII-XIX asrda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqiREJA:
TAYANCH TUSHUNCHALARJiyen Jirov ; ,,Hoy yigitlar , yigitlar”; ,,Yuragimda ko’p dog’im” ; ,,Darbadar el” ; ,,Alpomis” ; ,,Qirqqiz” ; Kunxo’ja Ibrohim ; ,,O’roqchilar” ; ,,Cho’ponlar” ; ,,uEl bilan” ; Ajiniyoz Qo’siboy ; ,,Bo’zatov ’’; Berdaq ; ,,Bo’lgan emas” ; ,,Umrim” ; ,,Soliq” ; ,,O’g’limga” ; ,,Ahmoq bo’lma” ; ,,Xalq uchun” ; ,,Omongeldi” ; ,,Oydo’sbiy” ; ,,Ernazarbiy” ; ,,Avlodlar”.XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana bordi. XVIII-XIX asrning birinchi yarmida qoraqal-poq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarkim, ular-ning nomlari bugungi kunda ham ardoqla-nadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730-1784) edi. U mashhur baxshi, hajvchi shoir sifatida kamol topdi. ,,Hoy yigitlar , yigitlar “ va ,,Yuragimda ko’p dog’im “ kabi qator she’rlarida jamiyat-dagi nohaqliklarni , hukmron tabaqalarning kirdikorlarini , xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi.Qoraqalpoqlar – erksevar xalq. Shuning uchun ham ular doimo o’z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilib qolgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga du-chor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqal-poqlar har yoqqa tarqab ketgan. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga (Chirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizi-ning janubiy sohillariga) ko’chib ketgan. Mana shu ko’chishlarning guvohi bo’lgan Jiyen Jirov ,,Darbadar el” nomli doston yozib, unda qoraqalpoqlarning ma-shaqqatli davri tarixini haqqoniy bayon etgan. Baxshi sifatida ,,Alpomis”, ,,Qirqqiz” kabi dostonlarni zo’r mahorat bilan kuylagan.Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakilla-ridan yana biri Kunxo’ja Ibrohim (1799-1880) edi. Shoirning ayniqsa ,,O’roqchilar”, ,,Cho’pon-lar”,,,El bilan” kabi she’rlari xalq orasida mashhur bo’lib, ular qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og’ir ahvoli, erksiz turmushi, hukmron taba-qalar kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etilgan.Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakilla-ridan yana biri Kunxo’ja Ibrohim (1799-1880) edi. Shoirning ayniqsa ,,O’roqchilar”, ,,Cho’pon-lar”,,,El bilan” kabi she’rlari xalq orasida mashhur bo’lib, ular qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og’ir ahvoli, erksiz turmushi, hukmron taba-qalar kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etilgan.Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li (taxallusi Zevar) ham (1824-1878) qoraqalpoq xalqining atoqli sho-irlaridan biridir. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi Sherg’ozixon madra-sasida ilm olgan. Ajiniyozdan yuzdan ortiq she’r va dostonlar meros qolgan. She’rlarida Vatan, insonparvarlik go’yalari kuylangan. Sho-irning ,,Bo’zatov” dostonida esa qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tas-virlagan. 1999-yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o’rnatildi.Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900) (taxal-lusi; asl ismi Berdimurod qarg’aboy o’g’li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so’ngra madrasada tahsil ko’rgan. U Navoiy, Fuzu-liy, Mahtumquli, Kunxo’ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o’rgan-gan. Berdaq tarixni, xalq og’zaki ijodini mukammal o’zlashtirib oladi.Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900) (taxal-lusi; asl ismi Berdimurod qarg’aboy o’g’li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so’ngra madrasada tahsil ko’rgan. U Navoiy, Fuzu-liy, Mahtumquli, Kunxo’ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o’rgan-gan. Berdaq tarixni, xalq og’zaki ijodini mukammal o’zlashtirib oladi.,,Undiradi och xalqdan, Yetimlar yig’lar xo’rlikdan, Boy omon qoldi soliqdan, Tuhmat to’lov bo’ldi soliq.”Uning ijodi 18-19 yoshlarda do’mbira chertib, she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida u is’te-dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning ,,Bo’lgan emas”, ,,Umrim” va ,,Soliq” kabi she’r-larida mehnatkash xalqning og’ir hayoti o’z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan. Xususan, ,,Soliq” she’-rida bunday deb nola qilinadi:bo’ri hech vaqt o’z dardini bildirmas, yaxshi odam dushmanini kuldirmas, qo’ldan kelsa unga davron surdirmas, er yigitning joni qurbon xalq uchun.,,O’g’limga”, ,,Ahmoq bo’lma” kabi she’rlari orqali esa yoshlarni Vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi.Berdaq xalq hayotini, uning ezgu orzu-istak-larini yaxshi bilgan shoir edi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi. Xususan, shoir o’zining ,,Xalq uchun” de-gan she’rida yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi:Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratgan. Uning ,,Omongeldi”, ,,Oydo’stbiy”, ,,Ernazarbiy” kabi asar-larida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlari faxr bilan kuylanadi. ,,Avlodlar” asari tarixiy voqealar sol-nomasi bo’lib, unda xalqlarning kelib chiqishi, qoraqalpoq xalqining boshqa turkiy xalqlar bilan aloqasi, ularning ha-yotidagi umumiylik kabi jihatlar bayon etilgan. Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyon ,,Erna-zarbiy” dostonida ham aks ettirilgan. 1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi va byusti o’rnatildi. Shoir tu-g’ilgan joy – Bo’zatovda ham Berdaq byusti o’rnatildi, Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo’yildi.TA’RIFLAR
SAVOLLAR
TESTLAR1.Jiyen Jirovning qoraqalpoqlarning ko’chishlari haqidagi dostoni qaysi?A)Alpomis B) Darbadar el C) Xalq uchun2.„El bilan“ she’rining muallifi kim?A)Kunxo’ja B) Ajiniyoz C) Berdaq3.Zevar kimning taxallusi?A)Kunxo’ja B) Ajiniyoz C) Berdaq4.Bu yili Ajiniyozning necha yilligi nishonlanadi?A)180 B) 200 C) 1955.Berdaq necha yoshida iste’dodli shoir sifatida taniladi? A)18-19 B) 25 C)17E‘tiboringiz uchun rahmat! Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling