30 Amaliy ish Mavzu: Grunt suvlarini gidroizogips xaritasini chizish, nishabligini aniqlash. Ishning maqsadi
Download 0.95 Mb.
|
30-Amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30.1-rasm Gidrozogips kartasi
30 - Amaliy ish Mavzu: Grunt suvlarini gidroizogips xaritasini chizish, nishabligini aniqlash. Ishning maqsadi: Kon maydonida yer osti suvlarining xarakat yo'nalishini aniqlash, kon ishlarini olib borishda amaliy ahamiyatga ega. Shu ishning maqsadida yer osti suvlari gidroizogips xaritasi tuziladi. Gidrozizogips chiziqlari bir xil absolyut balandlikka ega bo'lgan bosimsiz yer osti suvlari satxini birlashtiradi.Ular rel'ef tuzilishini belgilovchi gorizantal chiziqlar kabi chiziladi. Gidroizogips kartasini tuzish uchun maydonning topografik planini olamiz.Unda yer yuzasining tuzilish tartibini ko'rsatuvchi gorizontal chiziqlar bo'lishi kerak. Shuningdek, qazilgan quduqlar va shurflar ham topografik planga tushiriladi va ulardan yer osti suvlari satxi bir kecha kunduzda o'lchangan ma'lumotlar to'planadi. Dastlab quduq va shurflar joylashgan yerning absolyut (mutloq) balandligi geodezik nivelirlash natijasida aniqlanadi, so'ngra quduqdagi suv chuqurligi o’lchanadi. Quduq ogzining absolyut balandligidan suv chuqurligi qiymati ayrilsa, yer osti suvining shu nuqtadagi mutloq balanligi topiladi (masalan, 1-rasmdagi 1-quduqning mutloq balandligi 506 m, suv chuqurligi-5 m, demak yer osti suvining mutloq balandligi 506-5q501 m). So'ngra kartada quduq va shurflarni o'zaro uchburchak xosil qilib birlashtiramiz. Interpolyatsiya qilish usuli bilan quduqlar orasidagi joyda yer osti suvining mutloq balandligini topamiz, buning uchun har ikki quduqdagi suvning mutloq balandliklari farqini quduqlar orasidagi masofaga bo'lamiz.Masalan, lva 2-quduqlardagi balandliklar farqi 501-498q3m, masofa 3 sm, demak har bir sm ga 1 m balandlik farqi mos keladi. Shunday qilib, yer osti suvlarining 499 va500 m ga teng bo'lgan nuqtalarini topamiz. Shu usul bilan qolgan quduqlar orasidagi yer osti suvlarining mutloq balandliklarini ham xisoblab chiqamiz va 0,5 m yoki 1 m oraliqda gidroizogips chizig'ini o'tkazamiz. Xartada gidroizogips chizig'ining mutloq balandligi va kattasidan kichigiga qarab o'tkazilgan perpendikulyar chiziq yer osti suv oqimining xarakat yunalishini ko'rsatadi. 30.1-rasm Gidrozogips kartasi:1-burg'u qudug'I; 2-shurf; 3-gidrozogips chizig'i va unign absalyut balandligi; m.raqamlar chapdan suratda -quduq va shurf nomeri; mahrajda yer osti suvlariga bo'lgan chuqurlik,m;o'ngdan suratda -quduq yoki shurf joylashgan oining absalyut balandligi, m; mahrajda—yer osti suvi satxining absolyut balandligi, m; 4- yer osti suv oqimining yo'nalishi. Yil fasillari uchun tuzilgan bunday gidroizogips kartalari yer osti suvlari xarakati tug'risida yaxshi taassurot beradi. Gidroizogips chizigining daryo uzaniga nisbatan joylashishiga va shakliga qarab yer osti suvlarining yer usti suvlari bilan uzaro bog'liqligini aniqlash mumkin. Yer osti suvlari oqimining xarakat tezligi maydonning va suv o'tkazmaydigan qatlamining nishabligiga bogliq. Nishablik qancha katta bo'lsa suv oqimi tezligi ham shuncha katta bo'ladi va aksincha. Shunga ko'ra oqimning nishabligi yoki bosim gradienti (J) tushunchasini aniqlaymiz. Filtratsiya yulining ma'lum bir qismida suv bosimi pasayishi ( N) ning shu yul uzunligi I ga nisbati oqimning gidravlik nishabligi yoki bosim gradienti deb ataladi va J bilan belgilanadi. Ayrim xollarda filtratsiya yo'li va bosim gradient suv oqimi bo'ylab AV masofani o’lchash va yer osti suvlari satxining A va V nuqtalaridagi absolyut balandliklari ayirmasini toppish yo’li bilan ham aniqlanadi. Bosim gradient miqdorini gidroizogips kartasidan foydalanib xam toppish mumkin. Buning uchun ikki gidroizogips chizig'i balandligi qiymati farqini (N1 -N2q499-498qlm) topamiz. So'ngra ular orasidagi masofani (1) masshtab bo'yicha aniqlaymiz (29.1-rasm).U xolda bosim gradienti 30.2-rasm. Grunt suvlarining bosim gradientini tushuntiruvchi chizma. Maydoni tekislikdan iborat bo'lsa kartada gidroizogips chiziqlari siyrakroq, nishab bo'lsa qalinroq joylashgan.Shuning uchun bosm gradienti qiymati maydonining bir necha joylari uchun topiladi. Bosim gradienti qiymatini aniqlab, filtratsiya koeffitsenti orqali filtratsiya tezligini xisoblab topish mumkin: V= K*J
Gidroizogips kartasi yordamida quyidagilarni: a)karta tuzilgan muddatdagi yer osti suv oqimi harakatining yo'nalishini; b) Bosimgradienti miqdorini; v) Agar filtratsiya koyeffitsenti «K» ma'lum bo'lsa suv harakati tezligini; g) Suv yig'uvchi inshoatlar (ariq, zovur, quduq) joylashadigan yerlarni aniqlash mumkin bo'ladi. Bosim li yer osti suvlari uchun xuddi shunday usul bilan pezoizogips kartasi tuziladi.Pezoizogips chizig'i bir xil mutloq balandlikka ega bo'lgan bosimli yer osti suvlari satxini birlashtiradi. Vazifa: Yer osti suvlarining gidroizogips xaritasini tuzishni o’rganish. Quyidagilar zarur: 1. Ish daftari. 2. Chizg‘ich, qalam tm, ruchka 3.A3 formatdagi qog’oz Ishni bajarish ketma-ketligi: O‘qituvchi grunt suvlarining gidroizogips xaritasini tuzishni tushuntiradi va xarita tuzish uchun variantlar taqdim etadilar. Hisobot: talabalar mashg‘ulot tugagandan so‘ng berilgan variantlar bo’yicha xarita tuzib hisobot taqdim qiladilar. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling