innovatsion jarayonning strukturasini ko’rib chiqar ekan, yangilik vaqt orqali o’tib
boradigan jarayon degan fikrdan kelib chiqib, yangilikning “hayot davri”
konsepsiyasini ajratib ko’rsatadilar. O’z navbatida, bu jarayonda yangilikni
yaratish va ijro etishni ta’minlovchi faoliyat turlari bo’yicha farq qiluvchi
bosqichlarni qismlarga ajratish mumkin. Bundan tashqari, innovatikada ikkita
tushuncha: «innovatsiya-mahsulot» va «innovatsiya-jarayon» qo’llaniladi.
Ularning asosiy farqi bu birinchi holatda asosiy e’tibor yangilikni yaratish
jarayoniga qaratiladi, ikkinchi holatda uni amalga oshirish jarayoniga e’tibor
beriladi. Har bir jarayon o’zining hayot davriga ega. Ikkita davrni alohida
ko’rsatish maqsadida “innovatsiya-mahsulot” ХSning ichki intervalini bosqichlar,
“innovatsiya jarayon” XSni bosqichlar deb atash qabul qilingan.
Hozirgi kunda ilmiy adabiyotda innovatsion jarayonlarni bosqichlarga
ajratishning quyidagi sxemasi tuzilgan:
Birinchi bosqich yangi g’oyaning tug’ilishi va yangilik konsepsiyasining
yuzaga kelish bosqichi; shartli ravishda u ixtiro bosqichi deb ataladi, u odatda,
amaliy ilmiy va fundamental tadqiqotlar natijasidir (yoki bir zumda “yorishish”).
Odatda, birinchi bosqich juda azoblidir, chunki innovatsiyani boshida ko’pchilik
tan olmaydi, ya’ni salbiy ijtimoiy samaraga ega bo’ladi. Ikkinchi bosqich ixtiro
bosqichi, ya’ni biror-bir ob’ekt, moddiy yoki ma’naviy mahsulot namunada
mujassamlashgan yangilikni yaratish.
Uchinchi bosqich olingan yangi ishlanma amalda qo’llaniladigan, unga
qayta ishlov beriladigan yangilik bosqichi, bu bosqich yangi ishlanmadan barqaror
samara olish bilan yakunlanadi. Unda innovatsiya qabul qilinadi, opponentlar,
konservatorlar va skeptiklar bilan kurashish bilan birga olib borilishiga qaramay,
Do'stlaringiz bilan baham: |