Eng sodda analogli invertor sxemalar. Bunday sxemalarda kuchlanishni o’zgartiruvchi element sifatida past chastotali po’lat o’zakli yuksaltiruvchi transformatordan foydalaniladi. Transformatorning ikkilamchi chulg’amidan tarmoq kuchlanishi olinadi va istemolchigauzatiladi. Bunda doimiy tok manbayi quyosh batareyasi yoki galvanic element bo’lishi mumkin. Sifatli signal olish uchun kirishda bloking generator yordamida sinusoidan signal hosil qilish kerak bo’ladi. Bunday shakladagi signal hosil qilish uchun yarimo’tkazgichli komponentlardan tuzilgan bloking generatorlardan foydalanish mumkin. Lekin amalda bunday sxemalar foydali ish koeffitsiyenti juda past bo’ladi. Bunga sabab asosiy yuklama tushadigan katta quvvatli tranzistorlar sinusoidal signalda to’liq chiziqli rejimda ishlaydi. Tranzistor chiziqli rejimda ishlaganda tranzistor turli vaqt momentlarida chiziqli rejimda ishlaydi ya’ni o’zida davriy o’zgaruvchan qarshilik namoyon qiladi. Buning natijasida tranzistorning qarshiliga katta bo’lgan paytda o’zida quvvatning katta qismini issiqlikga aylantirib muhitga tarqatib yuboradi, natijada quvvatnig ma’lum bir qismi isrof bo’ladi. Buday isrofgarchiliklarni yuqotish uchun sxema trazistorlarining kalit rejimda ishlashi talab qilinadi.
Tranzistorlarning kalit rejimida ishlaganida sinusoidal signal olish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |