Radiatsiyaning atrof muhitga


Download 86 Kb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi86 Kb.
#1702069
  1   2   3   4   5   6



RADIATSIYANING ATROF MUHITGA
TA`SIRI

Reja:




  1. Radiatsiyaning tabiati va uning ta‘siri.

  2. Muhitning radioaktiv zaharlanishi.

  3. Suvni radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi.

  4. Radioaktiv moddalardan suvni tozalash.


Radiatsiyaning tabiati va uning ta‘siri
Tabiiy radiatsiyaning mavjudligini birinchi bo’lib Bekkerel kashf qildi, ya‘ni u tabiiy minerallar takibida o’ran borligini va u radiatsiya tarqatib turishini aniqladi.
Bu radiatsiyaning inson organizmiga juda xavfli ekanligi ham aniq bo’ldi. XX asr boshidanoq nurlanishning ikki turi mavjudligi aniqlandi:
- To’lqin shaklidagi radiatsiya;
- Zarracha shaklidagi radiatsiya.
To’lqin shaklidagi radiatsiya yorug’lik nuriga o’xshash bo’lib, faqat qisqa to’lqin uzunlikda bo’ladi, shuning uchun ham u katta energiyaga ega bo’lgan foton yoki energiya «paketiga» ega bo’ladi.
Bu tipdagi radiatsiya Rentgen tomonidan kashf qilingan bo’b, hozirga qadar u meditsinada qo’aniladi. Bundan tashqari radiatsiya komponentlaridan singuvchi radiatsiya, ya‘ni gamma nurlar mavjud. Bu turga radiy misol bo’di. Bu yerda har bir foton yoki kvant (radioaktiv nurlanish) odatda katta energiya tashiydi.
Energiya tashuvchi boshqa radioaktiv nurlanishlarga betta nurlar, ya‘ni odatdagi elektronlardan iborat bo’lgan hamda alfa nurlar, ya‘ni geliy yadrosidan iborat bo’lgan nurlar bor. Bu zarrachalar ichida eng ta‘sirchani neytron ta‘siri harakterli bo’lib, u og’ir elementlar (uran) bo’linishida hosil bo’ladi.
Og’ir zarrachalar (alfa zarrachalar) organizmni yuqori darajada ionlashtirib tashlaydi, oqibatda biologik jarayonlar o’zgarib o’limga olib keladi. Qolgan nurlar ham boshqa biologik effektlar hosil qilib oqibatda halokatga olib keladi.
Radiatsiyaning biologik ta‘siriga:

  1. Organizmdagi molekulyar bog’lar parchalanadi va elektronlar urib chiqaradi. Bu protsess juda tez sodir bo’lib, DNK ning buzilishiga olib keladi.

  2. Organizmdagi reaktsiyaga kirishish xususiyatiga ega bo’lgan gruppalarga ta‘sir qilib, to’qimalardagi suyuqlikda kislorod erib, o’ziga erkin elektron biriktirib oladi va toksik (zaharli) ta‘sirga ega bo’lgan kislorod ioniga aylanadi yoki perekis radikaliga aylanadi. Kislorodning bu xildagi ko’rinishi esa initsiatorlik qilib to’qima membranasidagi fosfolipidlarning oksidlanishiga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi radioaktiv nurlar ta‘siri oqibatlarini tiklash amaliy jihatdan o’ta murakkab bo’lib, ko’pincha tiklash imkoniyati bo’lmaydi.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling