Radiatsiyaning atrof muhitga


Muhitning radioaktiv zaharlanishi


Download 86 Kb.
bet2/6
Sana14.10.2023
Hajmi86 Kb.
#1702069
1   2   3   4   5   6
Muhitning radioaktiv zaharlanishi.
Yadroviy portlash natijasida juda ham kuchli yadroviy nurlanish kelib chiqadi. Bu nurlanish tirik organizmlar to’qimalarining buzilishiga olib keladi. Yadroviy portlash natijasida atmosferaga chiqqan mahsulotlar (portlash markazidan) yuzlab kilometrgacha cho’zilishi va yalpi qirg’inga olib kelishi mumkin. Agar yadroviy zarba atom stantsiyalari va harbiy ahamiyatga ega bo’lgan reaktorlarga beriladigan bo’lsa, radiatsiya darajasi yanada yuqoriroq bo’ladi. Radioaktiv moddalar taxminan yarim qattiq zarrachalar holida bo’lib, ular yog’inlar (namliklar) bilan birinchi kecha-kunduzda Yer yuziga qaytib tushadi. Bu moddalarning qolgan qismi esa atmosferada oylab, yillab qolib ketishi mumkin, ammo bularning radioaktivlik ta‘siri ancha kuchsiz bo’ladi.
1986 yilda bo’lgan Chernobil atom elektr stantsiyasining falokati insoniyatga jiddiy ogohlantirish bo’ldi. O’zining keng maydonga yoyilishi bilan katta talofat yetkazdi. Falokatning sodir bo’lishiga asosiy sabablar AES xodimlarining foydalanishda yo’l qo’ygan xatolari, reaktorning fizik tavsifidagi kamchiliklar sabab bo’lgan. Natijada esa atmosfera ko’plab chiqindilar bilan ifloslandi. Turtinchi energoblokdan atmosferaga 50 t bug’ holidagi yonilg’i chiqib ketdi. Chiqarilgan yonilg’ining faolligi 15-20 ming R/S ga tengdir. Yonilg’idan tashqari portlash natijasida 700 t radioaktiv reaktor grafiti chiqarildi. Yadro reaktorida o’rtacha 50 t yadro yonilg’isi va 800 t atrofida reaktori qolgan edi; keyingi kunlarda grafitning qolgan miqdori ham kuyib reaktor qoldiqlar miqdorini oshirib yubordi. Agar Xirosimaga tashlangan atom bombasi massasi 4,5 tonnaga teng ekanligini eslaydigan bo’lsak, Chernobil AES avariyasi qanday falokatli qudratga ega ekanligini tushunish qiyin emas.
Chernobil avariyasi juda og’ir oqibatlarga olib keldi. Avariya paytida 2 kishi, avariyadan so’ng 29 kishi halok bo’lgan bo’lsa, radiatsion qirg’indan 135 ming kishi evakuatsiya qilingan. AES ning 30 km radiusdagi hududidan bironta jonli narsa qolmagan. Bundan tashqari, radioaktiv chiqindilar unchalik balandga chiqib ketmaganligi tufayli yomg’irlar bilan yana yer sirtiga qaytib tushib, o’sha regionda radioaktiv ifloslanishni 5 hissa oshirib yubordi. Atmosferaga chiqqan bug’ holidagi yonilg’i tarkibida o’ran oksidining mayda dispers zarralari, kuchli radioaktivlikka ega bo’lgan yod – 131 radionukleidi, plutoniy – 239, neptuniy – 139, tseziy – 137, strontsiy – 90 va turli xil yarim yemirilish davrlariga ega bo’lgan radioaktiv izotoplar mavjud edi. Bu chiqqan radioaktiv moddalar Gomel, Mogilev, Bryansk, Kiev va Jitomir viloyatlarini radiatsiya bilan ifloslantirdi.
Falokatdan keyin yerning yuqori qobig’ini esa radionukliedlar zaxarlaydi. Radionukliedlar tuproqning kristall panjaralari orasiga kirib oladi, so’ngra eritma holida bo’lib, ion almashinish tufayli o’simliklar tanasiga shimiladi. Radionukledlar oz bo’lsa ham juda sekinlik bilan yomg’irlar bilan yuviladi. Bulardan tashqari ifloslangan hududlarda radioaktiv yonilg’ilar mavjud bo’lib, bular tirik organizmlar uchun juda ham xavflidir.
Demak, yadroviy portlash natijasida uzoq vaqt uning hududida tirik organizmlar uchun hayot bo’lmaydi. Tarqalgan radioaktiv izotoplar o’simlik va tirik organizmlar tanasida biologik o’zgarishlar sodir etadi. Hatto eng kichik dozali radiatsiyali bilan nurlangan odamlar ham qon kasalliklariga duchor bo’ladilar.
Xulosa qilib aytganda, ya‘ni yadroviy zarbani ximik ko’zi bilan qaralganda bu ommaviy qirg’inda hech kim qochib qutulolmaydi. Bunday hodisalar sayyoramizda global o’zgarishlarga olib keladi.



Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling