30-mavzu. Rektifikasiya qurilmalarni avtomatlashtirish. Reja


Download 55.59 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi55.59 Kb.
#1833391
1   2   3
Bog'liq
30-ma`ruza

k = GP / ( GK+bGD ); (8)
T = g / (GK+bGD) (9)
(9) dan ko‘rinib turibdiki GK+GD=GP va T=g/GP=SR bo‘lganligi uchun qorishmaning o‘rtacha vaqt doimiysi SR, b=1 bo‘lganidagi apparatning vaqt doimiysiga teng. b>1 bo‘lgandagi (78-rasm) past konsentratsiyalarda vaqt doimiysi vaqtidan kichik bo‘ladi, b<1 bo‘lgandagi yuqori konsentratsiyalarda doimiy vaqt SR dan katta bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan natijalarni hisobga olgan holda quyidagi rostlash variantlari taklif etiladi.
1-variant. Oddiy rostlash sistemasi olti bir konturli ARSni o‘z ichiga oladi (82-rasm). Umuman olganda bu sistema distillyat tarkibining barqarorligini va uskunadagi moddiy va issiqlik balansi ushlab turilishini ta’minlaydi. Distillyat tarkibini stabillashtiruvchi asosis rostlagich 1 kolonna yuqorisagi harorat rostlagichi hisoblanadi. Chunki bu ko‘rsatgich distillyat tarkibiga bevosita ta’sir qiladi. 2 rostlagich ta’minot haroratini rostlaydi. Sath rostlagichlari 3 va 4 sistemada suyuq faza bo‘yicha, 5-bosim rostlagichi esa bug‘ fazasi bo‘yicha balans ushlab turilishini ta’minlaydi. 6-sarf rostlagichi isitish parining qaynatgichga berilish sarfini rostlaydi.
Agar rostlashning vazifasi kub maxsulot tarkibini stabillashtirish bo‘lsa, u holda isituvchi bug‘ning sarfi kolonna pastidagi 6a harorat rostlagichi orqali belgilanadi, distillyatning sarfi esa 1a rostlagich orqali stabillashtiriladi. Bir vaqtning o‘zida kolonna past va yuqorisidagi maxsulotlar tarkibini (haroratini) rostlash odatta qo‘llanilmaydi. Chunki bu koordinatalar o‘zaro bog‘liq va ularni bir vaqtda rostlash teskari bog‘lanish orqali sistema turg‘unlik zaxirasining kamayishiga olib kelishi mumkin.
.

Куб маҳсулоти

Буғ

Бошланғич аралашма

Иссиқлик ташувчи

Совуқ агент

82-rasm. Rektifikasion uskunaning alohida texnologik parametrlarning bir konturli ARS yordamida tuzilgan avtomatlashtirish sistemasi.
1- kolonna yoqorisidagi harorat rostlagichi, 2- ta’minot harorati rostlagichi, 3- kalonna kubidagi sath rostlagichi, 4- flegma sig‘imidagi sath rostlagichi, 5- kolonnadagi bosim rostlagichi, 6- isitish bug‘i sarfi rostlagichi, 1a- distillyat sarfi rostlagichi, 6a – pastdagi harorat rostlagichi.

Soddaligiga qaramay avtomatlashtirish sistemasi qator kamchiliklarga ega. Masalan bug‘ sarfini sistemadagi real sharoitni hisobga olmay stabillashtirish bug‘ning ortiqcha sarf bo‘lishiga olib keladi. Chunki sarf rostlagichiga bug‘ entolpiyasi o‘zgarishini, flegmaning sovib ketishi va boshqa g‘alayonlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hollarini hisobga olgan xolda oshirilgan vazifa qo‘yiladi.


Gʻalayon bo‘yicha kompensatsiyalovchi ta’sirlarning yo‘qligi maxsulot tarkibini rostlashda katta dinamik xatoliklarga olib keladi.

Download 55.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling