30-mavzu. Rektifikasiya qurilmalarni avtomatlashtirish. Reja
Download 55.59 Kb.
|
30-ma`ruza
2-variant. Birinchi variantdagidan mahsulot bo‘linishiga ketadigan energiya xarjatlarini kamaytirishni ta’minlovchi bug‘ va ta’minot sarflari (yoki flegma va ta’minot sarflari) nisbati rostlagichi 6 dan foydalanishi bilan farq qiladi (83-rasm). Bundan tashqari maxsulot haroratini rostlashda nazorat tarelkasidan olingan yordamchi oraliq impuls qo‘llanilgan kaskad ARSdan foydalaniladi.
Куб суюқлиги Буғ Бошланғич маҳсулот Иссиқлик ташувчи Совуқ агент 83-rasm. Rektifikasion uskunaning ta’minot sarfi bo‘yicha g‘alayonni statik kompensatsiyalash va kolonna yuqori qismi haroratining kasad ARS avtomatlashtirish sistemalari. 1- kolonna yuqorisi harorati rostlagichi, 1a- differensiator, 2- ta’minot harorati rostlagichi, 3,4,- sath rostlagichlari, 5- bosim rostlagichi, 6- sarflar nisbati rostlagichi. Ko‘rib chiqilgan variantlar rektifikasion kolonnaga nisbatan rostlash usullari va sistemalarining xil xilligini to‘liq ko‘rsata olmaydi. Masalan 84-rasmda kolonnada bosimni flegma sig‘imidan chiqib ketayotgan inert gazlar sarfi orqali rostlash sistemasi ko‘rsatilgan. Flegma va distellyat sarflari nisbatini distillyat tarkibi bo‘yicha korreksiyalash orqali rostlash flegma sonini o‘zgartirish natijasida maxsulot tarkibini stabillashtirishni ta’minlaydi. Distillyat bo‘yicha kolonnaning unimdorligi 1 sarf rostlagichi orqali ushlab turiladi, flegmaning sathi esa deflegmatorga berilayotgan sovuq agent sarfi orqali rostlanadi. Nasadkali rektifikasion kolonnalarda asosiy rostlanuvchi parametrlardan biri apparatda berilgan gidrodinamik rejimni ta’minlovchi bosimlar farqi hisoblanadi (85-rasmdagi 5 rostlagich). Бошланғич махсулот Инерт газлар Совуқ агент 84-rasm. Tarelkali rektifikasion kolonna yuqori qismini rostlash sistemasiniga misol: 1-distillyat sarfi rostlagichi, 2- flegma va distillyat sarflari nisbati rostlagichi, 3- distillyat tarkibi rostlagichi, 4- flegma sig‘imidagi bosim rostlagichi, 5- flegma sig‘imida sath rostlagichi. Куб махсулоти Буғ Бошланғич махсулот Совуқ агент 85-rasm. Nasadkali rektifikasion kolonnani avtomatlashtirish sistemasi misoli. 1- tarkib rostlagichi, 2,3- sath rostlagichi, 4- bosim rostlagichi, 5- bosimlar farqi rostlagichi. Download 55.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling