30-mavzu. Tok transformatorlari. Reja


Tok transformatorlarining tuzilishi


Download 181.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi181.18 Kb.
#1478325
1   2   3   4
Bog'liq
12. TT

Tok transformatorlarining tuzilishi 
35 kV li ichki qurilmalar uchun tok transformatorlari quyma epoksid 
izolyatsiyaga ega. 
Birlamchi chulg’am turiga ko’ra g’altakli (3 kV va undan kichik kuchlanishlar 
uchun), bir o’ramli (62-rasm) va ko’p o’ramli transformatorlar bo’ladi. 
Bir o’ramli transformatorlar 600 A va undan yuqori birlamchi tokka mo’ljallab 
tayyorlanadi; kichik toklarda birlamchi chulg’amining magnit yurutuvchi kuchi 
I1w1 talab etilaigan klass aniqligida ishlash uchun etarli bo’lmaydi. 
600 A dan kichik toklarda TPL tipidagi ko’p o’ramli transforlar qo’llanilib, 
ularning birlamchi chulg’ami soni kerakli magnit yurituvchi kuchga qarab
aniklanadigan bir necha o’ramlardan iborat. 
Katta nominal birlamchi toklar uchun birlamchi chulg’am vazifasini 
transformator ichidan o’tuvchi shina bajaradigan tok transformatorlari qo’llaniladi. 
Bu transformatorlar magnit o’tkazgich bilan ikkilamchi chulg’amlari ustiga 
quyilgan xalqasimon epoksidli blokdan iborat. Tok o’tkazuvchi shina birlamchi 
chulg’am xisoblanadi. Izolyatsiyalovchi blokka ekranlovchi silumin xalka quyilgan 
bo’lib, prujina yordamida shinaga elektr jihatdan ulangan. Bunday tok 
transformatorlariningelektrodinamik 
turg’unligi 
shina 
konstruksiyasining 
chidamliligi bilan aniqlanadi. 
Nominal toki 2000—5000 A bo’lgan 10 kV li qurilmalarda o’tuvchi shinali tok 
transformatorlari TPSHL qo’llaniladi. 


62-rasm. TPOL-10 tok transformatori: a - chulg’amli magnit o’tkazgichlarning 
joylashuvi; b – tuzilishi; 1 – magnit o’tkazgich; 2 – ikkilamchi chulg’am; 3– 
mahkamlovi halka; 4 – birlamchi chulg’am sterjeni. 
Tashqi qurilmalar uchun TFN tipidagi qog’oz - moy izolyatsiyali, chinni 
korpusda tayanch tipidagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. Moy bilan 
to’ldirilgan ichi bo’sh chinni izolyatorlarda transformatorning magnit o’tkazgichi 
bilan chulg’amlari joylashtirilgan. 
TFN transformatorlari 0,5 klass chulg’amli bitta magnit o’tkazgich rele 
muhofazasi uchun mo’ljallangan chulg’amli ikki uchta magnit o’tkazgichga ega. 
Kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, birlamchi chulg’amni izolyatsiyalash shuncha 
qiyin, shuning uchun 330 kV va undan yuqori kuchlanishlarga kaskad tipidagi tok 
transformatorlari ishlab chiqariladi. Transformatsiyaying ikki kaskadining bo’lishi 
(chulg’amli ikkita o’zaklar) har bir pog’ona chulg’amlarining izolyatsiyasini to’la 
kuchlanishga hisoblamay, balki uning yarmiga teng qilib tayyorlash imkonini 
beradi. Transformatorning har bir pog’onasi mustaqil konstruksiyaga ega. Yuqori 
pog’onaning birlamchi chulg’ami transformatsiya koeffitsientini o’zgartirish uchun 
ikki seksiyadan iborat. Ikkilamchi chulg’amlar to’rtta: ulardan biri 0,5 klassdagi 
o’lchashlar uchun qolgan uchtasi rele muhofazasi uchun. 
Qo’sh 
transformatsiya 
tok 
transformatorlarining 
konstruksiyasini 
murakkablashtirib, xatosini oshiradi. 
35 kV va undan yuqori kuchlanishli qurilmalarda bakli Uzgichlar yoki kuch 
transformatorlarining o’tuvchi vtulkalariga joylashadigan tok transformatorlari keng 
qo’llaniladi. Bunday transformatorlarning birlamchi chulg’ami bo’lib vtulka sterjeni 
hisoblanadi. Uncha katta bo’lmagan birlamchi toklarda tok transformatorlarining 
aniqlik klassi 3 yoki 10 bo’ladi. 1000—2000 A li birlamchi toklarda 0,5 klassida 
ishlash ham mumkin. 
Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg’ami birlamchi hisoblangan tokka 
muvofiq transformatsiya koeffitsientini o’zgartirish imkonini beruvchi otpaykaga 
ega. 

Download 181.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling