30-mavzu. Tok transformatorlari. Reja
Optik - elektron o’lchash transformatorlari
Download 181.18 Kb. Pdf ko'rish
|
12. TT
Optik - elektron o’lchash transformatorlari
Kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, YUK ning birlamchi chulg’amini transformatorlarning ikkilamchi o’lchash chulg’amidan izolyatsiyalash shuncha qiyin bo’ladi. 500, 750 va 1150 kV ga mo’ljallangan kaskadli o’lchash transformatorlarni tayyorlash ancha qiyin va qimmatga tushadi, shuning uchun ularning o’rniga prinsipial yangi optik - elektron transformatorlar (OET) ishlab chiqilgan. Bu transformatorlarda o’lchanayotgan signal (tok, kuchlanish) ma’lum qonun o’zgaradigan yorug’lik oqimiga aylantiriladi va u yerga ulangan elementga joylashgan qabul qiluvchi qurilmaga uzatiladi. So’ngra yorurlik oqimi o’lchash priborlari qabul qiladigan elektr signalga aylantiriladi (63-rasm). 63-rasm. Optik-elektron tok transformatorining struktura sxemasi: 1 - birlamchi o’zgartirgich; 2 – yorug’lik diodi; 3 - optik tizimi; 4 – yorug’lik o’tkazgichi; 5 – foto sezgir pribor; 6 – kuchaytigich; 7 - o’lchov pribori Shunday qilib, yuqori kuchlanish ostida bo’lgan uzatuvchi qurilma va yerga ulangan qabul qiluvchi qurilma bir-biri bilan faqat yorug’lik bog’lami bilan bog’- lanadi. Yorurlik oqimi devorlari oynadan iborat ichi bo’sh izolyatordan truba orqali yoki dielektrik sterjenli va tolali yorug’lik o’tkazuvchi orqali uzatiladi. Bulardan oxirgisi izolyatsiyalovchi qobiqli maxsus optik shishadan tayyorlanadi. OET ning uzatuvchi qurilmasi turli prinsiplarga asoslangan bo’lishi mumkin. Ayrim tok transformatorlari (OETTF) da Faradey effekti qo’llaniladi. (64-rasm). Yer potensialidagi asos 10 da yorug’lik manbai 8, ku-chaytirgich zanjiri 11 ga differensial sxema bo’yicha ulangan ikki-ta fotopriyomnik 9 o’rnatilgan bo’lib, kuchaytirgichga o’lchash pri-borlari ulanadi. VN kallagi 1 da ikkita Faradey yacheykasi va o’lchanayotgan tok 2 ning tok o’tkazuvchisi joylashgan. Faradey yacheykasi qutblagichlar 3 dan, optik aktiv modda (qum, og’ir shisha) 4 hamda analizatorlar 5 dan iborat. Qutblangan magnitlangan yorug’lik borlami optik aktiv modda 4 dan o’tib, qutblanish tekis- igink magnit maydon kuchlanganligiga, ya’ni o’lchanayotgan tokka bog’liq bo’lgan burchakka buradi. Qutblanish tekisligining anali-zator 5 dan keying burilishini fotopriyomnikka tushayotgan yorug’lik oqimi intensivligining o’zgarishidan bilish mumkin. YOrurlik oqimi izolyatsiyalovchi kolonka 6 ichidan yorug’lik o’tkazuvchi 7 bo’yicha uzatiladi. Fotopriyomniklyr yorug’lik signalini zlektr signaliga aylantirib, u kuchaytirgich 11 da kuchaytiriladi va o’lchash priborlariga uzatiladi. Bunday tok transformatorlari universal bo’lib, ular yuqori va o’ta yuqori kuchlanishli qurilmalardagi o’zgarmas, o’zgaruvchan hamda impuls toklarini o’lchash uchun mo’ljallangan. O’lchanayotgan impuls fotopriyomnikka deyarli bir onda uzatiladi. Tok transformatorlarining uzatuvchi qurilmasi modulyator va, yorug’lik diodidan tashkil topgan konstruksiyalari ham bor. YArim o’tkazgichli yorug’lik diodining yorug’lik oqimi o’lchanayotgan tok I bilan uning fazasiga bog’liq. 750 kV va 2000 A li chastota modulyasiyali optik elektron (OETT4) tok transformatorida to’rtta optik kanallar bo’lib, ulardan biri o’lchash va uchtasi himoya uchun. Har qaysi kanal o’zining birlamchi o’zgartirgichi bilan bog’langan. O’lchash kanali 1,2Inom toklarda normal ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda xatolik 1%dan oshmaydi. Muhofaza kanallari 20Inom toklarda ham impulslarni o’zgartirmay uzata oladigan qilib hisoblangan. Optik elektron o’lchash transformatorlari tok bilan kuchlanish kontrol qilibgina qolmay, balki kurilmaning quvvatini (to’la, aktiv va reaktiv), uning qisqichlaridagi qarshiligini, shuningdek, tok bilan kuchlanish oniy qiymatlarining noldan o’tish momentini ham kontrol qilish imkonini beradi. OET larni 750 kV va undan yuqori kuchlanishli qurilmalarda, shuningdek, kuchlanishi 10—24 kV li katta toklarni (20—50 kA), o’tish rejimlarning parametrlarini va impuls toklarini o’lchashda ishlatish maqsadga muvofiq. 64-rasm. OETTF optik-elektron tok transformatorining funksional sxemasi Download 181.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling