30-mavzu. Tok transformatorlari. Reja


Optik - elektron o’lchash transformatorlari


Download 181.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi181.18 Kb.
#1478325
1   2   3   4
Bog'liq
12. TT

Optik - elektron o’lchash transformatorlari 
Kuchlanish qancha yuqori bo’lsa, YUK ning birlamchi chulg’amini 
transformatorlarning ikkilamchi o’lchash chulg’amidan izolyatsiyalash shuncha 
qiyin bo’ladi. 500, 750 va 1150 kV ga mo’ljallangan kaskadli o’lchash 
transformatorlarni tayyorlash ancha qiyin va qimmatga tushadi, shuning uchun 
ularning o’rniga prinsipial yangi optik - elektron transformatorlar (OET) ishlab 


chiqilgan. Bu transformatorlarda o’lchanayotgan signal (tok, kuchlanish) ma’lum 
qonun o’zgaradigan yorug’lik oqimiga aylantiriladi va u yerga ulangan elementga 
joylashgan qabul qiluvchi qurilmaga uzatiladi. So’ngra yorurlik oqimi o’lchash 
priborlari qabul qiladigan elektr signalga aylantiriladi (63-rasm). 
63-rasm. Optik-elektron tok transformatorining struktura sxemasi: 1 - birlamchi 
o’zgartirgich; 2 – yorug’lik diodi; 3 - optik tizimi; 4 – yorug’lik o’tkazgichi; 5 – foto 
sezgir pribor; 6 – kuchaytigich; 7 - o’lchov pribori 
Shunday qilib, yuqori kuchlanish ostida bo’lgan uzatuvchi qurilma va yerga 
ulangan qabul qiluvchi qurilma bir-biri bilan faqat yorug’lik bog’lami bilan bog’-
lanadi. 
Yorurlik oqimi devorlari oynadan iborat ichi bo’sh izolyatordan truba orqali 
yoki dielektrik sterjenli va tolali yorug’lik o’tkazuvchi orqali uzatiladi. Bulardan 
oxirgisi izolyatsiyalovchi qobiqli maxsus optik shishadan tayyorlanadi. OET ning 
uzatuvchi qurilmasi turli prinsiplarga asoslangan bo’lishi mumkin. Ayrim tok 
transformatorlari (OETTF) da Faradey effekti qo’llaniladi. (64-rasm). Yer 
potensialidagi asos 10 da yorug’lik manbai 8, ku-chaytirgich zanjiri 11 ga 
differensial sxema bo’yicha ulangan ikki-ta fotopriyomnik 9 o’rnatilgan bo’lib, 
kuchaytirgichga o’lchash pri-borlari ulanadi. VN kallagi 1 da ikkita Faradey 
yacheykasi va o’lchanayotgan tok 2 ning tok o’tkazuvchisi joylashgan. Faradey 
yacheykasi qutblagichlar 3 dan, optik aktiv modda (qum, og’ir shisha) 4 hamda 
analizatorlar 5 dan iborat. Qutblangan magnitlangan yorug’lik borlami optik aktiv 
modda 4 dan o’tib, qutblanish tekis- igink magnit maydon kuchlanganligiga, ya’ni 
o’lchanayotgan tokka bog’liq bo’lgan burchakka buradi. Qutblanish tekisligining 
anali-zator 5 dan keying burilishini fotopriyomnikka tushayotgan yorug’lik oqimi 
intensivligining o’zgarishidan bilish mumkin. YOrurlik oqimi izolyatsiyalovchi 
kolonka 6 ichidan yorug’lik o’tkazuvchi 7 bo’yicha uzatiladi. Fotopriyomniklyr 
yorug’lik signalini zlektr signaliga aylantirib, u kuchaytirgich 11 da kuchaytiriladi 
va o’lchash priborlariga uzatiladi. Bunday tok transformatorlari universal bo’lib, 
ular yuqori va o’ta yuqori kuchlanishli qurilmalardagi o’zgarmas, o’zgaruvchan 
hamda impuls toklarini o’lchash uchun mo’ljallangan. O’lchanayotgan impuls 
fotopriyomnikka deyarli bir onda uzatiladi. 
Tok transformatorlarining uzatuvchi qurilmasi modulyator va, yorug’lik 
diodidan tashkil topgan konstruksiyalari ham bor. YArim o’tkazgichli yorug’lik 
diodining yorug’lik oqimi o’lchanayotgan tok I bilan uning fazasiga bog’liq. 
750 kV va 2000 A li chastota modulyasiyali optik elektron (OETT4) tok 
transformatorida to’rtta optik kanallar bo’lib, ulardan biri o’lchash va uchtasi 


himoya uchun. Har qaysi kanal o’zining birlamchi o’zgartirgichi bilan bog’langan. 
O’lchash kanali 1,2Inom toklarda normal ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda 
xatolik 1%dan oshmaydi. Muhofaza kanallari 20Inom toklarda ham impulslarni 
o’zgartirmay uzata oladigan qilib hisoblangan. 
Optik elektron o’lchash transformatorlari tok bilan kuchlanish kontrol qilibgina 
qolmay, balki kurilmaning quvvatini (to’la, aktiv va reaktiv), uning qisqichlaridagi 
qarshiligini, shuningdek, tok bilan kuchlanish oniy qiymatlarining noldan o’tish 
momentini ham kontrol qilish imkonini beradi. 
OET larni 750 kV va undan yuqori kuchlanishli qurilmalarda, shuningdek, 
kuchlanishi 10—24 kV li katta toklarni (20—50 kA), o’tish rejimlarning 
parametrlarini va impuls toklarini o’lchashda ishlatish maqsadga muvofiq. 
64-rasm. OETTF optik-elektron tok transformatorining funksional sxemasi 

Download 181.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling