30-mavzu. Tok transformatorlari. Reja


Download 181.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi181.18 Kb.
#1478325
  1   2   3   4
Bog'liq
12. TT



30-mavzu. Tok transformatorlari. 
Reja: 
Tok transformatorlar va ularning vazifalari. 
Tok transformatorlarining xatoliklari. 
Tok transformatorlarining turlari va ularning tuzilishi. 
Kalit so’zlar: O’zak, birlamchi, ikkilamchi, hatolik, o’tkazgich, aniqlik sinfi. 
Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini o’lchov priborlari va rele 
uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, o’lchov zanjirlarini 
birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat 
kiladi. 
Tok transformatori yopik magnit o’tkazgich 2 (61-rasm) hamda ikkita 
birlamchi 1 va ikkilamchi 3 chulg’amlarga ega. 
Birlamchi chulg’am o’lchanayotgan tok zanjiriga ketma-ket ulanadi
ikkilamchi chulg’amga tok o’tadigan o’lchov priborlari ulanadi.
Tok transformatori nominal transformatsiya koeffitsienti bilan xarakterlanadi: 
Bunda I1ном - birlamchi nominal tok, I2ном – ikkilamchi nominal tok. 
61-rasm. Tok transformatorinig ulanish sxemasi 
Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal toki qiymati 5 va 1 A deb qabul 
qilingan. 
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti qat’iy o’zgarmas miqdor 
bo’lmay, balki magnitlovchi tokniig mavjudligidan kelib chiqadigan xatolik sababli 
nominal 
miqdordan 
farq 
qilishi 
mumkin. 
Transformatorning 
tokni 
transformatsiyalash xatosining qiymati quyidagi ifodadan aniklanadi: 
Tok transformatorining xatosi uning konstruktiv xususiyatlari; magnit 
o’tkazgich kesimi, magnit o’tkazgich materialining magnit singdiruvchanligi, 
magnit yo’lining o’rtacha uzunligi, I1w1 miqdorga bog’liq. Tok transformatorlari 
ularga qanday talab qo’yilishiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; 10 klass aniqliklarida ishlab 
chiqariladi. Ko’rsatilgan raqamlar birlamchi chulg’am 100—120% tok bilan 
yuklanilganda (oldingi uchta klass uchun) va 50—120% tok bilan yuklanilganda 
(oxirgi ikkita klass uchun) nominal tokka nisbatan protsentda ifodalangan tok 
transformatorining xatosini ifodalaydi. 0,2; 0,5 va 1 klassidagi tok transformatorlari 
uchun ham burchak xatosi normalanadi. 


Tok transformatorining xatosi ikkilamchi yuklama (priborlari, o’tkazgich, 
kontaktlarning qarshiliklari) va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga bog’liq. 
Nagruzka bilan tok karraligining ortishi xatoning ortishiga olib keladi. 
Nominal tokdan ancha kichik bo’lgan birlamchi toklarda ham tok 
transformatorining xatosi ortadi. 
0,2 klassdagi tok transformatorlari aniq laboratoriya priborlarini ulashda, 0,5 
klassdagilari esa - pul hisoblaydigan schyotchiklarda; 1 klassdagilari - hamma texnik 
o’lchov priborlari uchun; 3 va 10 klassidagilari rele muhofazasi uchun ishlatiladi. 
Ko’rib chiqilgan klasslardan tashqari, yana ikkilamchi chulg’amlari D 
(differensial muhofaza uchun), Z (yerga ulab muhofaza qilish uchun), R (boshqa rele 
muhofazalari uchun) tipdagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi. 
O’lchov priborlari va relening tok zanjirlari kichik qarshilikka ega bo’lganligi 
ucho’n, tok transformatori q. t. rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi. Agar 
ikkilamchi chulg’am uzilsa, magnit o’tkazgichdagi magnit oqim keskin ortadi
chunki uning kattaligi endi birlamchi chulg’amning magnit yurituvchi kuchi 
(m.yu.k.) bilan aniqlanadi. Bu rejimda magnit o’tkazgich haddan tashqari yuqori 
temperaturagacha qiziydi, uzilgan ikkilamchi chulg’amda esa, ayrim hollarda, bir 
necha o’n kilovoltlarga etadigan yuqori kuchlanish hosil bo’ladi. 
Aytib o’tilgan hodisa sababli birlamchi chulg’amdan tok o’tayotganda tok 
transformatorining ikkilamchi chulg’amini uzishga ruxsat etilmayda. O’lchov 
pribori yoki releni o’zgartirish zarurati tug’ilsa, tok transformatorining ikkilamchi 
chulg’ami avval qisqa tutashtiriladi (yoki rele, priborning chulg’ami shuntlanadi). 

Download 181.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling