Mavzu: O’lchov transformatorlari. Kuchlanish va tok transformatorlari Reja


Download 0.87 Mb.
Sana13.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#999878
Bog'liq
infokom 3 mustaqil ish




Mavzu: O’lchov transformatorlari.Kuchlanish va tok transformatorlari

Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
2. O’lchov transformatorlari
2. Kuchlanish va tok transformatorlari
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Oʻlchov transformatorlari. Kuchlanish va tok transformatorlari

Koʻpincha katta tok va kuchlanishlarning oʻlchash noqulay boʻladi, chunki bunda oʻlchash asboblarini yasash va ishlatish murakkab boʻladi. Oʻzgaruvchan toklar va kuchlanishlar oʻlchash chegaralarini kengaytirish va yuqori kuchlanishdan oʻlchash asboblarini izolyatsiyalash uchun tok va kuchlanish transformatorlari mavjud [1,5,12].


Tok transformatorlari. Tok transformatorlari katta qiymatli (40Agacha) tokni kichik qiymatli tokga oʻzgartirib beradi va birlamchi choʻlgʻamdagi har kanday tok qiymatida ikkilamchi choʻlgʻamdagi tok qiymati 5Adan oshmaydi.
Birlamchi choʻlgʻamdagi tokning qiymatiga koʻra, ular 1 Adan 40 kAgacha boʻlgan 40 gradatsiyaga ega. Ikkilamchi choʻlgʻam nominal toki 1A, 2A, 2,5A va 5A boʻlishi mumkin. Ikkilamchi choʻlgʻamlar bir nechta boʻlishi mumkin. Sxemada tok transformatori 3.2– rasmda koʻrsatilgan tarzda belgilanadi.
Birlamchi choʻlgʻam (L1-L2) bir yoki bir necha juda katta kesimli simli oʻramlardan tashkil topadi va yuklama zanjiriga ketma–ket ulanadi. Tok oʻlchanadigan (U1-U2) ikkilamchi choʻlgʻam kichik kesimli simlardan koʻp sonli oʻramli tarzda bajariladi va kichik qarshilikga ega boʻlgan ampermetr yoki boshqa asbob gʻaltagiga ketma-ket ulanadi (hisoblagich, vattmetr va h.k ), yaʼni tok transformatori qisqa tutashuvga yaqin boʻlgan rejimda ishlaydi. Uning magnit tizimi muvozanatga ega emas. Agar birlamchi choʻlgʻamdagi tok oʻzgarganida, ikkilamchi choʻlgʻam zanjiri uzilsa, yaʼni I2=0 boʻlsa, I1 kamaymaydi, u holda magnit zanjirida juda katta magnit oqimi hosil boʻladi, bu oʻzakni ruxsat etilmaydigan qizishini keltirib chiqaradi, xayot uchun xavfli va ikkilamchi choʻlgʻam izolyatsiyasini buzilishiga olib keladi. Xavfsizlikni taʼminlash uchun tok transformatori ikkilamchi choʻlgʻami yerga ulanadi. Ishlayotgan tok transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamlarini ajratib bulmaydi. U1-U2 zanjirga asboblar shunday ulanadiki, asbobdagi tokning musbat yunalishi nazorat qilinadigan zanjirdagi tok yoʻnalishi bilan mos tushishi kerak.


Tok transformatorining sxemasi




Kuchlanish transformatorlari. Ular kichik quvvatli transformatorlar boʻlib koʻp sonli oʻramli (A-X) birlamchi choʻlgʻamlari oʻlchanadigan tarmoqning chiziqli simlariga ulanadi, (a-x) ikkilamchi choʻlgʻam esa voltmetrga yoki katta qarshilikka ega boʻlgan boshqa asbobga ulanadi (3.3−rasm).
Transformatsiyalash koeffitsiyenti shunday tanlanadiki, tarmoq nominal kuchlanishida ikkilamchi choʻlgʻam kuchlanishi 100 V yoki 200 V dan oshmasin.


Kuchlanish transformatorining sxemasi



Kuchlanish transformatorlari shunday ulanishi kerakki, asbobga birlamchi kuchlanishga faza boʻyicha mos tushadigan ikkilamchi kuchlanish berish kerak boʻladi. Chunki ikkilamchi choʻlgʻam qarshiligi yetarlicha katta boʻlganligi uchun kuchlanish transformatorini salt ishlashga yaqin rejimda ishlaydi deb hisoblash mumkin, yaʼni ikkilamchi choʻlgʻamdagi tok 0 ga yaqin boʻladi. Shunday qilib, birlamchi va ikkilamchi choʻlgʻam kuchlanishlari bu choʻlgʻamlar EYuKlariga teng boʻlgan son jihatdan n martaga transformatsiyalash koefitsiyentiga farq qiladi.
Transformatsiya koeffitsiyentini bilgan holda voltmetr koʻrsatishlari boʻyicha U1 kuchlanishni aniqlash mumkin. Agar ikkilamchi zanjirdagi tok ortsa, U2 kuchlanish oʻzgaradi va oʻlchash aniqligi ikkilamchi choʻlgʻamdagi kuchlanishning pasayishi hisobiga kamayadi. Chunki bu transformatorning birlamchi choʻlgʻami yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulangan va past kuchlanishli tarmoqqa oʻtishi yuz berishi mumkin, u holda ishlatishda ikkilamchi choʻlgʻam yerga ulanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.M.Sapayev,U.ALiyev,F.Qodirov. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti.(O’quv qo’llanma).-T.: , 2011, 248 bet
2. Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 – 92 b.
3.www.hozir.org
4.www.ZiyoNet.uz

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling