Pierce Grainning ham operativ, ham moliyaviy leverejdan foydalanishi savdodagi 1 foizlik o’zgarish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaga 7.5 marta ko’payib ta’sir qiladi. Demak, 10 foizlik o’zgarish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaga 75 foiz bo’lib ta’sir qiladi.
31-jadval
“Pierce Grain” kompaniyasining aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydasiga umumlashtirilgan leverejning ta’siri
Ko’rsatkich
|
Bazis davrdagi miqdor, t
|
Prognoz davridagi daraja, t+1
|
O’zgarish, foizda
|
Savdo hajmi
|
$300,000
|
$ 360,000
|
+20%
|
Minus: Jami o’zgaruvchan xarajatlar
|
$180,000
|
$ 216,000
|
|
O’zgarmas xarajatlardan oldingi daromad
|
$120,000
|
$ 144,000
|
|
Minus: Jami o’zgarmas xarajatlar
|
$100,000
|
$ 100,000
|
|
FSTD
|
$ 20,000
|
$ 44,000
|
+120%
|
Minus: Foiz xarajatlari
|
$ 4,000
|
$ 4,000
|
|
Soliqlardan oldingi daromad (SOD)
|
$ 16,000
|
$ 40,000
|
|
Minus: Soliqlar 50% stavkada
|
$ 8,000
|
$ 20,000
|
|
Sof foyda
|
$ 8,000
|
$ 20,000
|
+150%
|
Minus: Imtiyozli aksiyalar dividendlari
|
$ 0
|
$ 0
|
|
Oddiy aksiya egalari foydasi (OAF)
|
$ 8,000
|
$ 20,000
|
+150%
|
Oddiy aksiyalar soni
|
$ 1,500
|
$ 1,500
|
|
Bir birlik aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda
|
$ 5.33
|
$ 13.33
|
+150%
|
Firma tomonidan jami olinadigan risk operativ va moliyaviy leverejni turli darajalarda umumlashtirish orqali boshqarilishi mumkin. Turli leverej o’lchovlaridan xbardorlik sizga jami riskning qabul qilinishi mumkin bo’lgan eng to’g’ri darajasini aniqlashda yordam beradi. Masalan, tijoriy faoliyatning muayyan qismida yuqori darajadagi biznes riski mavjud bo’lsa, u holda kam miqdordagi moliyaviy risk firma savdosidagi o’zgarishlardan kelib chiquvchi foydaning qo’shimcha tebranishlarini minimallashtiradi. O’z navbatida, o’z tabiatidan kelib chiqqan holda quyi darajada o’zgarmas xarajatlarni amalga oshiruvchi bu firma aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foyda va ustav kapitalining foydalilik darajasini oshirish maqsadida yuqori darajadagi moliyaviy leverejdan ham foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |