3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
T/r Xo‘jalik operatsiyasining
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar debet
- 008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan" schoti
- 009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schoti
- 010 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar" schoti
008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan" schoti 008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan" schoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur schotda hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishiga qarab hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir olingan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schoti 009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur schotda hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishiga qarab hisobdan chiqariladi. 009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schotida tashkilot tomonidan berilgan kafolatlar, kafillik (jumladan, veksel bo‘yicha aval orqali), o‘zga ta’minlashlar, shuningdek veksellar bo‘yicha foydalanish huquqini berish (indossament) hisobga olinadi. Majburiyatlarni ta’minlash korxona hisobida majburiyatlar bo‘yicha da’volar taqdim etish muddati tugagunga qadar hisobda bo‘ladi. Tahliliy hisob har bir berilgan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
010 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar" schoti 010 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar" schoti, ijara shartnomasi shartlari bo‘yicha mol-mulk ijarachining balansida hisobga olinishi lozim bo‘lgan taqdirda, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur schotdan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijara muddatining tugashida egasiga qaytarilganda yoki shartnomaning boshqa shartlariga ko‘ra qaytarib olingan, shuningdek shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan har bir asosiy vositalar bo‘yicha alohida, asosiy vositalarning hisob inventar kartochkalari bo‘yicha yuritiladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling