3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga


Download 0.8 Mb.
bet66/128
Sana13.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1351682
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga
oluvchi schotlarning (6200) bog‘lanishi

Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar joriy kechiktirilgan, jumladan vaqtinchalik farqlari oqibatida vujudga kelgan majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6210 "Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar";
6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar";
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar";
6240 "Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar";
6250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar";
6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar".
6210 "Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" schotida qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirma)lari bo‘yicha korxonaning kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlarining joriy qismi aks ettiriladi. Ushbu schot faqat obligatsiyalarni sotib oluvchi tomonidan chegirma bilan xarid qilinganda, ya’ni nominal qiymatidan arzon olinganda qo‘llaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi mazkur schotning kreditida, to‘langan summa esa pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlarning kreditida va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schotlar yoki uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schotlarning debetida aks ettiriladi. Obligatsiyalar diskont (chegirma)larining joriy qismini daromadlarga o‘tkazishda 9530 "Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar" schoti kreditlanadi va 6210 "Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" schoti debetlanadi.
6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" schoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) bo‘yicha korxonaning kechiktirilgan daromadlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schot faqat obligatsiya sotuvchilarda qo‘llaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot (ustama) summasi 6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" schoti, obligatsiyaning nominal qiymati esa 6830 "To‘lanadigan obligatsiyalar" (qisqa muddatli) yoki 7830 "To‘lanadigan obligatsiyalar" (uzoq muddatli) schotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalarning mukofot (ustama)lari joriy qismini daromadlarga o‘tkazishda 9530 "Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar" schoti kreditlanadi va 6220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" schoti debetlanadi.
6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schotida hisobot davrida bo‘nak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga tegishli bo‘lgan daromadlar aks ettiriladi. Kechiktirilgan daromadlar ijara to‘lovlari, chiptalarning sotilishi, jurnallarga obuna to‘lovi va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Hali yetkazib berilmagan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun pul mablag‘lari kelib tushganda 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schoti pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda kreditlanadi. Kelgusi hisobot davriga tegishli daromadlar tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda daromad sifatida tan olinadi va 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schotining debetidan 9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar", 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" va 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schotlarining kreditiga hisobdan chiqariladi.
6240 "Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar" schotida vakolatli hokimiyat organlarining qarori bo‘yicha qonunchilikka muvofiq to‘lanishi kechiktirilishiga ruxsat etilgan soliqlar bo‘yicha budjet oldidagi qarzlar va majburiy to‘lovlarning joriy qismi aks ettiriladi. 6240 "Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar" schotining kreditida kechiktirilgan joriy to‘lovlar summasi budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schotlar (6400), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schotlar (6500) bilan bog‘langan holda hisobga olinadi.
6250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar" schotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga kelgan kechiktirilgan foyda solig‘i summasi aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘iga doir majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar" schotidan 6250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar" schotiga o‘tkaziladi. Keyinchalik vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i vujudga kelishiga qarab 6250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar" schoti 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)" schoti bilan bog‘lanadi.
6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar" schotida korxonaning 6210-6250 schotlarda ko‘rsatilmagan boshqa kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling