3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga


Download 0.8 Mb.
bet109/128
Sana13.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1351682
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga
oluvchi schotlarning (9300) bog‘lanishi

Mazkur guruh schotlari asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schotlarda amalga oshiriladi:
9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda";
9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda";
9330 "Undirilgan jarima, penya va neustoykalar";
9340 "O‘tgan yillar foydalari";
9350 "Operativ ijaradan daromadlar";
9360 "Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar";
9370 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari";
9380 "Tekin moliyaviy yordam";
9390 "Boshqa operatsion daromadlar".
Hisobot davri davomida ushbu schotlarning krediti bo‘yicha asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar, debitorlik va kreditorlik qarzlarini, asosiy vositalar chiqib ketishi va boshqa aktivlar chiqib ketishini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Har bir hisobot davrining oxirida ushbu schotlar bo‘yicha aylanmalarning umumiy summasiga quyidagi yakuniy o‘tkazma beriladi:
Debet 9310-9390 "Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schotlar"
Kredit 9910 "Yakuniy moliyaviy natija".

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Asosiy vositalar sotilishidan va boshqa chiqib ketishidan olingan foyda aks ettirilgan



9210

9310

Buxgalteriyaning hisob-kitobi



2

Boshqa aktivlar sotilishidan va boshqa chiqib ketishidan olingan foyda aks ettirilgan



9220

9320

Buxgalteriyaning hisob-kitobi



3

Shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilmaganligi uchun boshqa korxonalarga taqdim etilgan jarima, penya va neustoykalar summasi aks ettirilgan (tan olingan yoki hukm qilingan)



4860

9330

Xo‘jalik sudining qarori, inkasso talabnomasi



4

Oldingi yillar operatsiyalari bo‘yicha xaridorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar aks ettirilgan



4010-4890

9340

O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha solishtirma dalolatnoma



5

Oldingi yillarda xodimlar tomonidan olingan va sarf-xarajat qilingan xizmatlar va moddiy qiymatliklar uchun qayta hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik qarzi summalari aks ettirilgan



4710-4790

9340

Kirim kassa orderi



6

Operativ ijara bo‘yicha ijara to‘lovi hisoblangan



4820

9350

Ijara shartnomasi, hisobvaraq-faktura



7

Da’vo muddati o‘tib ketganligi sababli kreditorlik qarzi hisobdan chiqarilganligidan olingan daromad aks ettirilgan



6010-6990

9360

O‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasi



8

Ilgari hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar aks ettirilgan



4010-4890

9360

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, o‘zaro hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomasi



9

Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan daromad olingan



4890, 5010,
5110

9370

Kirim kassa orderi, hisobvaraq-faktura, chipta



10

Tekinga moliyaviy yordam olingan



5010, 5110

9380

Tekinga yordam shartnomasi, kirim kassa orderi, bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma



11

Inventarlash paytida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar kirim qilingan



0110-0190

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



12

Inventarlash paytida aniqlangan ortiqcha nomoddiy aktivlar kirim qilingan



0410-0490

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



13

Inventarlash paytida aniqlangan ortiqcha qimmatli qog‘ozlar kirim qilingan



0610

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



14

Inventarlash paytida aniqlangan kapital qurilish ortiqchasi kirim qilingan



0810-0890

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



15

Inventarlash paytida aniqlangan ortiqcha materiallar kirim qilingan



1010-1090

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



16

Inventarlash paytida aniqlangan ortiqcha o‘stirishdagi va bo‘rdoqiga boquvdagi hayvonlar kirim qilingan



1110, 1120

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



17

Asosiy va yordamchi sexlarda, xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlarda va xo‘jaliklarda tugallanmagan ishlab chiqarish ortiqchasi, umumishlab chiqarish omborlarida, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ortiqcha materiallar kirim qilingan (kamomaddan ortiq summada)



2010, 2310,
2510, 2710

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



18

Inventarlash paytida aniqlangan ortiqcha tovarlar kirim qilingan



2910-2990

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



19

Kassani inventarlash paytida aniqlangan ortiqcha pul mablag‘lari kirim qilingan



5010

9390

Inventarlash komissiyasining dalolatnomasi, solishtirma qaydnoma



20

Aylanmadagi mablag‘larga taalluqli tovar-moddiy qiymatliklarning oshirilgan baho summalari moliyaviy natijaga hisobdan chiqarilgan



6230

9390

Tovar-moddiy qiymatliklarni qayta baholash dalolatnomasi



21

Mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta idoralaridan olinadigan sug‘urta to‘lovlari aks ettirilgan



4510

9390

Sug‘urta to‘lovlari qayd etilgan sug‘urta holatlari bo‘yicha bildirgi



22

Sug‘urta kompaniyalaridan hisob-kitob schotiga qoplash summalari kelib tushgan



5110

9390

Bank hisob-kitob schotidan ko‘chirma, sug‘urta to‘lovlari qayd etilgan sug‘urta holatlari bo‘yicha bildirgi



23

Sug‘urta kompaniyalaridan valyuta hisob-kitob schotiga qoplash summalari kelib tushgan



5210, 5220

9390

Bank valyuta hisob-kitob schotidan ko‘chirma, sug‘urta to‘lovlari qayd etilgan sug‘urta holatlari bo‘yicha bildirgi



24

Sug‘urta kompaniyalaridan bankdagi maxsus hisob-kitob schotiga qoplash summalari kelib tushgan



5530

9390

Bank maxsus hisob-kitob schotidan ko‘chirma, sug‘urta to‘lovlari qayd etilgan sug‘urta holatlari bo‘yicha bildirgi



25

Dargumon qarzlar bo‘yicha ishlatilmagan rezervlar summalarining ular tashkil etilgan yildan keyingi yil foydasiga kiritilishi aks ettirilgan



4910

9390

Schotni inventarlash va tahlili



26

Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schotlarda aniqlangan kredit aylanmalarining yig‘indisi 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schotiga hisobdan chiqarilgan



9310, 9320,
9330, 9340,
9350, 9360,
9370, 9380,
9390



9910

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi






Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling