3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga
Download 0.8 Mb.
|
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi
Budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga
oluvchi schotlarning (4400) bog‘lanishi Budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schotlar korxonalar tomonidan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘langan bo‘naklar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Korxonalar soliqlar va yig‘imlarning turlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga olish uchun quyidagi alohida schotlarni ochishlari mumkin: 4410 "Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari"; 4411 "Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari"; 4412 "Mulk solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari"; 4413 "Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari" va boshqalar. Mazkur schotlarning debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar krediti bilan bog‘langan holda, bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar summasi, jumladan xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisob-kitob hujjatlarida ajratilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobga olinadi. Kredit bo‘yicha 6410 "Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)" schoti bilan bog‘langan holda soliqlar summasining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling