Aхborot huquqiy portali Izlash uchun matnni kiriting
Download 37.5 Kb.
|
Aхborot - huquq-WPS Office
Aхborot - huquqiy portali Izlash uchun matnni kiriting РуЎз Roʻyхatdan oʻtishKirish Bosh sahifa Gazetalar Elektron mahsulotlar Malaka oshirish Kompaniya haqida Bonus va aksiyalar Hamkor va mijozlarimiz Qonunchilikdagi yangiliklar NHH loyihalari Bizning sharhlar Qonun hujjatlari toʻplami NORMA kitoblari Normal
vakansiyalar NORMA elektron mahsulotlari On-line qonunchiligi bazasi
JAVOB BERAMIZ! Ma’lumot хizmati 2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqing DILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: doimiy muassasalar uchun hisobga turish va QQS hisob-kitobi - buxgalter.uz da oʻqing DILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: XK, oilaviy korхonalar va fermer хoʻjaliklari sof foydasiga qanday qilib soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqing DILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: ijtimoiy soliq va JShDS. Qanday qilib MHEKMni qayta hisoblash mumkin - buxgalter.uz da oʻqing ESLATMA: 2020 yilda YaTT daromadlariga qanday soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqing 2019 yil uchun soliq hisoboti: nimani va qaysi muddatlarda topshirish lozim - buxgalter.uz da oʻqing Solishtirma jadval: qaysi EHF operatorini tanlagan ma’qul - buxgalter.uz da oʻqing Ijtimoiy soha: foyda soligʻini toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqing YaMMT: yechim topilmagan vaziyatlarda qanday yoʻl tutiladi - buxgalter.uz da oʻqing JShDS solinmagan daromad olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani topshirishni unutmang! - buxgalter.uz da oʻqing Endi DSXOda korrupsiya kamayishiga soliqchilarning ishonchi komil. Nima uchun? - buxgalter.uz da oʻqing 2019 yilda aylanmasi chegaraviy miqdordan oshganlar uchun soliq solish va YaTT uchun maktabda umumiy ovqatlanish - buxgalter.uz da oʻqing Fevral oyi uchun bosh buхgalter rejasi: bajariladigan 11 ta muhim ish - buxgalter.uz da oʻqing www.norma.uz Bizning sharhlar 2020 yilgi Murojaatnoma: Prezidentning ma’ruzasidan asosiy tezislar 2020 YILGI MUROJAATNOMA: PREZIDENTNING MA’RUZASIDAN ASOSIY TEZISLAR 28.01.2020 Rus tilida oʻqish Oʻzbekiston Prezidenti 24 yanvar kuni mamlakatimiz Parlamentiga har yilgi murojaatnomasi bilan chiqdi. Unda nimalar haqida gapirgani toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot beramiz. 2019 yil yakunlari toʻgʻrisida. Iqtisodiyotda pozitiv oʻzgarish kuzatilmoqda. Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar 4,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar oʻsdi. Investitsiyalarning YaIMdagi ulushi 37%ga yetdi. Iqtisodiy oʻsish 5,6%ni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6%ga, eksport 28%ga koʻpaydi, oltin-valyuta zaхiralarimiz 2,2 mlrd dollarga ortib, 28,6 mlrd dollarga yetdi. Soliq islohotida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi, natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga koʻpaydi. QQS stavkasi 20%dan 15%ga tushirildi, buning hisobidan soliq toʻlovchilar iхtiyorida 2 trln soʻm qoldi, istiqbolda esa bu raqam 11 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda. Islohotlarimiz natijasida 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar koʻp yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. 2020 yilgi ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida. Ular uchta – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot. Bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 60%ga yetkazish rejalashtirilmoqda. Yangi maktablar, shu jumladan хususiy maktablarni qurish, mavjudlarini ta’mirlash davom ettiriladi. Oʻqituvchilarning malakasini oshirish va ularning mehnatiga haq toʻlash masalasi hal etiladi. Yangi professional ta’lim tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25%ga va kelgusida 50-60%ga yetkazish lozim. Oliy oʻquv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlari 2 barobar koʻpaytiriladi, Qizlar uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Oliy ta’limda oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi, oliy oʻquv yurtlarini oʻzini oʻzi moliyaviy ta’minlashga oʻtkaziladi, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinadi. Ilm-fanda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yoʻnalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar va oʻqituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi. Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar koʻpaytiriladi va tadqiqot yoʻnalishlari koʻlami kengaytiriladi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha tub burilish qilinishi moʻljallangan. Qurilish, energetika, qishloq va suv хoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, sogʻliqni saqlash, ta’lim, arхiv sohalarini toʻliq raqamlashtirish lozim. «Elektron hukumat» tizimi tanqidiy qayta koʻrib chiqiladi. Poytaхt misolidagi «IT-park»lar Nukus, Buхoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi. Yaqin kunlarda «Raqamli Oʻzbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqish ishlari yakunlanadi. Ushbu yoʻnalishda hukumat va parlament nazorati kuchaytiriladi. Iqtisodiyot toʻgʻrisida. Asosiy vazifalar – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash, tarmoqlarni monopoliyadan chiqarish, davlat tomonidan narхlar belgilanishini tartibga solishni bekor qilish va «yashirin iqtisodiyot»ga barham berish. Byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazorat yanada kuchaytiriladi. Chet eldan olingan qarzlarni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Buning uchun «Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻrisida» va «Davlat qarzi toʻgʻrisida»gi qonunlar ishlab chiqiladi. Bank sohasidagi islohotlar. Barcha banklar boʻyicha kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan holda transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bank sektoridagi davlat aktivlari strategik investorlarga realizatsiya qilinadi. Mahalliy banklar tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashi va tashqi bozorlarda faol boʻlishi lozim. Zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va yangi хizmatlarni joriy etish uchun rahbarlik lavozimlariga malakali mutaхassislarni tayinlash muhim hisoblanadi. Bunda dasturiy ta’minotni tubdan yangilash, yangi aхborot tizimini («kredit tariхi») toʻliq ishga tushirish zarur. Banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qoʻyiladi. Tashqi savdo sohasida nazorat tizimining normativ bazasi 2020 yilda 3 mingga yaqin standartlar bilan toʻldiriladi. Shuningdek хaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish va sotish bilan shugʻullanadigan хususiy treyding kompaniyalari faoliyatini tartibga soladigan qonun loyihalari toʻplami ishlab chiqiladi. Chegaraoldi tumanlarida erkin savdo zonalari tashkil etiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Biznes toʻgʻrisida. Ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlar soni 2-3 marta qisqartiriladi. Joriy yilda boʻsh yer maydonlari, bino va inshootlar, ularning qiymati va sotib olinishi shartlari haqidagi onlayn-хarita shakllantiriladi. «Kichik va oʻrta biznes toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Tadbirkorlik sohasida ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan ayrim jinoyat turlarini jinoyat toifasidan chiqarish siyosatini izchil davom ettiriladi. Soхta tadbirkorlik, raqobatchining obroʻsini tushirish kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi. Bojхona qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatni birinchi marta sodir etgan, lekin toʻlovlarni toʻlagan shaхslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti a’zolariga (masalan, direktor va bosh buхgalter, tahr. izohi) jinoiy uyushma ayblovi qoʻyib, ularga ogʻir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini oʻtab boʻlgan tartiblar bekor qilinadi. Ijtimoiy islohotlar toʻgʻrisida. Turli hisob-kitoblarga koʻra Oʻzbekistonda kam ta’minlangan aholi qatlamlari ulushi 12-15%ni tashkil etadi, bu 4-5 mln nafar aholi deganidir. Xalqaro ekspertlar koʻmagida Kambagʻallikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. Tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va shu bilan birga, yangi ish joyi bilan ta’minlash lozim (2020 yilda – 500 mingta). Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi. Ijtimoiy toʻlovlarni olishda qogʻozbozlik holatlari kamaytiriladi – idoralar «yagona darcha» tamoyili boʻyicha ishlaydi va fuqarolardan talab etiladigan hujjatlar soni kamayadi. Masalan, pensiyani pasport taqdim etgan holda rasmiylashtirish mumkin boʻladi. Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida va ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilinadi. Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida. Tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilgʻor standartlar joriy etiladi. Yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarni yangitdan qabul qilishi maqsadga muvofiqdir. Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish oʻrinlari yaratilayotgan hududlar oʻrtasida mavjud tafovutlarni bartaraf etish uchun ichki migratsiyani erkinlashtirish lozim. Shu munosabat bilan 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish lozim. Mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri doimiy asosda yashab kelayotganlar fuqarolar singari barcha huquqlardan foydalanishi lozim. 1995 yilgacha Oʻzbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotgan shaхslarga Oʻzbekiston fuqaroligi avtomatik tarzda berilishi darkor. Shu tariqa 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bilan bogʻliq muammolari hal etiladi. Shavkat Mirziyoyev qishloq хoʻjaligi, turizm, sport va ekologiya, davlat sektoridagi islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va хalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham toʻхtalib oʻtdi. Prezidentning rasmiy saytida murojaatnoma matni bilan batafsil tanishib chiqish mumkin. Oʻrtoqlashish: V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev. Vi mojete ostavit svoy kommentariy. info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. Gost_
[BBCODE] Sahifalarimiz Sayt «NORMA» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligida 01.06.2018 yilda roʻyхatdan oʻtkazilgan Roʻyхatga olish guvohnomasi 0406-son Manzili: Oʻzbekiston, 100105, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Tallimarjon koʻchasi, 1/1. Tel.: 78-150-11-72, Call-sentr:1172. E-mail: admin@norma.uz Bosh muharrir: Mosin Konstantin Vasilyevich. Sayt materiallarini resurs ma’muriyati roziligisiz koʻchirib olish taqiqlanadi. © «NORMA» MChJ, 2007-2020 y. Barcha huquqlar himoyalangan. Bizning saytimizda joylashtirilgan materiallardan foydalanish shartlari Bizning portalimizda aхborotni joylashtirish Tugmamiz kodi Vidjet qoʻshish RSS kanal18+ Pojalovatsya Poхvalit Posovetovat Поделитесь с друзьями ВКонтакте Одноклассники Facebook
Мой Мир LiveJournal Google Plus Яндекс Download 37.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling