Mutaxassislikka oid taqdimotlar yaratish


Download 0.81 Mb.
Sana08.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1084058
Bog'liq
MT. Davlat tilida ish yuritish . Samandarova


Mutaxassislikka oid taqdimotlar yaratish
Kompyuter taqdimotlari tinglovchilarni muhim fursatlarda slaydlar ko’rinishidagi ko’rgazmali grafika amaliy dasturiga e`tibor berishga imkon beradi. Bugungi kunda informatika sohasida malakasizlarga ham oddiy va tez kompyuter slaydlari yaratish, shu bilan birga ma`ruzani jonli va o’zlashtirishning ko’rgazmali va tushunarli bo’lgan dasturlash vositalari mavjud.
Microsoft Power Point dasturi ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi. Dasturning asosiy tushunchalari bu - "slayd" va "prezentatsiya"(taqdimot)dir. Slayd matnlar, rasmlar, tasvirlar, jadvallar, diagrammalarni o’z ichiga oladi.
Microsoft Power Point dasturini ishga tushirishning quyidagi usullari mavjud:
1. Microsoft PowerPoint 2007 dasturini ishga tushirish uchun Windows operasion sistemasi bosh menyusi dan bandiga o’tilib, amaliy dasturlar ro’yxatidan dasturlar paketidan tanlanib sichqoncha ko’rsatkichi orqali ikki marta bosish yoki klaviaturadan “Enter” tugmasini bosish bilan dastur ishi yuklanadi va PowerPoint ish darchasi ochiladi.

2. Microsoft PowerPointda yaratilgan faylni ochish orqali.

  • Microsoft PowerPoint dasturining yorlig’i - orqali.


  • 4. Mavjud bo’lsa masalalar panelida joydashgan tezkor ishga tushirish tugmachalaridan Microsoft PowerPoint dasturining piktogrammasini tanlash orqali PowerPoint ish darchasi ochiladi.


POWER POINT ILOVA DASTURI VAZIFASI.

Power point prezentasion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi. Bunday dasturlar o’zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animasiya effektlari, ovoz videokliplar va h.k.lardan iborat bo’lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo’lgan prezentasiyani (taqdimotni) kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin.
Bu dastur bilan ishlashdan avval prezentasiya, slayd, taqdimot tuzish tushunchalariga izoh beraylik.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, tayyor material, doklad yoki konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi.
Slayd - bu prezentasiyaning alohida kadri bo’lib, ichiga matn va sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar yig’indisidan iborat.
Taqdimot tuzish – slaydlardan iborat prezentasiya yaratish ularni tahrirlash, ketma-ketligini ko’rish va bezagini berishdir.
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling