3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


V BO‘LIM. PUL MABLAG‘LARI, QISQA MUDDATLI


Download 0.8 Mb.
bet52/128
Sana13.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1351682
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

V BO‘LIM. PUL MABLAG‘LARI, QISQA MUDDATLI
INVESTITSIYaLAR VA BOShQA JORIY AKTIVLAR

Kassadagi pul mablag‘larini hisobga


oluvchi schotlarning (5000) bog‘lanishi
Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5100) bog‘lanishi
Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5200) bog‘lanishi
Bankda maxsus schotlardagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5500) bog‘lanishi
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi
schotlarning (5600) bog‘lanishi
Yo‘ldagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalari)ni hisobga
oluvchi schotlarning (5700) bog‘lanishi
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga
oluvchi schotlarning (5800) bog‘lanishi
Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan
yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga
oluvchi schotlarning (5900) bog‘lanishi
Ushbu bo‘limning schotlari korxonaga tegishli bo‘lgan kassadagi mavjud milliy va chet el valyutasidagi, O‘zbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi banklar schotlaridagi pul mablag‘lari, pul ekvivalentlari, qimmatli qog‘ozlarga qilingan qisqa muddatli qo‘yilmalar, shuningdek kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar va boshqa joriy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu bo‘limdagi schotlarda chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada (so‘mda), chet el valyutasining pulli hisob-kitob hujjatlaridan ko‘chirma olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta baholash orqali hisobga olinadi. Hisobot oyining so‘nggi kunidagi pul mablag‘lari qoldiqlarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha har oyda qayta baholash natijasidagi kurs farqlari qonunchilik bilan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Pul mablag‘lari hisobini tartibga soluvchi asosiy qonun va me’yoriy hujjatlar quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi" (moliya vazirining 2004 yil 23 martdagi 51-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 21 mayda 1364-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risida nizom (moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 14 yanvarda 1297-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari (O‘zR MB tomonidan 1998 yil 24 yanvarda 376-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 17 dekabrda 565-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi (O‘zR MB tomonidan 1998 yil 28 martda 35-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1999 yil 22 yanvarda 611-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida nizom (O‘zR MB Boshqaruvining 2002 yil 12 apreldagi 60 (1/4)-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2002 yil 15 aprelda 1122-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
- Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish to‘g‘risida nizom (2004 yil 2 sentabrdagi O‘zR MVning 98-son, O‘zR IVning 41-son, O‘zR DSQning 2004-57-son, O‘zR MBBning 257-V-son, O‘zR Davstatqo‘mning 8-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 17 sentabrda 1411-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling