3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘larini


Download 0.8 Mb.
bet54/128
Sana13.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1351682
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Hisob-kitob schotidagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schotlarning (5100) bog‘lanishi

5110 "Hisob-kitob schoti" korxonaning bankdagi hisob-kitob schotidagi milliy valyutadagi pul mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


5110 "Hisob-kitob schoti"ning debetida korxonaning hisob-kitob schotiga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 "Hisob-kitob schoti"ning kreditida korxonaning hisob-kitob schotidan pul mablag‘larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Korxona hisob-kitob schotining kreditiga yoki debetiga yanglish olib borilgan va bank ko‘chirmalarini tekshirishda aniqlangan summalar 4860 "Da’volar bo‘yicha olinadigan schotlar" yoki 6960 "Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schotlar" schotlari bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Hisob-kitob schoti bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida bank ko‘chirmalari hamda unga ilova qilingan pul va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar sotilishidan pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

0610

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



2

Tayyor mahsulot, tovarlar, xizmatlar va ishlar sotilganligidan hisob-kitob schotiga tushum kelib tushgan



5110

4010

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



3

Asosiy vositalar va boshqa aktivlar sotilganligidan hisob-kitob schotiga tushum kelib tushgan



5110

4010, 4890

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



4

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan debitorlik qarzini to‘lash hisobiga hisob-kitob schotiga pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

4110, 4120

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



5

Boshqa tashkilotlarda ulushli ishtirok etganligidan daromadlar summasi kelib tushgan



5110

4840

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



6

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan hisob-kitob schotiga sotishdan tushum kelib tushgan



5110

4110, 4120

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



7

Mehnat haqi bo‘yicha yanglish hisoblangan summalar xodimlar tomonidan qaytarilgan



5110

4210

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



8

Bo‘naklarning ishlatilmagan summalari hisobdor shaxslar tomonidan qaytarilgan



5110

4220, 4230

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



9

Mol yetkazib beruvchilarga ilgari berilgan bo‘nak qaytarilgan



5110

4310

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



10

Yanglish hisoblangan soliqlar budjetdan qaytarilgan



5110

4410

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



11

Yanglish hisoblangan summalar sug‘urta idoralari tomonidan qaytarilgan



5110

4510, 4520

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



12

Pensiya, nafaqalarni to‘lash uchun summalar Pensiya jamg‘armasidan hisob-kitob schotiga kelib tushgan



5110

4520

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, hisob-kitob ma’lumotnomasi



13

Ta’sischilardan ustav kapitaliga ulushlar summasi olingan



5110

4610

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



14

Tovarlar kreditga sotilganligidan pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

4710

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



15

Xodimlarga berilgan ssuda qaytarilgan



5110

4720

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



16

Xodimlarning moddiy zarar yetkazganligini qoplash bo‘yicha qarzi hisob-kitob schotiga kelib tushgan



5110

4730

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



17

Moliyaviy ijara (lizing) sharti bilan berilgan asosiy vositalar bo‘yicha ijara to‘lovi ijaraga oluvchidan kelib tushgan



5110

4810

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, moliyaviy ijara shartnomasi



18

Operativ ijara bo‘yicha qarz qoplangan

5110

4820

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



19

Berilgan kreditlar va qarzlar bilan bog‘liq foizlar bo‘yicha qarz qoplangan



5110

4830

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



20

Olinadigan dividendlar bo‘yicha qarz qoplangan



5110

4840

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



21

Royalti bo‘yicha qarz qoplangan



5110

4850

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



22

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan da’volar bo‘yicha qarz qoplangan



5110

4860

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



23

Yanglish olingan summa hisob-kitob schotiga qaytarilgan



5110

4860

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



24

Qarzni qoplash uchun boshqa debitorlardan pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

4890

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



25

Pul mablag‘lari kassadan hisob-kitob schotiga topshirilgan (jumladan, deponent summalari, sotishdan tushum va b.)



5110

5010

Chiqim kassa orderi, kassir hisoboti, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



26

Ishlatilmagan akkreditiv qoldig‘i qaytarilgan



5110

5510

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



27

Ishlatilmagan chek daftarchalari qoldig‘i qaytarilgan



5110

5520

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi

28

Sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti hisob-kitob schotiga kiritilgan:









Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, kurs farqining hisob-kitobi






- sotish kuni valyuta bozorida bitim kursi bo‘yicha sotilgan valyutaning qiymatiga



5110

5530







- sotish kuni valyuta bozorida bitim kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti bilan Markaziy bank kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti o‘rtasidagi musbat farq summasiga



5110

9540







- sotish kuni valyuta bozorida bitim kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti bilan Markaziy bank kursi bo‘yicha sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalenti o‘rtasidagi manfiy farq summasiga



9620

5530




29

Bankdagi maxsus schot yopilganda pul mablag‘i hisob-kitob schotiga kelib tushgan



5110

5530

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



30

Yo‘ldagi pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

5710

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



31

Qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar sotilgan



5110

5810

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



32

Ilgari qisqa muddatli investitsiyalar tartibida taqdim etilgan qarz qaytarilgan



5110

5830

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



33

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan hisob-kitob schotiga pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

6110, 6120

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



34

Muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davr daromadlari) tarkibidagi summalar hisob-kitob schotiga kelib tushgan



5110

6230

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



35

Olingan bo‘naklar summasi, shuningdek mahsulot qisman tayyor bo‘lganda olingan to‘lov summasi aks ettirilgan



5110

6310

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



36

Bankning qisqa muddatli ssudasi olingan

5110

6810

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



37

Boshqa korxonadan qisqa muddatli ssuda olingan



5110

6820

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



38

Qisqa muddatli obligatsiyalar sotilishidan summalar olingan



5110

6830

Obligatsiya kelishuvi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



39

Qisqa muddatli veksellar bo‘yicha pul mablag‘lari olingan



5110

6840

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



40

Hisob-kitob schotiga mablag‘lar yanglish kelib tushgan



5110

6960

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



41

Bankning uzoq muddatli ssudasi olingan



5110

7810

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



42

Boshqa korxonadan uzoq muddatli ssuda olingan



5110

7820

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



43

Uzoq muddatli obligatsiyalar sotilishidan summalar olingan



5110

7830

Obligatsiya kelishuvi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



44

Uzoq muddatli veksel hisobiga pul mablag‘lari olingan



5110

7840

Uzoq muddatli veksel, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



45

Ustav kapitaliga ulushi hisobiga ta’sischilardan hisob-kitob schotiga pul mablag‘lari olingan



5110

8310-8330

Aksiyalarga obuna daftari, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



46

Aksiyalar nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilganligi uchun emission daromad kelib tushgan



5110

8410

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



47

Xususiy sotib olingan aksiyalarning sotilishida pul mablag‘lari kelib tushgan



5110

8610

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



48

Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha mablag‘lar kelib tushgan



5110

8810-8890

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



49

Tekin moliyaviy yordam kelib tushgan



5110

9390

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



50

Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar xarid qilingan



0610

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



51

Shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar aks ettirilgan



0620

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



52

Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar aks ettirilgan



0630

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



53

Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar aks ettirilgan



0640

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



54

Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha turli xarajatlar naqd pulsiz yo‘l bilan to‘langan



0810-0890

5110

Bildirgi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



55

Xodimlarga va boshqa korxonalarga uzoq muddatli kreditlar berilgan



0930, 0940

5110

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



56

Operativ ijara bo‘yicha oldindan to‘lov o‘tkazilgan



3110

5110

Ijara shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



57

Xizmatlar uchun oldindan to‘lov o‘tkazilgan



3120

5110

Shartnoma, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



58

Boshqa xizmatlar uchun oldindan to‘lov o‘tkazilgan



3190

5110

Ijara shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



59

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga pul mablag‘lari o‘tkazilgan



4110-4120

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



60

Mehnat haqi bo‘yicha bo‘nak plastik kartochkaga o‘tkazilgan



4210

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



61

Hisobdor shaxslarga bo‘naklar o‘tkazilgan



4220, 4230

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



62

Moddiy qiymatliklarni yetkazib berish, qisman tayyor bo‘lgan mahsulot uchun to‘lov va hokazolar uchun berilgan bo‘naklar aks ettirilgan



4310

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



63

Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari o‘tkazilgan



4410

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



64

Sug‘urta firmasiga sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari o‘tkazilgan



4510

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



65

Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari o‘tkazilgan



4520

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



66

Xodimlar kreditga xarid qilgan tovarlar uchun hisob-kitob schotidan pul mablag‘lari o‘tkazilgan



4710

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



67

Xodimlarga berilgan qisqa muddatli qarzlar hisob-kitob schotidan o‘tkazilgan



4720

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



68

Bank tomonidan hisob-kitob schotidan summalar yanglish olingan



4860

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



69

Pul mablag‘lari bankdan kassaga kelib tushgan (mehnat haqi, pensiyalar, nafaqalar, mukofotlar va hokazolarni to‘lash uchun)



5010

5110

Bildirgi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, pul cheklari



70

Akkreditiv ochish uchun hisob-kitob schotidan pul mablag‘i o‘tkazilgan



5510

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



71

Chek daftarchasini ochish uchun hisob-kitob schotidan pul mablag‘i o‘tkazilgan



5520

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



72

Maxsus schot yoki korporativ kartochka ochish uchun hisob-kitob schotidan pul mablag‘i o‘tkazilgan



5530

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



73

Chet el valyutasini xarid qilish uchun pul mablag‘lari o‘tkazilgan



5530

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



74

Bajarilgan ishlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarz qoplangan



6010

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



75

Bajarilgan ishlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan veksellar bo‘yicha qarz qoplangan



6020

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



76

Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari oldidagi qarz qoplangan



6110, 6120

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



77

Ilgari xaridorlardan olingan bo‘naklar ularga qaytarilgan



6310

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



78

Budjetga ajratmalar va to‘lovlar bo‘yicha qarz summalari o‘tkazilgan (yil davomida va qo‘shimcha)



6410

5110

To‘lov topshiriqnomasi, inkasso, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



79

Mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi oldidagi qarz qoplangan



6510

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



80

Maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qarz qoplangan



6520

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



81

Korxonada ishtirok etganligi uchun hisoblangan daromadlar summasining (dividendlar) ta’sischilarga to‘lanishi aks ettirilgan



6610

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, ta’sischilar majlisining bayonnomasi



82

Ta’sischining badali pul mablag‘lari bilan qaytarilgan



6620

5110

Ta’sischilar majlisining bayonnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



83

Mehnat haqi plastik kartochkaga o‘tkazilgan



6710

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



84

Banklarning qisqa muddatli kreditlari qoplangan



6810

5110

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



85

Boshqa korxonalarning qisqa muddatli kreditlari qoplangan



6820

5110

Kredit shartnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



86

Qisqa muddatli obligatsiyalar qoplangan



6830

5110

Obligatsiya kelishuvi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



87

To‘lanadigan veksellar bo‘yicha qarz qoplangan



6840

5110

To‘lanadigan veksel, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



88

To‘lanadigan operativ ijara bo‘yicha qarz qoplangan



6910

5110

To‘lanadigan veksel, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



89

Hisoblangan foizlar bo‘yicha qarz qoplangan



6920

5110

Buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



90

Moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq ijara to‘lovi bo‘yicha qarz qoplangan



6950

5110

Buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



91

Hisoblangan royalti bo‘yicha qarz qoplangan



6930

5110

Buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



92

Kafolatlar bo‘yicha qarz qoplangan



6940

5110

Buxgalteriya hisob-kitob ma’lumotnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



93

Bankning uzoq muddatli kreditlari va boshqa korxonalardan olingan kreditlar joriy qismi qoplangan



6950

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi

94

Moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchiga tegishli to‘lovlar ijaraga oluvchi tomonidan to‘langan



6950

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



95

Turli kreditorlarga qarzlarni qoplash uchun hisob-kitob schotidan to‘langan



6990

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



96

Yanglish kirim qilingan summalar hisob-kitob schotidan qaytarilgan



6960

5110

Hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



97

Aksiyador (ishtirokchi)dan unga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulush)ning sotib olinishi aks ettirilgan



8610

5110

Bildirgi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi, to‘lov topshiriqnomasi



98

Maqsadli moliyalashtirishdan foydalanilganligi aks ettirilgan



8810-8890

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



99

Tekin moliyaviy yordam hisob-kitob schotidan o‘tkazilgan



9430

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



100

Bank xizmatlari uchun hisob-kitob schotidan pul o‘tkazilgan



9430

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi



101

Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlarga mablag‘ hisob-kitob schotidan o‘tkazilgan



9630

5110

To‘lov topshiriqnomasi, hisob-kitob schotidan bank ko‘chirmasi






Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling