301- gurux talabasi Xusanova MalikaniNg pedogogik Maxorat fanidan tayYorlagan Kurs ishi mavzusi buyicha taYyorlagan taqdimoti
Download 0.5 Mb.
|
Taqdimot (2)
E.Z.Usmonovaning fikricha, tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon b o iib , dastavval keng predmetli (amaliy) faoliyat tarzida namoyon bo‘ladi, keyinchalik u “aqliy” xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi. Q.Shonazarov “tafakkur” tushunchasining quyidagi ta’riflar majmuini taklif etgan: tafakkur voqelikni inson tomonidan bevosita hissiy idrok qilib bo‘lmaydigan obyektiv xususiyatlari, aloqalari, munosabatlari bilan ongli ravishda aks ettirilishini bildiradi; tafakkur biror tayyor yechimi yo‘q muammo paydo boMganda boshlanadi. Inson biror narsani bilish ehtiyoji paydo bo‘lganda fikrlay boshlaydi; tafakkur ongning voqelikni aniq, chuqur, to liq va bevosita umumlashtirib va bevosita aks ettirish (bilish)ga qaratilgan faoliyatidir; tafakkur bu inson miyasida predmet va hodisalaming o ‘z qonuniy aloqalari va munosabatlari bilan umumlashtirib aks ettirish jarayonidir; tafakkur yangilikni qidirish va ochishga sotsial jihatdan bog'liq, aloqador, analiz, sintez jarayonida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir; tafakkur individni bilvosita va umumlashgan holda aks ettirishga qaratilgan bilish jarayoni; tafakkur obyektiv voqelikning faol in’ikosi; bilimlarning tushuricha, mulohaza, fikr, xulosa, nazariya va hakozolar tarzidagi shakllanishi, harakati va rivojlanishidir.maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; atamalaming bir xil qo‘llanilishi; pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish; tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati; pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi; pedagogik fanlar tizimi, ulaming o‘zaro aloqasi. Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va m e’yoriy hujjatiar ham bevosita metodologiyaning m e’yoriy asosini tashkil etadi. Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizirn haqidagi ta’limot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog'i, metodologiya predmeti - faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling