301-pp axmedova sevara o’smirlarda oilaviy nizolar to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlar
Download 29.63 Kb.
|
DIAGNOZ MUSAAA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarama-qarshi buyumlar”mashqi.
- Taqdir va hayot mazmuni” mashqi
- Treningning borishi. Kirish qismi
- Psixokorreksion mashqlar
Treningning borishi. Kirish qismi. - treningning qoidalari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirish; - psixologik xizmatning asosiy yo‘nalishlari haqida qisqacha ma’lumot berish; - treningda o‘tkaziladigan metodika va mashqlar bilan tanishtirish. Qoidalar: - faollik; - ko‘ngilli ishtirok; - belgilangan vaqtga rioya qilish; - boshqalar fikrini hurmat qilish; - qo‘l ko‘tarish qoidasi; - fikrni qisqa va lo‘nda bildirish. Asosiy qism: 1.Psixodiagnostik metodika: “Birgalikdagi rasm”metodikasi. Maqsad: Ushbu metodika yordamida shaxsning chegaralanganlik darajasi, muloqotga kirishish va munosabat o‘rnatishdagi xarakteriologik xususiyatlarini o‘rganish. Ushbu metodikani hamkorlik va ishdagi munosabatlarni,ayniqsa oilaviy munosabatlar hamda ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishda qo‘llash mumkin. Kerakli jihozlar: A-4 formatdagi oq qog‘oz va rangli qalamlar. O‘tkazish tartibi: Ishtirokchilar ichidan bir juft ishtirokchi tanlab olinadi. Guruhning qolgan a’zolari ularning xatti-xarakatlarini diqqat bilan kuzatib turadilar. Tanlab olingan juftga bitta A-4 formatdagi oq qog‘oz va bitta quti rangli qalamlar berilib,quyidagicha ko‘rsatma aytiladi. Ko‘rsatma: Siz ikki kishisiz, ammo sizlarga berilgan qog‘oz bitta. Siz shu yerga beriladigan uch daqiqa vaqt ichida xohlagan rasmingizni chizishingiz mumkin. Ammo chizishdan avval ham, chizish chog‘ida ham suhbatlashish va kelishib olish ta’qiqlanadi.Chizgan rasmingiz umumiy ko‘rinishga ega bo‘lishi shart emas. Rasmlarda aniq yoki mavhum narsalarni tasvirlashingiz mumkin. Tasvirlanadigan narsangizga biror bir chegara qo‘yilmaydi. Barchasi sizning ixtiyoringizga bog‘liq. Eng asosiysi chizish chog‘ida o‘zingizning va sherigingizning xatti-harakatlariga e’tibor bering. Muhokama: Rasm chizib bo‘lingach ishtirokchilardan chizish chog‘idagi taassurotlari, birinchi bo‘lib chizishni nimadan boshlagani va nima bilan davom ettirgani, bu holatda sherigining xatti-harakatlari nimadan iborat ekanligi so‘raladi va muhokama qilinadi. Trener umumiy xulosa beradi. Psixokorreksion mashqlar: Download 29.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling