“Teskari sanoq”
Bolalar doira bo‘lib turadilar. Ular navbatma-navbat sonlarni teskari aytishlari kerak. Birinchi o‘yinchi, masalan, 5 raqamini aytganda, ikkinchi 4, uchinchi 3 va boshqa bolalar shu tariqa davom etadi. Bu o‘yinda barcha bolalar ishtirok etadilar. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida oddiy yo‘l bilan 5 dan 1 gacha sanashni o‘rganib oladilar.
“Keyingi sonni top”
Borishi: Bolalar doira bo‘lib turadi tarbiyachi bir deb koptokni bir bolaga otadi. Bola esa koptokni ilib oladi, “ikki”, deb keyingi bolaga otadi. O‘yin shu tarzda 6 sonigacha davom etadi. Bolalar bu o‘yin orqali 6 sonning ketma-ketligini bilib, bu boradagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Xulosa
Ushbu kurs ishimizdan shunday xulosa qilamizki, Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli, aniq belgilangan chora- tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda faoliyat yuritib borayotgan barcha ta`lim muassasalarida, ayniqsa, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilab borishga Prezidentimiz Shavkat Miromovovich Mirziyoyev tomonlaridan katta e`tibor qaratilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarnini ijodiy faoliyati haqida so'z borar ekan, ushbu yoshdagi bolalarning Ijodiy faoliyatini to'g'ri tashkil etish va loyihalashtirish juda muhim hisoblanadi.
Hozirgi globallashuv davrida innovatsiyon texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda bolalarning fikrlash doirasi hamda ularning ijodiy qobiliyatlari ham kengayib bormoqda. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari va fikrlashlarini rivojlantiruvchi bir qator yangi dasturlar joriy etilmoqda. Jumladan: Mental arifmetika san'at va aql idrokni rivojlantiruvchi dasturdir. Ushbu dastur yordamida bolalar nafaqat o'qishda muavaffaqiyatga erishadilar, balki hayot motivatsiyasiga ega bo'lib, ijodiy qobiliyatlari kengaymoqda.
Mnemonika usuli ham tezkor xotira va ijodiy fikrlash tezligini rivojlantiruvchi dasturdir. Zamonaviy ota-onalar va o'qituvchilar o'zlariga birinchi navbatda bolani ijodiy rivojlantirish vazifasini qo'yadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |