304- gurux talabasi muhammadova Ziyoda Erkinovna “Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan
Download 259.68 Kb.
|
304- gurux talabasi muhammadova Ziyoda Erkinovna “Matematik tass
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti.
- Kurs ishining tuzilishi.
Kurs ishining maqsadi. M Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rib idrok qilish va o’lchash asosida fazoni idrok etishi qanchalik muhim ekanligini o'rganish.
Kurs ishining predmeti. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rib idrok qilish va o’lchash asosida fazoni idrok etishi qanday tashkil qilinishini va loyihalashtirilishini o'rganish. Kurs ishining obyekti. Mazkur kurs ishining obyekti sifatida Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rib idrok qilish va o’lchash asosida fazoni idrok etishi Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rib idrok qilish va o’lchash asosida fazoni idrok etishi o'rganib chiqildi va ushbu sohani rivojlantish uchun bir necha amaliy metodlar tavsiya etiladi. Kurs ishining vazifalari. Har qanday masalani yoki ishni bajarish uchun ma’lum bir reja tuziladi va shu reja asosida amalga oshiriladi. Mazkur kurs ishimizning oldiga qo’yilgan maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni reja asosida bajarishga asosiy e’tibor qaratildi: - mazkur kurs ishi hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanligini hayotiy dalillar orqali isbotlash va mavzuning ilmiy-nazariy ahamiyatini asoslab berish; - ushbu mavzu yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotning asosiy maqsadi va uning oldiga qo’yilgan vazifalarini aniqlash; - mazkur tadqiqot mavzusining oldin o’rganilganlik darajasini aniqlash va hozirgi kunda qay darajada o’rganilganligini tahlil qilish; Ishni bajarishdan asosiy maqsad uning oldiga qo’yilgan vazifalarni aniqlab olish va amalga oshirish. Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, jumladan, birinchi bobda uchta ,ikkinchi bobda ikkita paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan tashkil topgan. I.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rib idrok qilish 1.1. Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish Tevarak atrof tushunchasi — keng ma’nodagi, murakkab, serqirra tushunchadir. Biz, tevarak atrof ma’nosida, bizni o‘rab turuvchi ob’ektiv olam xarakteristikasini anglaymiz. Biz tevarak atrof haqidagi bilim va malakalarni egallash uchun, shuningdek uning shakli, 6elgilari haqida, ularning tuzilishi, 6alandligi, uzunligi, kengligi haqida, predmetlarning joylashuvi, ularning orasidagi masofani aniqlashdagi va belgilay olishni o‘rganish uchun, tevarak atrof haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash uchun- turli tevarak atrof kategoriyalariga murojaat qilamiz. Bunda biz avval predmetlarning belgilariga qarab (yahni shakli va o‘lchoviga, har xil o‘lchovligiga) va tevarak atrofdagi belgilarga qarab (yahni tevarak atrofni yaxlitligicha tushintirish, predmetlarning bir biridan farqi yoki o‘xshashligi (tabiatda) va h.k. farqlay olishga o‘rganishimiz va o‘rgatishimiz kerak. Tevarak atrofni chamalash, orientirovka qilish tushunchasi, masalasi murakkab masaladir. Tevarak atrofii orientirovka qilishda turgan yoki belgilangan joy taxminga olinadi:2 MASALAN: a) kishi tevarak - atrofni yaxshilab kuzatib «O‘zi turgan nuqta» haqida ma’lumot bera olish; yon atrofidagi ob’ektni tushuntira bilishi kerak: 6) o‘zi qo‘yib ketgan predmet yoki insonni qayta tevarak atrofni chamalash orqali topib kelishi yoki aniq ma’lumot bera olishi kerak; v) inson tevarak atrofni ob’ektlicha tushintirayotganda, chalkashtirmay, predmetlarning bir xil yoki har xilligini tushintira olishi, shuningdek qaysi predmet qaysinisining ortida, oldida, orosida, uzoq, yaqinligi, xullas orasidagi masofa haqida to‘la ma’lumot bepa olishi kerak. Tevarak atrof haqidagi, uni aniq orientirovka qila olish haqidagi belgilarga har bir inson ega bo‘lishi kerak. Bu bilimlar esa ularga yoshlikdan beriladi. Orientrovkani yaxshi bilgan har qanday yo‘lovchi adashmaydi, adashganni yo‘lga solib yuboradi. Kattalar misolida ko‘rsak: Men turgan kenglikda dala bo‘lib, 20 dadam oldinda, 15 qadam o‘ng tarafimda terak daraxti bor. Terakning uzunligi taxminan 20-25 m, yo‘ьonligi taxminan 35 sm. Pastki shoxlarida barglari yo‘q. Tepa shoxlari serbarg, terak ustida qora qarьalar uchib yuribdi. YOki biror bir uy, ko‘cha, xonada ma’lumot berish. Inson aktiv harakatini davom ettirishi uchun koordinatsiyani va uni orientirovka qilishni yaxshi bilishi kerak. Ko‘pchilik bu usuldan faqat bir joydan ikkinchi bir joyga adashmasdan borib kelishi uchungina foydalanadi. Orientirovkani aniq belgilay olish, joylarni yaxshi o‘zlashtirish uchun, shu odamning eslab qolish qobiliyati, xotirasi, diqqat — ehtibori, o‘ylash, esga tushirish, ko‘z oldiga keltira olish kabi qobiliyatlari ancha mustahkam bo‘lishi kerak. Aks holda, bu qobiliyatlari zaif odamlar orientirovkani yaxshi belgilay olmaydilar. Tevarak atrofii chamalash har bir odamning o‘ziga qulayligini tanlab olishiga boьliq. «O‘zining» yoki boshqa birovni, o‘ng qo‘l, chap qo‘l, tushunchalari bilan, yoki predmetlarning shakliga qarab, joylashuviga qarab ham orientirovka qilish mumkin. Masalan: ba’zilar uy yoki magazinning nomini, nomerini, adresini bilmaydilar-ku lekin qaysi transport bilan, qanday qilib borishni shunday aniq qilib tushuntaridilar-ki, xatto «ko‘z yumib» borib topish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni kuzatishning ahamiyati. Ba’zi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hali tevarak atrofni kuzatishni, uni orientirovka qilishni yaxshi o‘zlashtira olmagan bo‘lishlari ham mumkin bo‘ladi. Masalan: o‘z uylariga borishni bilmaydi. Lekin, aksincha boьda bolalar bilan u o‘ynaladigan o‘yinlarning kamchiligi, mashьulotlar va boshqa ko‘pgina bolalar ijodi- tevarak atrof bilan boьlik. MASALAN: Boshlanьich sinf (1-sinf) o‘quvchisidan talab qilinadigan narsalardan biri-daftar yoki kitob varaqlarning farq qila bilishi. O‘ng varaq, chap varaq va h.k. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aslida tevarak atrof bilan tanishtirishning bu borasi shu bet yoki varaьidagi chizilgan, aks ettan rasmlar yordamida tushuntiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak atrofni yaratishda ega bo‘lgan barcha bilimlarini puxtalash, uni kuzatish, orientirovka qila olish malakalari hamda uni belgilay olishlari kabi ko‘nikmalarini mustahkamlash va tevarak atrof haqida o‘z fikrlarini to‘la bildira oladigan terminlarning bolada yaxshi o‘zlashtirilishini o‘z vaqtida ta’minlab borish zarur. Bu bilim malaka va ko‘nikmalarning barchasi 1-sinf o‘quvchisining materialini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishdagi yutuьi bo‘lib hisoblanadi. Tevarak atrofni anglashda psixofiziologik mexanizmga ham boьliqdir, u nison ongidagi ko‘rish,eshitish, so‘zlash, eslab qolish, xotira kabi qobiliyatlar (analizatorlar) yordamida dinamik sistemadek saqlanib qoladi. Ayniqsa bunda harakatlanuvchi analizatorlar va ichki his-tuyьularining roli ahamiyatlidir. Bolalarning tevarak atrof haqidagi luьatlarining boyib borishi. Ularning tevarak atrofni tushunishida ikkinchi signal sistemasining tenglashuvini ta’minlaydi. CHet ellarda bolalarni yoshligidan, maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab, sekin-asta tevarak atrofii o‘rgatishda, umumiy tushunchalarni ikkinchi signal sistemasiga boьlab olib boriladi. Bu esa bolaning tevarak atrofni o‘zlashtirishdagi yangi bosqichning boshlanishidir. 2. Tevarak atrofni idrok qilish biror bir mo‘ljal asosida foydalana bilishni talab qiladi, bola ilk yoshidan boshlab o‘zining sezgilari orqali idrok qiladi, yahni tanasining tomonlari bilan mo‘ljal qiladi. Bog‘cha yoshida bola tevarak-atrof tushunchalarini so‘zlarda ifodalanishini egallaydi: oldinda- orqada, yuqoriga- pastga, chapga-o‘ngra. YOsh bolada tevarak atrofni idrok qilishda bolaning shaxsiy tanasi asosiy markaz bo‘lib hisoblanadi va u o‘zining tanasiga nisbatan sezgi organlari orqali mo‘ljalga oladi. Keyinroq borib unga yana bir sistema qo‘shiladi. Bu nutqda ifodalashdir yahni so‘zlar bilan. Bu narsa bolalarda tomonlarni o‘ziga tegishlilarni sezgi, farqlash, aniqlash xususiyatlarini mustahkamlash natijasida bo‘ladi, qaysiki bu tomonlar: yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga. SHunday qilib bog‘cha yoshi tevarak atrofning tomonlarini, nomlarini so‘z bilan belgilash sistemasi davridir. Bola qanday qilib bundan foydalanadi? Kuzatishlardan shu narsa ayon bo‘ldiki yuqorida degan so‘zda bola — boshi turgan tomonni, pastda esa — oyoqlari turgan joyni, oldinda — yuzi tomonni, orqasida esa — orqasini, o‘ngda — o‘ng qo‘li qaepda bo‘lsa o‘sha tomonni, chapda — chap qo‘li qaerda bo‘lsa o‘sha erni idrok qilgan. O‘z tanasi bo‘yicha tevarak — atrofni idrok qilish bu boshlanьich idrok bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy tomonlarni 3 ta gruppasi, qaysiki odam tanasining turli qismlari bo‘yicha eng birinchi bo‘lib yuqori farqlanadi. Bunda bola, tanasi vertikal holatida aniqlaydi. Qolganlari esa kechroq aniqlanadi va farqlanadi bola tomonidan. Bola tomonlarining juft, qarama qarshi tomonlarini gruppasini o‘zlashtirsa ham, hali u uning aniqligida yanglishadi. Bolalar uchun asosiy qiyinchiliklar o‘ng va chapni ajratishdir. Kuzatishlardan bola bu qarama — qarshi tomonlarni asta — sekin egallab boradi, qaysiki ularni tajribalari orqali egallab boradilar. Download 259.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling