OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM SIRTQI BO’LIM YO’NALISHI
304- GURUX TALABASI
Muhammadova Ziyoda Erkinovna “Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan
“Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rib idrok qilish va o’lchash asosida fazoni idrok etishi” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Z.Azizova ____________
Qo’qon 2023
Reja
Kirish 3
I.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’rib idrok qilish 5
1.1. Ko‘rib idrok qilish va o‘lchash asosida fazoni idrok etish 5
1.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni o‘rganish. 9
1.3. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo’ljal olishini o’zlashtirishi. Atrof-muhit va joyni bilish. 13
II. Maktabgacha yoshdagi bolalarda idrok tushunchasi 19
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda idrok ob`ekt va fon 19
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda idrokning tasnifi 21
Xulosa 24
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 25
Ilova 25
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Maktabgacha ta`lim - ertangi kunimizga zamin” dir. Bugungi kunda maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta`lim tarbiyalanuvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish va takomillashtirish dolzarb masalalari yoritib berilgan.1
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017- yil 30-sentabrda PF5198 - sonli “Maktabgacha ta'lim faoliyatini tashkil etish va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g`risida” gi farmoni qabul qilinib, unda maktabgacha ta'lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o'rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlash asosiy maqsad qilib belgilangan.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektual salohiyatining rivojlanishida ulardagi tug`ma qobiliyat va iste'dod muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |