304- gurux talabasi muhammadova Ziyoda Erkinovna “Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan


Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo’ljal olishini o’zlashtirishi. Atrof-muhit va joyni bilish


Download 259.68 Kb.
bet5/12
Sana19.06.2023
Hajmi259.68 Kb.
#1623215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
304- gurux talabasi muhammadova Ziyoda Erkinovna “Matematik tass

1.3. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo’ljal olishini o’zlashtirishi. Atrof-muhit va joyni bilish.


Kichik guruh dasturining shartlaridan biri bolalarni o'zidan oldinda (oldinga) —orqada (orqaga), chapda (chapga) — o'ngda (o'ngga) kabi fazoviy yo'nalishlarni ajrata olishga o'rgatishdir.
Fazoviy yo'nalishlarni farq qilishda bolalarning o'z gavda qismlarini aniq farq qilishi va o'ziga nisbatan tomonlarni aniqlashga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan: «Oldinda» deganda bola o'zining yuzi tomonni, «orqada» (orqadan) deganda esa gavdasining orqa tomonini tushunadi.
Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuz qismlari nomini aytadi: «Burningni, qulog'ingni, engagingni yuv, peshonangni art», «Boshingga ro'mol o'ra», «Bo'yningga sharf bog'la». Kichkintoylarni o'zining gavda va yuz qismlarining nomini aytishga undash muhim ahamiyatga ega.
Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so'ng, ularga o'zlarining turli tomonlarini aniqlash o'rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so'raydi: «Sening orqangda nima bor?»,
«Oldingdachi?» (ko'krak, qorin, yuz) yoki «Sening o'rning qayerda?», «Ko'kragingchi?» «O'ng qo'ling qani?», «Chap qo'ling qayerda?»
Bolalarga ayni bir vaqtda o'zaro qarama-qarshi juft yo'nalishlarni, ya'ni yuqorida — pastda, oldinda
— orqada, chapda — o'ngda (chap-o'ng) degan tushunchalarni farq qilish mashq qildiriladi, chunki bolada ularning biri haqida tasawur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasawurning shakllantirilishiga tayanadi.
Tarbiyachi nonushta yoki tushki ovqat vaqtida, mashg'ulotlar va boshqa paytlarda bolalar diqqatini nima qilayotganliklari va qaysi qo'llari bilan qilayotganliklariga bir necha daqiqa jalb etadi. Kichkintoylar qaysi qo'llarida qoshiqni, qaysi qo'llarida nonni, qaysinisida qalamni, mo'yqalamni, qaysinisida esa qog'ozni ushlab turganliklarini aytib berishlari kerak.
O'ng va chap qo'lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlarni bajarishda ham o'tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida bolalarga o'ng qo'llariga havo rang bayroqchani, chap qo'llariga esa yashilini yoki o'ng qo'llariga uzun tasmani, chap qo'lga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi qo'llarida qanday narsa borligini so'raydi. O'ng va chap qo'lni farqlashga va nomini aytishga o'rgatish jarayonida o'zidagi turli tomonlarni: bosh yuqorida, oyoqlar pastda ekanligini, o'ng oyoq, chap oyoq; o'ng quloq, chap quloq va hokazolarni
bilish ko'nikmasini o'stirishga katta ahamiyat beriladi.
Pedagog (tarbiyachi)ning ko'rsatmasiga binoan bolalar yo'nalish ko'rsatkichlari bilan pastni, yuqorini, chapni, o'ngni ko'rsatadilar. Ular aytilishi bilan oldinga engashishni, qo'llarini yuqoriga ko'tarishni, pastga tushirishni va shu kabilarni o'rganadilar. «Bekinmachoq», «Koptokni qayerga tashladingiz?» o'yinlaridan foydalaniladi. Bunday o'yin mashqlarini 6-8 marta takrorlash lozim, ular uchun taxminan 4- 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
Kichik guruhda bolalar qog'oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko'nikmalarni hosil qiladilar. Mashg'ulotlarda ularga narsalarni qog'oz betining yuqorisiga va pastiga, yuqorigi va pastki doskaga, chapga va o'ngga joylashtirish, narsalarni chapdan o'ngga qarab tartib bilan qator qilib qo'yib chiqish o'rgatiladi.

Download 259.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling