304- gurux talabasi мuhayyo Hayitova


Download 171.27 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi171.27 Kb.
#1504132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetning o\'lchami haqidagi tasavvurlarni

Maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘yinlar va o‘yin mashqlaridan ilk yoshdayoq bolalarning bir xil turdagi predmetlar haqidagi tasavvurlari kengayib boradi: «ko‘p qo‘g‘irchoqlar», «uchta kubik», «qo‘lda beshta barmoq» kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo‘ladi. Tajribaning ko‘rsatishicha, 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni, ya’ni «kichik uy», yoki «katta uylar» qurishi, «vagon» «vagonchalarni olib kelishi»,«gul» yoki «gullarni» ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar).1
1 yoshu 6 oylik go‘dak faol nutqni egallaydi, otning birlik va ko‘plik shakllaridan foydalangan holda, alohida predmetlarni ajrata oladi: «By kubik, bu kubiklar», «uy – uylar», “qo‘g‘irchoq – qo‘g‘irchoqlar”. Bu yoshdagi bolalarni ko‘proq bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (shar, tugmacha, halqa). Ular bu narsalarni sochadilar, yana yig‘ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo‘yicha teradilar. Bolalarda birdaniga predmetlarni qo‘llariga olib, barmoqlari bilan qisib uning sochilishini kuzatishni yaxshi ko‘radilar (masalan, tugmachalar). Predmetlarning turli xilligini bola turli xil sezgi a’zolari yordamida qabul qiladi: eshitish, ko‘rish va boshqalar. U o‘zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta o‘yinchoqni bir necha marta tashlagan, koshik bilan stolini taqillatgan. Ko‘plik haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnnng alohidaligi birlik va ko‘plikni ajrata olishga yordam beradi. Matematikada ko‘plik tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. «Ko‘plik bu bir butun qilib quriladigan obyektlarning yig‘indisidir». Ko‘plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar tugallangan ko‘plik bilan ish ko‘radilar. Go‘dak bolada ko‘plik haqidagi eng birinchi tasavvurlarning rivojlanishi diffuzion: ya’ni u hali aniq chegaraga ega bo‘lmaydi va element ketidan element qabul qilinadi. Bunday qabul qilish noaniq ko‘plikni xarakterlaydi.


    1. Download 171.27 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling