304-gurux talabasi jumayeva mahbubaning “ ” fanidan


Download 372.57 Kb.
bet2/10
Sana08.02.2023
Hajmi372.57 Kb.
#1178570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JUMAYEVA MAHBUBA (3)

Kurs ishining maqsadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini strategik boshqaruv tamoyillarini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Har qanday masalani yoki ishni bajarish uchun ma’lum bir reja tuziladi va shu reja asosida amalga oshiriladi.
Mazkur kurs ishimizning oldiga qo’yilgan maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni reja asosida bajarishga asosiy e’tibor qaratildi:
- mazkur kurs ishi hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanligini hayotiy dalillar orqali isbotlash va mavzuning ilmiy-nazariy ahamiyatini asoslab berish;
- ushbu mavzu yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotning asosiy maqsadi va uning oldiga qo’yilgan vazifalarini aniqlash;
- mazkur tadqiqot mavzusining oldin o’rganilganlik darajasini aniqlash va hozirgi kunda qay darajada o’rganilganligini tahlil qilish;
Ishni bajarishdan asosiy maqsad uning oldiga qo’yilgan vazifalarni aniqlab olish va amalga oshirish:
Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim tashkilotini strategik boshqaruv tamoyillari mexanizmini tahlil etishdagi faoliyat.
Kurs ishining obyekti. Mazkur kurs ishining obyekti sifatida Maktabgacha ta’lim tashkilotini strategik boshqaruv tamoyillarini ishlab chiqishga rahbarlik qilish jarayonidan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

II. ASOSIY QISM
2.1. Strategiya tushunchasi va turlari
Strategiya - bu umumiy maqsadli dastur bo’lib, asosiy maqsadga erishish uchun muammolar va manbalarning ustuvorliklari aniqlanadi, ya’ni u muassasaning maqsadi va maqsadlariga erishilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan batafsil kompleks reja. Strategiya muassasa yagona harakat yo’nalishini oladigan tarzda ularga erishish uchun asosiy maqsadlar va asosiy yo’llarni belgilaydi. Strategiyani muassasa erishmoqchi bo’lgan maqsadlari va ushbu maqsadlarga erishish uchun tanlangan xulq-atvor o’rtasidagi asosiy bog’lovchi bo’g’in sifatida ko’rish mumkin. Strategiyani ishlab chiqish menejmentning asosiy funktsiyalaridan biridir. Uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, raqobatbardosh va samarali strategik harakatlar va tadbirkorlik harakatlari yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek, strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish muvaffaqiyatga erishish omili hisoblanadi. Muassasaning mukammalligi - bu mukammal strategiyaning mukammal ijrosidir.
Strategiya (strategos) yunoncha so’z bo’lib, o’zbek tilida “general san’ati” degan ma’noni anglatadi. O’zbek tilining izohli lug’atida ham mazkur atama urush olib borish san’ati, ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi ma’nolarida talqin etilgan. Strategiya so’zi bugungi kunda biron-bir faoliyatga rahbarlik qilish, korxona yoki muassasalar faoliyatini boshqarishda istiqbolni oldindan aniqlash, faoliyatni oldindan rejalashtirish, bajariladigan vazifalarning yo’nalishini aniqlash, shuningdek, maqsadga erishishda natijalarni oldindan aniqlash va nazorat qilish yo’nalishlarida keng qo’llanilmokda.
Mazkur so’zdan strategik reja, strategik rejalashtirish, boshqaruv strategiyasi, strategik boshqaruv kabi tushunchalar kelib chiqqan bo’lib, bu tushunchalarning har biri o’zining mazmun-mohiyatiga ko’ra ta’lim muassasalarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Strategiyaga yagona ta’rif berish juda mushkul, chunki strategiya shu qadar ko’p qirraliki, unga salgina boshqa nuqtadan qaralsa ham, uning mazmuni butunlay o’zgarib ketadi:
- Strategiya- bu yakuniy natijaga erishish vositasi;
- Strategiya ta’lim muassasasining barcha qismlarini yagona bir butunga birlashtiradi;
- Strategiya ta’lim muassasasining barcha asosiy jihatlarini qamrab oladi;
- Strategiya - bu ta’lim muassasasining uzoq muddatli rejasidir;
- Strategiya ta’lim muassasasi rejasining barcha qismlarini moslashuvini ta’minlaydi.
- Strategiya - bu ta’lim muassasasining kuchli va zaif tomonlarining tahlili, shuningdek rivojlanish imkoniyatlari va to’siqlarni aniqlash natijasidir.
- Strategiya - istiqbolni tadqiq kilish, turli stsenariylarni tahlil etish san’ati;
- Strategiya - istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;
- Strategiya - bu ta’lim muassasasining tashqi muhit o’zgarishlariga avvaldan rejalashtirilgan munosabatidir va hokazo.
Strategiya boshqaruv vazifalarini ruyobga chiqarishning asosiy usuli hisoblanadi. Bugungi kunda boshqaruvda strategiyaning quyidagi turlari mavjud:

  • maxsus;

  • funktsional;

  • mujassamlashtirilgan;

  • diversifikatsiyalashgan strategiyalar.

Maxsus strategiyalar juda e’tiborli hollarni oldindan bashorat qilish maqsadida ishlab chiqiladi. Masalan, ta’lim muassasasining muammolar girdobiga qarab borayotganligi payqab qolinsa, uning oldini olish bo’yicha uzoq muddatga tuzilgan strategiyalar shular jumlasidandir.
Funktsional strategiyalar ta’lim muassasasining ayrim yo’nalishlari va bo’limlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi. Ya’ni funktsional strategiyalar ta’lim muassasasining moliya, marketing, ishlab chiqarish, inson resurslarini boshqarish, ilmiy tadqiqot ishlari kabi funktsional doiralarda faoliyatlar yo’nalishini rivojlantirishni belgilaydi. Masalan, sifatli kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha tuzilgan strategiyalardir.
Mujassamlashtirilgan strategiyalar bu ta’lim muassasasining yaxlit faoliyatini o’zida jamlagan mo’ljaldir. Mujassamlashtirilgan strategiyaning ikkita bir-biri bilan uzviy bog’langan qismlari mavjud bo’lib, ular muvaffaqiyat strategiyasi va rivojlanish strategiyasi deb yuritiladi. Har ikkala strategiya ham ta’lim muassasasini rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Diversifikatsiyalashgan strategiya ta’lim muassasasining faoliyat sohalari va yo’nalishlarini kengaytirish oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi. Masalan, yangi yo’nalishlar ochish, byudjetdan tashqari mablag’ topish, ta’lim xizmatlari ko’rsatishni kengaytirish va ijtimoiy hamkorlarni jalb qilish bo’yicha tuzilgan strategiyalar.


Download 372.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling