Mashhur rus fiziologi I.P.Pavlov nazariyasi(1849—1936) asosida shartli reflekslar yotadigan axloqning egallangan shakllari mavjudligini isbotladi. Bu inson rivojlanishi instinkt va o‘rganishning namoyon bo‘lishiga olib kelishi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarni dunyoga keltirdi. Nemis psixologi V.Keler (188—1967) insonga o‘xshash maymunlarda tajriba o‘tkazib ularda intellekt mavjudligini kashf qildi. Bu fakt psixika o‘z rivojlanishida uchta bosqichni o‘tashi haqidagi nazariya asosiga joylashdi:
1) instinkt;
2) o‘rgatilish;
3) intellekt.
K.Byuler bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi muallifi sifatida mashhur. Har bir bola o‘z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli evolutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o‘tadi, instinkt, o‘rgatish, intellekt. U biologik omillarni asosiy deb ko‘rsatib o'tadi. Byuler bolalikdagi rivojlanishni biologik jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni nasliyligini ta’kidlagan, lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to‘liq ochilmaganligini aytib o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |