31. Davlat mexanizmi


Huquq va axloq ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi


Download 124.5 Kb.
bet10/19
Sana26.12.2022
Hajmi124.5 Kb.
#1067374
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
5-мавзу

5. Huquq va axloq ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Huquqbuzarlik harakatlari oddiy javobgarlikni keltirib chiqaribgina qolmay, balki maxsus-yuridik javobgarlikni ham yuzaga keltiradi. Ayni paytda jazo tayinlash tartibi qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yiladi. Axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mutlaqo boshqa oqibatlarga olib keladi. Bu erda aniq bir jazo chorasi ko‘zda tutilmaydi. Beriladigan jazo qoidabuzarni axloqiy qoralash, unga tanbeh berish, jamoatchilik ta’siri choralarini qo‘llashda ifodal­nadi.
6. Huquq va axloq amal qilish sohalari bo‘yicha farq qiladi. Axloqiy makon huquqiy makondan ancha kengdir. Ma’lumki, huquq ijtimoiy hayotning ko‘p qirralarini chetda qoldirib, uning eng muhim sohalarinigina tartibga solib boradi. Huquqdan farqli o‘laroq, axloq jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bo‘ladi.


42. HUQUQ - IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA

Jamiyatning kishilar o‘rtasidagi vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimidan iborat. Ushbu tizim o‘z doirasiga turfa xil munosabatlarni qamrab olgan murakkab jamlanmadir. Bunday murakkablik va turfa xillik ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zaro ta’sirli aloqada bo‘lgan hodisalardan ham xuddi shunday mutanosiblikni talab etadi. SHunday ijtimoiy hodisalardan biri huquqdir.


Huquq - davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan muntazam aloqadorligini ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil, biroq, shunga qaramay ular ma’lum darajada ixtisoslashadi, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Ushbu ob’ektiv jarayonni parallel ravishda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq ham o‘z boshidan kechirishini kuzatishimiz mumkin. YA’ni umummajburiy xulq-atvor, yurish-turish qoidalari ham tegishincha guruhlanadi, tizimlanadi va yaxlit huquqni tashkil etadi.



Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling