Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuqsoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli o’tkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bo’lmaydi
Download 257.5 Kb.
|
KURS ISHIGA nasiba
KIRISH Mavzuning dolzarbligi:Hozirgi kunda ushbu mavzuning dolzanbligi ya’ni boshqaruv usullardan foydalanish darjasi oshirish, bu boradagi ishlarni mustahkam ilmiy asosga qo‘yish, ko‘p yillik mahalliy va xorijiy tajribadan to‘plangan tajribadan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Dunyoning aksariyat mamlakatlari eng muhim muammolardan biri boshqaruv jarayonida usullardan foydalanishdir.So'nggi paytlarda ushbu mavzuning dolzarbligi har kuni ortib bormoqda. Hayotning ijtimoiy zarurati, ta’limni boshqarishning nazariy va metodologik jihatlarini maxsus ilmiy yo`nalish sifatida qabul qilib, o`quv-tarbiya jarayonini boshqarishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishni taqozo ztadi. Ta`lim boshqaruvining asosiy jihatlarini nazariy va tadqiqot-tajriba nuqtai nazaridan asoslash rahbarlarni maxsus ilm va malaka bilan qurollantirish uchun kerak. Bu ularga boshqaruv jarayonida vujudga keladigan aniq muammolarni to`g`ri hal etish, ta’limga oid jumboqlarni holisona yechishga yordam beradi.Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuqsoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli o’tkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bo’lmaydi. Chunki, bugungi kundagi eng asosiy muammo - boshqaruv tizimi sifatini tubdan o`zgartirishdan iborat. Buning uchun boshqaruv tizimini soddalashtirish, uning turdosh tuzilmalarini birlashtirish, oraliqdagi o`rinsiz bo`g`inlarni qisqartirish, har bir tizim darajasidagi vazifalar mohiyatidan imkon qadar oqilona foydalanish eng asosiy vazifalardandir.Ta`lim tizimini ilmiy jihatdan boshqarishninng o`ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi: 1.Boshqaruv mazmunida o`z aksini topgan davlat va ijtimoiy ta’lim manfaatlarining dialektik birligi; 2.Hozirgi zamon maktabi oldida turgan murakkab vazifalar bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv qirralarining kengayishi; 3.Ta`lim boshqaruvi qonuniyatlarining ob`ektiv va sub`ektiv jihatlarini idrok etib foydalanish va o`rganish orqali tizim rivojlanishini yangi, sifat jihatidan yanada mukammal holatga yetkazish; 4.Ta`lim boshqaruvi shakl va metodlarini milliy xususiyatlardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda takomillashtirish; 5.Zamonaviy elektron-hisoblash mashinalaridan foydalangan holda boshqaruvning matematik, statistik hamda iqtisodiy metodlarini joriy etish hamda boshqaruv texnikasini rivojlantirish. Hozirgi paytda boshqaruv jarayonini belgalashda turli harakterdaga yondoshuvlar mavjud. Boshqaruv rahbarlik qarorlarini qabul qilish va uni tadbiq etish, yoki ta’lim jarayoni sifatida, boshqa xilda ifodalaganda boshqaruv jarayonida ma’lumotlarning doimiy harakati, to`g`ridan-to`g`ri yoki uning aks sadosi natijasi sifatida talqin etilmoqda. Boshqaruv - ma’lum sharoitda har bir xodim, guruh yoki tashkilot faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi, imkoni boricha yuqori, yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.Boshqaruv jarayonining yana bir, nisbatan to`g`ri yo`nalish i - tizimli boshqaruv hisoblanadi, chunki uni faqat aniq; tizim orqali boshqarib bo`ladi. haqiqatda ham "boshqaruv" atamasi izohining ko`pchiligi boshqaruvga tizim shaklida yondoshish orqalidir. Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini o‘zgartirib, yangilab borishni ko‘zda tutadi. Ilg‘or texnologiyalarning keng o‘zlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesning rivojlanishi, shuningdek, uzluksiz ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvning joriy etilishi hamda ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalari, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarning yaratilishi, o‘quv-tarbiya jarayonining didaktik jihatdan ta’minlanishi ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirishga asos bo‘lmoqda.Bugungi kunda maktab rahbarlari boshqaruv funksiyalarining integrativ sifatlarini tavsiflovchi xususiyatlar: maktab boshqaruvini ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashtirish, rahbarlik uslublaridan korparativ foydalanish, boshqaruvning metodika va usullaridan samarali foydalana olish, boshqaruv tamoyillarini o‘zlashtirish va qo‘llash, boshqaruvni, maktab faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirish asosida belgilashni ko‘rsatadi.1Ta’lim muassasalarining boshqarishni takomillashtirish maqsadida tayyorlangan ushbu kurs ishida, ushbu muassasalarning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi metodlar va uni boshqarish yo‘nalishidagi asosiy tushunchalar va ularning mazmun-mohiyati, shuningdek, ta’lim menejmentining boshqaruv usullari va ularning ta’lim muassasalarini boshqarishda qo‘llanilish uslublari keltirilgan bo‘lib, zamonaviy maktab rahbarlari ta’lim muassasi sharoitining turli jarayonlarida nafaqat menejment sohasi yo‘nalishida nazariy tushunchalarga ega bo‘lishi, balki maktab amaliyotida uni tatbiq eta olishi, ta’lim muassasi xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirishda va ularni boshqarishda to‘g‘ri va izchil qarorlarni qabul qila olishi zaruriyati ham inobatga olingan. Download 257.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling