Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuqsoni-ta`lim boshqaruviga oid tajribalarning deyarli o’tkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib bo’lmaydi


Download 257.5 Kb.
bet6/10
Sana07.01.2023
Hajmi257.5 Kb.
#1083128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHIGA nasiba

Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida
mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'ektiv tarzda kelib chiqadi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rеjalashtirish borasida kеng huquqlar bеriladi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xil bo‘ladi:

  1. umumjamiyat manfaatlari;

  2. jamoa manfaatlari;

  3. shaxsiy manfaatlar.

Bu manfaatlarni uyg‘un sur'atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o‘rnatishni talab qiladi.Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:

  1. korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;

  2. xo‘jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;

  3. korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish;

  4. moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;

  5. bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e'tibor beriladi.

Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo‘shimcha ish xaqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarni:

  1. jiddiy rejalar qabul qilishga:

  2. mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;

  3. yangi texnologiyalarni joriy qilishga;

  4. mehnat unumdorligini oshirishga;

  5. raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va shunga da'vat etuvchi bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga iqtisodiy usullar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:

  1. kredit va foiz stavkasi;

  2. soliq va soliq yuki;

  3. boj to‘lovlari;

  4. subsidiya va sanktsiya;

  5. litsenziya;

  6. transfert to‘lovlari;

  7. narx-navo va hokazolar kiradi.

Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo‘llab, bozorni shakllantirish chog‘ida ham, uning o‘zini o‘zi boshqarishi bosqichida ham g‘oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma'muriy boshqarish usullari o‘zini o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik sohasiga davlatning ta'siri ham tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o‘z ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazadi.
Menejmentning tashkiliy farmoyish (ma’muriy) usullari;Xo‘jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni menejment bo‘yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo‘llash bilan bog‘liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Mеnеjmеntning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to‘ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlarining huquqiy aktlarini hisobga olish va bajarishga asoslanadi.Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o‘tkazadi. Mеnеjmеnt tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo‘llash asosini boshqaruvning barcha tamoyillariga rioya qilishni tashkil etadi.Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan qo‘shib olib boriladi. Bu ko‘p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni qo‘llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lеkin “Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli” tushunchasi “ma’muriy boshqaruv usuli” tushunchasidan birmuncha kеngdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko‘lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni o‘rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydi, tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bo‘g‘ini vazifalarini bеlgilab bеradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o‘rnatadi, qaror va farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbalari va yo‘nalishlari bo‘yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog‘liq holda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga bo‘linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom.Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o‘rnatish va h.k. Ma’muriy ta’sirning tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy rеglamеntlash va tashkiliy me’yorlash turi mavjud. Tashkiliy rеglamеntlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chеgaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi.Tashkiliy rеglamеntlashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni ko‘rsatish mumkin. Tashkiliy me’yorlash hujjatlari vositasida xomashyo, matеriallar sarfini me’yorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mеhnat sarfi ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish tеxnikaviy va tеxnologik me’yorlar (standartlar, me’yorlar, qayta ishlov bеrish usuli, tartibi va h.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish me’yorlari (maqbul ishlanma ko‘lami).

Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling