31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyili. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur»


O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi tizimini islox qilish


Download 76.9 Kb.
bet23/29
Sana08.03.2023
Hajmi76.9 Kb.
#1251284
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
31. Insoniyat hayotida g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma

50. O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi tizimini islox qilish
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta'minlash;
ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas'uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;
rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta'limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;
xalq ta'limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;
xalq ta'limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
xalq ta'limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, ta'lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
51-52. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997 y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997 y. avg .) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va b. tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modeli qator noyob, takrorlanmas oʻziga xos xususiyatlarga ega. U Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini taʼminlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini koʻzlaydi. K.t.m.d. I. Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritilgan, davlatni, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan tamomila yangi tushunchadir.
Dastur 5 boʻlimdan iborat: Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari; Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari; Kadrlar tayyorlashning milliy modeli; Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; Milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar.
Dasturning 1-boʻlimida OʻzR davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini qayta tashkil etish zarurligi, bu hol qator chora-tadbirlar koʻrishni taqozo etishni, lekin sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmagani qayd etildi. Shuningdek, bu boʻlimda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari bayon etilgan.
Dasturning 2-boʻlimida uning maqsadi, vazifalari va dasturni roʻyobga chiqarish bosqichlari aniq ifoda etilgan. Maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarish 3 bosqichdan iborat boʻlib, 1-bosqichi (1997—2000 y.lar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish, 2-bosqich (2001—2005 y.lar)da milliy dasturni toʻliq roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiyiqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 3-bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish nazarda tutiladi.
Dasturning 3-boʻlimida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan va i.ch.dan iborat ekanligi koʻrsatilgan. Bunda shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subʼyekti va obʼyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchisi, davlat va jamiyat esa, taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari sifatida bayon qilingan. Uzluksiz taʼlim esa, malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, u maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari), oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura), oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim (aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik), kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi. Fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi hamda ulardan foydalanuvchi, ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchidir. I.ch. kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisidir.
Dasturning 4-boʻlimida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari bayon qilingan. Bular taʼlimning uzluksizligini taʼminlash, pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamon talablariga moslashuvchan, taʼlimning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini koʻzlovchi tizimini vujudga keltirish, taʼlim jarayonini mazmunan isloh qilish, yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etish, iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, uzluksiz taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish qamda ularni izchil rivojlantirishni davlat yoʻli bilan boshqarish, kasb-hunar taʼlimi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish, taʼlim tizimini moliyalashni takomillashtirish, mavjud taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlash va yangi taʼlim muassasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalar darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini taʼminlash, taʼlim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish, taʼlim xizmati koʻrsatish bozorini rivojlantirish, taʼlim sohasida ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash hamda bu sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, fan bilan taʼlim jarayoni aloqalarini, i.ch. va taʼlim tizimi integratsiyalashuvini, taʼlim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ham taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridir.
Dasturning 5-boʻlimida milliy dasturni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar belgilangan.
Dasturdan OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va nutklarida taʼlim masalalari boʻyicha qayd etilgan tamoyillarning barchasi oʻrin olgan. Dastur qabul qilinganidan soʻng respublika butun taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning aniq strategik yoʻnalishiga ega boʻldi va bu borada bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, respublikaning 24 maktabida umumiy oʻrta taʼlimning 23 oʻquv predmeti mazmunini yangilash, oʻquvchilar bilimini baholashning yagona reyting tizimini joriy etish yuzasidan tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi. Ularning natijalari asosida umumiy oʻrta taʼlimning barcha sohalaridan davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari, yangi darsliklar ishlab chiqildi. Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tarmogʻini barpo etish hamda ularni samarali ishlashi uchun barcha shartsharoitlar yaratish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibida oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi markazi barpo etilib, litsey va kollejlar shu markaz ixtiyoriga oʻtkazildi. 2000 y.gacha bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha 251 davlat taʼlim standartlari ishlab chiqildi, dasturning kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha 71 oʻqituvchining chet ellarda, 980 oʻqituvchining chet el oʻqituvchilarini jalb etish yoʻli bilan malakasi oshirildi. Dastur muvaffaqiyat bilan rivojlanib, OʻzR ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishiga ishonchli kafolatdir.

Download 76.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling